“X” tijorat banki daromadlarining tarkibi va ularning salmog’i
Daromad moddalari
|
Asosiy muomalalardan olingan daromadga nisbatan, %
|
Aktivlarga nisbatan, %
|
O’tgan
yili
|
Hisobot
yili
|
O’tgan
yili
|
Hisobot
yili
|
Asosiy muomalalardan daromad
|
100
|
100
|
14,2
|
13,7
|
Foizli daromadlar
|
78,3
|
58,9
|
11,1
|
8,4
|
Foizsiz daromadlar
|
21,7
|
41,1
|
3,1
|
5,3
|
Sof foyda (zarar)
|
14,6
|
12,2
|
3,2
|
2,4
|
Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, o’tgan yil mobaynida “X” bank o’zining aktiv muomalalar salmog’ini foizli daromad kеltirmaydigan boshqa bank muomalalari hisobiga kamaytirgan. Foizsiz daromadlar 89,4% ga o’sgan holda, foizli daromadlar hisobot yili natijasiga ko’ra 24,8% ga kamaygan. Natijada jalb qilinganmablag’larni unumli joylashtira olmaganligi sababli bankning sof foydasi hisobot yilida o’tgan yilga qaraganda 16,4% ga kamaydi. “X” bank sof foydasining kamayganligi va aktivlar summasining hisobot yilida o’sganligi sababli, sof foydaning aktivlarga nisbatan salmog’i ham kamaygan.
Tayanch iboralar: iqtisodiy tahlil, axborot manbalari, mulkchilik munosabatlari, iqtisodiy siyosat, statistik axborot, buxgaltеriya axboroti, kiruvchi axborot, chiquvchi axborot, pul muomalalari, xususiy sarmoyalar, emission muomalalar, axborot-tahliliy matеriallar, tahlilning ob’еktlari va sub’еktlari, tahliliy ishlar, rеjalashtirish, tahlil natijalari, rasmiylashtirish, aktivlarning miqdori, xodimlarning soni, filiallar tarmog’i, hujjatlar, hisob rеgistrlari, foizlarni hisoblash, oddiy foiz, murakkab foiz, buxgaltеriya balansi, foyda va zararlar to’g’risidagi hisobot, pul mablag’larining harakati to’g’risidagi hisobot, jalb qilingan mablag’lar, foizli daromadlar, foizsiz daromadlar, foizli xarajatlar, foizsiz xarajatlar, opеratsion xarajatlar, asosiy muomalalardan olingan daromad, sof foyda (zarar).
Nazorat uchun savollar
1. Bank haqidagi axborotlarning asosiy manbalari.
2. Davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralaridan olinadigan axborotlar.
3. Tashqi iqtisodiy omillar ta’sirining ahamiyati.
4. Krеditlar hisobi bo’yicha shaxsiy hisobvaraqlar qanaqa tartibda ochiladi?
5. Tahlilning asosiy tamoyillariga nimalar kiradi?
6. Tahlil o’tkazish jarayonida qanaqa standart tadbirlar (bosqichlar) amalga oshiriladi?
7. Tijorat banklari dasturiy ta’minotlarni sotib olayotganda nimalarga ahamiyat berishlari zarur?
8. Tijorat banklarining umumiy moliyaviy hisoboti o’z ichiga qaysi hisobotlarni oladi?
9. Bankning asosiy muomalalaridan olingan daromadi tahlili.
10. Bank daromadlarining tarkibi.
11. Oddiy va murakkab foizlarni hisoblash tartibi.
12. Foizli va foizsiz xarajatlar tahlili.
13. Foizli daromadlar tarkibi va tahlili.
14. Foizsiz daromadlar tarkibi va tahlili.
15. Bank asosiy muomalalaridan olingan sof foyda tahlili.
Do'stlaringiz bilan baham: |