Tadqiqotning metodologik asosi va metodi. Bugungi istiqlol davri adabiyotshunoslik sohasida ilmiy tadqiqot ishlariga ham yangicha talablar qo'ymoqda. Ana shu yangicha talablardan kelib chiqqan holda, hozirga qadar adabiyotshunoslikda qo'llanib kelingan qiyosiy -tarixiy tahlil, structural tahlil kabi tadqiqot metodologiyalardan ijodiy foydalangan holda biz o'z tadqiqotimizda qiyosiy tahlil usulidan ham foydalanishni nazarda tutamiz.
Tadqiqot predmeti va obyekti. Tadqiqot ishimizda o'zbek she'riyatining yorqin namoyondalaridan biri Abduvali Qutbiddin ijodi asos qilib olindi. Abduvali Qutbiddin "Izohsiz lug'at" (1988-1989), "Nayson"(1988), "Xayol kechasi" (1994) kabi she'riy to'plamlari asos qilib olindi va tadqiqot obyekti qilib tanlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |