Mundarija
Kirish.
1.Boshlang’ich sinflarda badiiy asar matnini tahlil qilish usullari
2.4- sinf Oʻqish darsligida "Istiqlolim- istiqbolim" boʻlimi yuzasidan berilgan mavzularni tahlil qilish.
3.Sheʼr janridagi asarlarni oʻqitish metodikasi.
4.Hikoyani janridagi asarni o'qish metodikasi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish.
Oʻzbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, prezidentimiz I. A. Karimovning asarlari va ma’ruzalarida bayon qilingan ta’limni isloh qilish, maktabgacha ta’limni rivojlantirishga qaratilgan yondashuvlar, qarashlar, ta’lim jarayonini takomillashtirishga yo„naltirilgan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, mavzuga oid ilmiy-pedagogik, ilmiy-metodik manbalar.
Har bir davr o’z adabiyotini yaratgani kabi istiqlol davri adabiyoti ham tasvir uslubi hamda muammoga yondashilishi ga ko’ra o’ziga xos xususiyat kasb etadi. Agar sho’ro payti adabiyotida to’g’ridan -to’g’ri nasihatbozlik keng ko’lamda yoritilgan bo’lsa, istiqlol davri adabiyotida har qanday mavzuning estetik tarbiyaviy mohiyatiga alohida e’tibor qaratilayotganini ko’rish mumkin.
O’quvchilar dasturdagi muayyan mavzu ustida ishlab, o’qiganlari, ko’rgan, eshitgani, kuzatganlari haqida o’z fikr-mulohazalarini dalil va erkin aytish imkoniyatlariga ega bo’lsinlar. Masalan, ma’lum bir mavzuni yakunlab o’tkazilgan umumlashtiruvchi darsda bolalar kitobdan shu mavzuga oid o’qigan hikoya va maqolalardan qaysi biri qiziqarliroq ekanini, shuningdek, biror hikoya yoki maqoladagi qatnashuvchi shaxslar, ularning xulq-atvorlari haqida o’z fikrlarini aytadilar, zarur bo’lsa, o’qilgan asar mazmunini qisqa bayon qiladilar. Agar mavzuni o’rganish jarayonida o’quvchilar bilan ekskursiya o’tkazilgan bo’lsa, ular ekskursiyadan ko’rganlaridan nimalar qiziqarli bo’lganini, qaysilari kuchli taassurot qoldirganini aytib berishlariga o’qituvchi yordam beradi. Bular o’quvchilar tafakkurini faollashtiradi, ularni faol fikrlashga o’rgatadi, o’stiruvchi ta’limning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi.
Ma’lumki, nutq tafakkur bilan bog’liq, shuning uchun u tafakkur bilan uzviy bog’liq holda o’stiriladi. Darsda o’qilgan asarni o’quvchilar ongli tushunishi, asosiy mazmunini, g’oyasini anglab etishi uchun analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish kabi logik priyomlar qo’llanadi. O’qilgan asami analiz qilishda har xil ish usullaridan foydalaniladi. Bolalar hikoyadagi asosiy qatnashuvchi shaxslami aytadilar, o’qituvchi rahbarligida asarning sxematik rejasini tuzadilar (tugun, kulminatsiya, yechim).
Do'stlaringiz bilan baham: |