Tadqiqotning ilmiy- amaliy ahamiyati. XXI asr o'zbek adabiyotiga munosib hissa qo'shgan ijodkorlardan biri Abduvali Qutbiddin ijodi misolida o’zbek she’riyatida poetik tasvir, lirik qahramon va lirik kechinma muammosi ilk bor monografik yo’nalishda tahlilga tortilgan. Shu bilan bir qatorda, estetik ideal va poetik talqin muammolarining o’ziga xos tadrijiy taraqqiyoti haqida ham so’z yuritiladi. Lirik qahramon yaratish jarayonida mumtoz va jahon adabiyotida tasirlanish omillari mavjudligini inobatga olib, lirik qahramon va tuyg’u xususiyatlari ilmiy jihatdan asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |