Istiqlol mafkurasining bosh g'oyasi va asosiy g'oyalari reja



Download 91,42 Kb.
bet1/5
Sana13.07.2022
Hajmi91,42 Kb.
#787339
  1   2   3   4   5
Bog'liq
.




ISTIQLOL MAFKURASINING BOSH G'OYASI VA ASOSIY G'OYALARI
R e j a :
1. Milliy istiqlol mafkurasining bosh g’oyasi.
2. Istiqlol mafkurasining asosiy g’oyalari.
Vatan ravnaqi-mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlashga xizmat qiladigan asosiy g'oyalardan biridir. Vatan har bir kishining tug'ilib o'sgan makoni, bobolari yashagan va uning farzandlariga meros qoladigan zamindir.
Har bir inson biror bir oilada, muayyan mamlakat va millat bag'rida dunyogakeladi. U ko'z ochib, onasini, uyini, o'zi tug'ilgan zaminni taniydi. Avval onasining oq sutidan, keyin o'zi tug'ilgan zamin ne'matlaridan bahramand bo'ladi. Shuning uchun ona va Vatan tushunchalari uyqash tushunchalardir. Zero, inson Vatanni ham onadek aziz biladi, unga bolalikdan mehr va ixlos qo'yadi.
Onaning iliq bag'ridan, qadrdon go'shasidan, Vatanidan uzoqda bo'lgan odam uni darrov sog'inadi, uning diydorini qo'msab, intiq va intizor bo'ladi. Onasiga, tug'ilgan xonadoniga, Vataniga taalluqli narsalarning hammasi unganihoyatdanoyob vatabarrukbo'libtuyulaveradi. Bu-onaga, qadrdon °stonaga, Vatanga bo'lgan so'nmas mehrning dalolatidir.
Vatan - insonning kindik qoni to'kilgan muqaddas zamin, uni kamolotga
yetaklovchi, hayotigama'no-mazmun bag'ishlovchi tabarruk maskandir Buning ustiga, Vatan - har birimiz uchun ota-bobolarimizning xoki-poklarj yotgan azizjoydir. U - ajdodlardan avlodlarga qoladigan tengsiz, bebaho meros, noyob in'om. Uni biz ham keyingi avlodlarga ozod, obod vafarovon holda meros qilib qoldirishga mas'ulmiz. Shundagina avlodlar bizdan minnatdorbo'ladi, nomimizni ulug'laydi, yurtimizgako'z olaytirganlarga qarshi murosasiz kurash olib boradi.
Xullas, Vatani bor odamning qadri baland, g'ururi yuksak, maqsad- I muddaolari aniq bo'ladi. Vatani bor odamning orqasida tog'dek tayanchi bo'ladi. Vatan tuyg'usi-insonni fidoyilikka, mardlik ko'rsatishgada'vat etibturadi.
Vatan baxt-saodati, obodligi uchun fldoyilik - vatanparvarlikning asosiy belgisidir, lining oliy ko'rinishi esa Vatan ozodligi yo'lidagi jasoratdir.
Vatanni asrash yo'lida jasorat ko'rsatgan qahramonlarimiz ko'p. I Masalan, miloddan oldingi VI asrda ahmoniylar sultoni Kir II katta qo' shini ' bilan Vatanimiz hududiga bostirib kirganida, o'sha paytda bu yerda yashagan, bizning ajdodimiz bo'lgan xalqning yo'lboshchisi To'maris o'z qavmi - massagetlarni ularga qarshi jangga boshlagan va g'alaba qilgan. Bu g'alabaning sabablarini tahlil etar ekan, qadimgi tarixchilardan biri: "Vatanga mehr mo'jizalarga undaydi, To'marisning g'alabasi buning bir dalilidir" degan edi. Biz Shiroq, Spitamen, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Amir Temur, Chor Rossiyasi bosqinchilariga qarshi kurashgan Namoz Pirimqul o' g'li kabi bahodir bobolarimizni ham ana shunday mardligi vajasorati uchun sevamiz vaqadrlaymiz. 2000 yilda Vatanimizning janubiy sarhadlariga suqulib kirgan terrorchilarga qarshi jon olib, jon berib kurashgan va mardlarcha halok bo'lgan o'g'lonlar ham mustaqil O'zbekistonning asl farzandlari, fidoyi vatanparvarlardir.
Tarix saboqlari, hayot tajribasi shundan dalolat beradiki, haqiqiy milliy g'oya hech qachon Vatandan tashqarida ildiz otmaydi. U Vatan ravnaqini lailab beradigan tamoyillarni o' zida aks ettirsagina kuch-qudrat manbaiga aylanadi- Vatanning ravnaqiga xizmat qilmaydigan yot va begona g'oyalar hech qachon bizning milliy g'oyamizga aylanolmaydi. Ular qanday I'bosga o'ralib olmasin, qanday niqob kiymasin bizga yo'ldosh bo'lolmaydi.
"Vatan" va "Vatan ravnaqi" tushunchalari mustaqilik yillarida alohida ahamiyat kasb eta boshladi. Bugun biz Vatanimiz mustaqil bo' lgan davrda vashamoqdamiz. Mustaqillikni asrab-avaylash vatanparvar insonning eng birinchi vazifasidir.
Fransuz adibi Volter shunday degan edi: " Vatanga bo'lgan muhabbat merti ajnabiylar yutug'idan ko'z yumishga majbur qilmaydi. Aksincha, Vatanga muhabbatim qanchalik kuchli bo'lsa, Vatanimni jahondagi boshqa xalqlarning yutuqlari bilan shunchalik ko'p boyitgim keladi". Vatanparvarlik - millatchilik yoki milliy mahdudlik belgisi emas,balki uyuksak insoniy tuyg'udir. Bugungi kundajamiyatimizda tadbirkorlik, erkin iqtisodiy faoliyat keng rivojlanayotgani, davlatimizning iqtisodiy qudrati ortayotgani, xalqimizning ma'naviyati boyib, ilm-ziyo salohiyati yuksalayotgani - Vatanimiz ravnaqining asosi bo'lmoqda.
Vatan ravnaqi, awalo, xalqimizning bunyodkorlik faoliyatigaasoslanadi. Bu salohiyatni to'la yuzaga chiqarish, iqtisodiyotni ilg'or texnologiyalar asosidayuksaltirishtaraqqiyotdahal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Jahonda Ford, Rokfeller, Dyupon, Krupp singari uddaburon, g'ayratli kashfiyotchi tadbirkorlar o'z vatanlari tarixida katta iz qoldirgan. Mustaqil O'zbekiston ravnaqi xalqimiz orasidagi ana shunday omilkor tadbirkorlarga ham bog'liq. Shuning uchun yurtimizdajahon bozorida o'zining munosib o'rnini egallaydigan, raqobatbardosh mahsulotlar chiqarishga qodir bo'lgan mutaxassislarni tarbiyalashga muhim e'tibor qaratilmoqda. Xullas, Vatan ravnaqi g'oyasi O'zbekiston fuqarolarining e'tiqodiga aylansa, yurtimiz yanada taraqqiy topadi.

Download 91,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish