Sheʼr janridagi asarlarni oʻqitish metodikasi.
S h e’r ohang jihatidan ma’lum bir tartibga solingan, his-tuyg'u ifodasi sifatida vujudga kelgan hayajonli ritmik nutqdir. She’riy nutqni ohang jihatidan ma’lum bir tartibga solish vositalari ritm (birbiriga m onand kichik bo'laklarning izchil va bir m e’yorda takrorlanib kelishi) va qofiya (misralarning oxirida keladigan ohangdosh so'zlar) hisoblanadi.16
She’rni o'qiganda kichik yoshdagi o'quvchilar tabiat va jamiyat voqea-hodisalarining poetik tasviridan hayajonlanishlari muhim ahamiyatga ega. Boshlang'ich sinflarda she’r tarzida yozilgan hikoyalar, ertaklar, ya’ni she’riy asarlar va lirik she’rlar o'qitiladi. She’riy hikoya, she’riy ertaklarda sujet, ya’ni voqealar tizimi va uning rivoji xarakteriidir. Lirik she’r „biror hayotiy voqea-hodisa ta’sirida insonda tug'ilgan ruhiy kechinm a, fikr va tuyg'ular orqali turmushni aks ettiradi". Lirik she’ming xususiyati „kishining histuyg'uga to'la hayajonli nutqini ta’sirliroq ifodalashda qo‘1 keladi"17. She’rni o'qish darslarida asosiy ish turi ifodali o'qish hisoblanadi. O'quvchi she’rning asosiy mazmunini tushunsagina, uni ifodali o'qiy oladi.She’riy hikoyani tahlil qilishda, asosan, hikoya, ertak, masalni tahlil qilishda qo'llangan ish turlaridan foydalanish mumkin.
^ H om idiy H. va boshq. A dabiyotshunoslik term inlari lug'ati. — Т.: „O 'q itu v c h i", 1967. 92-bet.
17 O 'sh a asar, 93-bet.
Lirik she’rni o'qish va tahlil qilish o'qituvchidan katta mahorat talab qiladi. Holbuki, ko‘p hollarda she’rga oddiy matn nuqtai nazaridan yondashiladi. Bunday holda she’riy san’at hissiyot bilan bog'liq ekanligi unutiladi, she’r m a’nosining satrlar, so'zlar zaminida yashirin berilishi anglab yetilmaydi. Buning oqibatida o'quvchilar she’rdagi obrazlilikning mag'zini chaqa olmaydilar. Vaholanki, har qanday asar zaminidagi yashirin ma’noni uqish mehnattalab ishdir. Busiz hatto adabiy ta’limning maqsadi ham amalga oshmaydi.
She’riy ohangni his qilmaslik, matndagi so'zlam ing m a’nosini to'la tushunib yetmaslik she’r yodlashni zerikarli mashg'ulotga aylantiradi. Ma’nosi anglanmagan matnni yodlash oson kechmaydi. Buni deyarlibarcha sinflarda o'rganiladigan „O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi" misolida ko'rish mumkin. Ma’lumki, madhiya kichik yoshdagi bolalarga mo'ljallab maxsus yaratilmaydi. Binobarin, uning matnidagi ,,hur o ‘lka“, „to abad", ,,ilm-u fan", „shuhrating", „ajdodlar", „mardona ruhi senga yor", „o'chmas iymoni", „istiqlol m ash’ali", „tinchlik posboni", „haqsevar ona yurt", „mangu bo'l obod“, Jo'sh urgan" kabi ko'pdan-ko'p so'zlar, iboralar o'quvchilarga izohlab tushuntirilmasa, ta’limdan ko'zlangan maqsadga erishib bo'lmaydi.
Boʻlim yuzasidan namunaviy dars ishlanmalar.
Mavzu:“Iqboli buyuksan” (Abdulla Oripov).
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarni she’r mazmuni bilan tanishtirish, shoir asar-lari haqida to‘liq tushuncha hosil qilish, she’rni ongli,ifodali o‘qishgavama’nodosh so‘zlarni topishga o‘rgatish.
TK3:she’riy kitoblarni muntazam o‘qish va o‘rganish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda vatanni ardoqlash, ota-onani e’zozlash,ustozlarni hurmat qilish tuyg‘ularini tarbiyalash, ularni mehnatsevarlik, tirishqoqlik, intiluvchanlikka o‘rgatish.
TK 5: she’rda aks etgan vatanparvarlik g‘oyalarini anglash.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og‘zaki nutqini rivojlantirish, test yechish malakalarini shakllantirish, lug‘at boyligini oshirish.
FK 1: she’riy matnlarni tinglab tushuna olish.
Dars turi:yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: suhbat, “Rasmli reja”, “O‘rnini top” o‘yini.
Dars jihozlari: vatanimiz go‘zalligi, maktabda bilim olayotgan, sport bilan shug‘ullanayotgan bolalar tasvirlangan rasmlar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism.
Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.“Rasmli reja” mashqi. O‘quvchilar Safar Barnoyevning “Man-gulikka tatigulik kun” matni mazmunini “Rasmli reja” o‘yini asosida so‘zlab beradilar. Buning uchun doskaga xatboshilarga oid rasmlar ilinadi. O‘quvchilar shurasmlar asosida matnni qayta hikoya qilib beradilar.
Test topshiriqlari:
O‘zbekistonimiz qachon mustaqilikka erishdi?
A)1991-yil B) 1993-yil
D)1992-yil E) 1994-yil
O‘zbekiston dunyodagi rivojlangan mamlakatlar qatoriga qachon qo‘shildi?
A) istiqlolga erishgach B) istiqloldan oldin
D) mustaqillik arafasida E) mustaqillikdan avval
Toshkent, Buxoro, Xiva hamda Samarqandda nimalarga e’tibor kuchaydi?
A)teatrlarga B)muzeylarga
D)bog‘chalarga E)tarixiy obidalarga
Bugungi ishlar, qurilishlar kimlarga abadiy mulk bo‘lib qoladi?
A)kattalarga B)bolalarga
D)ustozlarga E)ota-onalarga
Mustaqil respublikamiz bolalarining ilm olish va hunar egallashlari uchun nimalar keng ochib berildi?
do‘konlar B) bog‘chalar
D) dunyo darvozalari E)mahallalar
Yangimavzubayoni.
Bugun biz “Iqboli buyuksan”she’ri bilan tanishamiz.
O‘qituvchi she’r muallifi haqida ma’lumot beradi. She’r mazmuniga mos video lavha namoyish qilinadi va kadr ortidan matn o‘qiladi. O‘quvchilar bilan savol-javob o‘tkaziladi:
Nima deb o‘ylaysiz, shoir bu she’rni qanday kayfiyatda yozgan?
She’rning asosiy g‘oyasi nimadan iborat? O‘quvchilar she’rni mustaqil o‘qiydilar.
She’rdagi tushunarsiz so‘z va iboralarni belgilang.
She’rda uchragan notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.
Lug‘at ishi:
dilband– dilni o‘ziga tortuvchi, maftun etuvchi; aziz farzand
suyuk– eng yaxshi ko‘rilgan, sevikli
iqbol–baxtli taqdir, porloq kelajak; baxt, omad
She’r mazmuni tahlil qilinadi.
Bu she’r nima haqida ekan?
She’rning asosiy mavzusi nima deb o‘ylaysiz?
Sizningcha bu she’r kimga qarata aytilgan?
She’r kimning nomidan aytilgan?
Ota-onalarni e’zozlashimizning sababi nimada?
Ona bilan Vatan tushunchalari nima uchun qiyoslanadi?
Yangi mavzuni mustahkamlash. Darslik bilan ishlash.
Kim she’rni ifodalio‘qibberaoladi?Bundamuallifningkayfiyati
va o‘zingizning hissiyotlaringizni namoyon qilishga harakat qiling.
O‘quvchilar xohishiga ko‘ra she’rni o‘qiydilar.
“O‘rnini top” o‘yini. O‘quvchilar qofiyalarni o‘z o‘rniga joylashtirishlari lozim bo‘ladi.
She’rdagi yangi, nutqimizda kam foydalaniladigan so‘zlarga bir nechta ma’nodosh so‘zlar topishga harakat qiling.
She’rdagi o‘xshatishlarni aniqlang. Ularning vazifasi nimadan iborat?
Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
O‘quvchilar bilan savol-javob o‘tkaziladi:
Sizda nima ko‘proq taassurot qoldirdi?
Siz uchunnima yangilik bo‘ldi?
Qaysi topshiriqlar siz uchun qiziqarli bo‘ldi?
Bu darsda olgan bilimlaringiz kelgusi hayotingizda kerak bo‘ladimi?
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
Uyga vazifa berish. “Iqboli buyuksan” she’rini yod olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |