Tayanch so`z va iboralar: sinfdan tashqari o’qish, kitob bilan ishlash, kitobxon, kutubxona, sinfdan tashqari o’qishga rahbarlik, kutubxonaga yozilish, tayyorlov bosqichi, asosiy bosqich, ”Ertaklar bayramini o’tkazish” , sinfdan tashqari o’qish darslariga rahbarlik qilish, kitobxonlik ishlarini tashkil etish, sinfdan tashqari darslar uchun kitob tanlash, kitobxon kundaligi.
1. Sinfdan tashqari o’qish darslarida kitobxonlik faoliyatini shakllantirish.
Bugungi kunda har tomonlama yetuk , barkamol shaxsni tarbiyalash har bir ta’lim muassasasi oldida turgan muhim vazifa hisoblanadi. Maktab bolani o’qish malakasi bilan qurollantiribgina qolmay,balki kitobni mustaqil o’qiy oladigan, uni tushunadigan, muntazam o’qib borishni talab qiladigan, ma’lum bir mavzuga doir kitoblarni tanlay oladigan, faqat qiziqarli kitoblarnigina emas,balki gazeta va jurnallarni o’qiy oladigan faol kitobxonni tarbiyalasi lozim. Bu muhim vazifalar asosan sinfdan tashqari o’qish darslarida amalga oshiriladi. Bu darslar nafaqat o’quvchilarda kitobxonlikn shakllantirish, balki ularning ma’naviy olamini boyishiga, dunyoqarashi va tafakkurini shakllanishiga o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatadi.
Sinfdan tashqari o’qishning maqsadi- o’qish malakalarini takomillashtirish,kitob tanlab oladigan, muntazam kitob o’qiydigan,o’qilgan kitobni to’g’ri baholay oladigan, ongli kitobxonni tarbiyalashdir. Sinfdan tashqari o’qish tarbiyaning ajoyib quroli sifatida xizmat qiladi, o’qishga, ko’p narsani bilishga havasni orttiradi. Maktablarda 1959-yildan boshlab maxsus STO’ darslari tashkil etilgan. Bu darslarning asosiy vazifasi – o’quvchida badiiy kitoblarni o’qishga havas uyg'otish,
o’qigan kitoblari yuzasidan kundalik yurita olishga o’rgatish bolalar adabiyotining mashhur adiblari hayoti va ijodi bilan tanishtirishtan iborat.
Sinfdan tashqari o’qish 1-2 sinfda haftada bir marta, 3-4 sinfda ikki haftada bir marta o’tkaziladi. Sinfdan tashqari o’qish darslarida o’quvchilarning kitobga bo’lgan mehri yanada ortadi. Sinfdan tashqari o’qish sinfda o’qish darslari bilan uzviy bog’liq ravishda olib boriladi.Sinfaaada o’qish sinfdan tashqari o’qish uchun zarur bo’lgan o’qish malakalarini shakllantiradi,o’qigan asarini tushunishga o’rgatadi, lug’atini boyitadi. Sinfdan tashqari o’qish o’z navbatida,qiziqarli o’ziga jalb etadigan faoliyat b’lib, umuman, bolaning bilim doirasini boyitadi, qiyoslash uchun material beradi. Ushbu dars orqali o’quvchilarning kitobga , kitob mutolaa qilishga bo’lgan qiziqishlari yanada ortadi. Sinfdan tashqari o’qish darslarining har bir darsida ma’lum bir kitobxonlik ko’nikmalari hosil qilinadi: muallif haqida ma’lumot topish, kitob nomiga qarab bu nima haqida ekaninibilish, ko’rgazma tuzish, kitob haqida taqriz yozish yoki kitobxon kundaligi yuritish kabi vazifalarni bajaradilar. Sinfdan tashqari o’qish darslarida qayta hikoyalash, lug’at ishi, suhbat kabilardan foydalaniladi. Bu usullar orqali o’quvchilarning o’qish sifatlari yaxshilanadi.Sinfdan tashqari o’qish darslari yosh kitobxonlarning faolligini oshirishga qaratilgan bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |