Mavzuning o'rganilish darajasi. Lirik qahramon va lirik kechinma adabiyotshunoslikda juda kam o'rganilgan mavzu bo'lib, Abduvali Qutbiddin ijodi misolida deyarli o'rganilmagan. Tadqiqotning ilmiy yangiligi shundan iboratki, unda shoir she'riyatidagi qahramonlar va yorqin misollarda o'z aksini topgan kechinmalar yaxlit bir tizimga solinib tahlil etiladi. Lirik kechinma tabiatining ochilishi nafaqat o'tmishdagi, balki hozirgi she'riyatimizning ham yetakchi g'oyaviy badiiy tomonlarini aniqlash, balki o'zbek she'riyatining istiqboldagi taraqqiyotini ham oldindan belgilashga imkon beradi. Bu holat ham tadqiqot ishimizning o'rganilish darajasini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |