"Respublika aholisi o'rtasida ko'pchilikni tashkil qiladigan o'zbek millatining muqaddas burchi ona tilini, o'z milliy madaniyati va tarixini tiklashdangina iborat emas, balki birgalikda hayot kechiruvchi kamsonli xalqlarning taqdiri uchun, ularning o'ziga xos madaniy-ma'naviy xususiyatlarini saqlab qolish uchun, kamol topishi va o'zligini namoyon etishi uchun, ularga teng sharoit va imkoniyatlar yaratib berish borasida mas'ul bo'lishdan ham iboratdir".
Necha ming yillik tariximiz shundan guvohlik bermoqdaki, olijanoblik va insonparvarlik, millatlararo totuvlikka intilish - xalqimizning eng yuksak fazilatlaridan hisoblanadi. Bu boradagi an'analar avloddan-avlodga avaylab o'tkazib kelinmoqda.
Mustaqillik yillaridamillatlararo totuvlik g'oyasi ilgan surilgani va amalda unga erishilgani O'zbekiston rivojidaqo'lgakiritilgan eng kattayutuqlardan biridir. Mamlakatimiz rahbariyati milliy masalani oqilona, xalqaro tamoyillarga mos holda yechish, millatlararo munosabatlarni uyg'unlashtirish chora-tadbirlarini ko'rib chiqdi. Yurtimizning ko'pmillatli xalqi ongida "O'zbekiston - yagona Vatan!" degan g'oya asosida haqiqiy vatandoshlik tuyg'usi shakllanmoqda. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 8-moddasida:
O'zbekiston xalqini, millatidan qat'i nazar, O'zbekiston Respublikasiningfuqarolari tashkil etadi", deb aniq belgilab qo'yi1gan "O'zbekiston xalqi" tushunchasi mamlakatimizda yashab, yagonamaqs^ yo'lida mehnat qilayotgan turli millat va elatlarga mansub kishilar o'rtasidagi o'zaro hurmat, do'stlik va hamjihatlik uchun ma'naviy asos bo'lib xizmat qiladi. Bundan tashqan, Konstitutsiyamizda "O'zbekiston Respublikasi o'z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an'analari hurmat qilinishim ta 'minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi" deb ta'kidlangan.
Bu borada hayotimizda ko'plab tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 1992 yildayoq milliy-madaniy markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish va ularga ko'maklashish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Baynalmilal madaniyat markazi tashkil etilgani bunga misol bo'ladi. O'shanda 12 ta milliy madaniy markaz faoliyatini birlashtirgan bu jamoat tashkiloti bugun 110 dan ortiq markazlar ishini muvofiqlashtirib turibdi. Mamlakatimizda istiqomat qilayotgan barcha millat va elatlarning o'z onatilidao'qishi uchun keng imkoniyatlar yaratilgam, oliy o'quv yurtlari va maktablarda bunga amal qilinayotgani, ko'plab tillarda gazeta va jurnallar chop etilib, teleko'rsatuv va radioeshittirishlar olib borilayotgani hamda shunga o'xshash boshqa bir qator tadbirlar bu boradagi samarali faoliyatning yaqqol dalilidir.
Millatlararo totuvlik g'oyasini amalga oshirishga g'ov bo'ladigan eng xatarli to'siq - tajovuzkor millatchilik va shovinizmdir. Bunday illat, zararli g'oya tuzog'iga tushib qolgan jamiyat tabiiy ravishda halokatga yuz tutadi. Bunga uzoq va yaqin tarixdan ko'plab misollar keltirish mumkin. Birgina fashizm g'oyasi XX asrda insoniyat boshiga avvalgi barcha asrlardagidan ko'ra ko'proq kulfat, ofat-balolar yog'dirib, oxir-oqibatda o'zi ham halokatga uchradi. Lekin hanuzgacha fashizm, bolshevizm, shovinizm, irqchilik g'oyalarini tiriltirib, millatlararo totuvlik, hamjihatlik g'oyasiga qarshi tajovuz qilishga urinayotgan kuchlar borligi barchamizni hushyor torttirishi lozim.
Din - olam, odam va boshqa mayjudotlarning yaralishi va kelib chiqishini, hayotmng ma'no-mazmuni, insonning yashashdan ko'zlagan maqsadi kabi masalalarga ilohiy nuqtai nazardan yondoshuvchi dunyoqarash shaklidir. U bugungi kunda ham shu vazifani ado etib kelmoqda. Din diniy dunyoqarashni, diniy marosimlarni, shuningdek, diniy tuyg'uni o'z ichiga oladi. O'rta asrlarda din madaniyatning barcha turlarini (ilm-fan, falsafa, huquq, axloq kabi) o'zida mujassamlashtirgan va ularga o'z ta'sirini o'tkazgan. Qadim-qadimdan aksariyat ma'naviy qadriyatlarni ifoda etib kelgan. Milliy qadriyatlarning asrlar osha bezavol yashab kelay otgani ham dinning sharofatidandir. Prezident Islom Karimov so'zlari bilan ifodalaganda,
Do'stlaringiz bilan baham: |