335
to‗g‗ridan-to‗g‗ri bog‗liqdir. Fransiyada esa imtiyozli stavka o‗zgarmaydi va bank stavkasi
budjet kompensatsiyasiga ta‘sir ko‗rsatadi, holos.
Yevropa ittifoqi mamlakatlar qishlok xo‗jaligi kredit tizimida yerni garovga ko‗yish
asosida kredit olish, ya‘ni ipoteka kreditiga muxim o‗rin ajratilgan. Ipoteka krediti kapital
aylanmani tezlashuviga va qo‗shimcha foyda olishga imkon beradi. Rivojlangan
mamlakatlar ipoteka banklari kommunal obligatsiyalar va garovga olingan qog‗ozlarini
sotish hisobiga mablaglarni xarakatga keltiradi, olingan mablag‗lar evaziga esa ssudalar
takdim etadi. Mazkur operatsiyalarni amalga oshirishda ular davlatning qo‗llab-
quvvatlashidan foydalanadilar. Masalan, Daniyada qishloq xo‗jaligi majburiyatlarining 75
foizga yaqini kredit muassasalari ssudalarining garovga olingan qog‗ozlari orqali
moliyalashtiriluvchi va ipoteka bilan ta‘minlangan uzoq muddatli majmuriyatlar tashkil
etadi. Ipoteka krediti maxsus qonun bilan tartibga solinadi va qishloq xo‗jaligi uchun
alohida qoidalarni yuzaga keltiradi. Mazkur davlatda ipoteka asosida kreditlash Dat qishloq
xo‗jaligi fondi, qishloq xo‗jaligi vazirligi nazorati ostida turadi va qishloq xo‗jaligi
extiyojlari uchun faoliyat kursatadi. Bu fond qishloq xo‗jaligi ipoteka krediti 50 foizdan
ortigini tashkil etadi.
Qishloq xo‗jaligida ipoteka krediti miqdori odatda, ko‗chmas mulkning 2/3 qismidan
oshmaydi. Masalan, Germaniyada ipoteka to‗g‗risidagi qonunga muofiq, kredit yer
uchastkasi qiymatining 60 foizidan oshib ketmasligi lozim. Buyuk Britaniyada ipoteka
ssudalari mikdori fermerlarning foizlarni tulash imkoniyatlariga bog‗liqdir va mulkning
yarm yoki undan kamroq miqdorini tashkil etadi. Ipoteka kreditni qaytarish muddati 5
yildan 40 yilgacha muddatni tashkil etadi.
Yevropa ittifoqi mamlakatlarida qishloq xo‗jaligi kreditlarini, eng avvalo, davlat va
kooperativ tashkilotlari, ba‘zi malakatlar xududlarida esa tijorat banklari takdim etadilar.
Masalan, Angliyada qishloq xo‗jaligini kreditlashda davlat va kooperatsiya ulushi an‘anaviy
kam miqdorni (10-12 foiz) tashkil etadi. Fransiyada esa davlat va kooperativ kredit asosiy
o‗rinni egallaydi. Asosiy kreditlarni esa Davlat gaznachiligi qoshidagi ijtimoiy va iqtisodiy
rivojlanish fondida qishloq xo‗jaligiga takdim etiladi. Qishloq xo‗jaligini kreditlashni esa 3
ta bank ta‘minlaydi, ularning ichida eng yetakchisi "Krediagrigol" banki hisoblanadi. Bu
bank hissasiga Fransiya agrar sektoriga yo‗naltirilgan mablag‗larning 75 foizi to‗g‗ri keladi.
Bank oddiy kreditlarni taqdim etadi va kreditni kichik va o‗rta qishloq xo‗jaligi
korxonalariga beradi, imtiyozli kreditlarni esa, asosan, asosiy vositalarni xaridi uchun
ajratadi.
Yuqoridagilarni umumlashtirib, shuni ta‘kidlash lozimki, qishloq xo‗jaligini davlat
tomonidan moliyaviy qo‗llab-quvvatlash sohasidagi Yevropa ittifoqi mamlakatlari
tajribalari O‗zbekiston uchun amaliy ahamiyat kasb etadi. Biroq, uni O‗zbekistonda qanday
ko‗llash alohida masala bo‗lib turadi. qishloq xo‗jaligini rivojlantirish va davlat tomonidan
faol moliyaviy qo‗llab-quvvatlash bo‗yicha Yevropa ittifoqi davlatlarining munosib
tajribalarini yanada chuqurroq o‗rganish va ulardan keng foydalanish yo‗llarini aniqlash
O‗zbekiston agrar iqtisodiyoti taraqqiyotining zaruriy va zamonaviy asoslaridan biri
hisoblaymiz.
N.I. Sultanova - assistent, TDIU
Do'stlaringiz bilan baham: