2.
“Orqadagi
yozuvlar”
mashqi
10 daq.
A4 qog’ozlari,
markerlar
Qizdiruvchi,
to‘siqlarni enguvchi,
ko‘tarinki
kayfiyat
hosil qiluvchi
3.
“Ma’lumotni
so’zsiz
uzatish”
mashqi
10 daq.
Talab etilmaydi Kuzatuvchanlikni
rivojlantirish,
to‘siqlarni
engish,
xotirani rivojlantirish,
ismlarni
eslab
qolishga
yordam
beradi
2-sessiya. Asosiy qism
4.
“Ikki qo’llab
ko’rishish”
mashqi
5 daq.
Talab etilmaydi Pozitiv
kayfiyat
yaratish,
aktivlashtirish
5.
“Ekstrovert va
Introvert
xarakter
ko’rinishlari”
mini-ma’ruza
15 daq.
Taqdimot
Stresslarni negativ
va pozitiv bo‘lishi
mumkinligi haqida
anglash.
6.
“Topingchi bu
kim?” mashqi
15 daq.
A4 qog’ozlari
Frustratsiya
haqida
tushuncha
hosil
qilish. Ularning xulq-
atvorga
ta’sirini
anglash.
3-sessiya. Xulosa qismi
7.
Qayta aloqa
10 daq.
Barcha
ishtirokchilarga
qog‘oz-ruchka,
flipp-chart.
Kunning sarhisobini
qilish
Jami: 1 soat 20 daqiqa
55
Trening borishi.
1-sessiya. Kirish qismi
5.
Videorolik:
Xarakter —shaxsning barqaror individual xususiyatlari yig‘indisi bo‘lib, u
faoliyat va muloqotda yuzaga keladi xamda shaxsga xoc xylq – atvor usullarini
namayon qiladi.
“Xarakter” termini fanga ilk bora qadimiy yunon olimi va faylasuf Teofrast
tomonidan kiritilgan.
“Xarakter” so‘zi yunoncha «chiziq», «belgi», «sifat», «xususiyat» ma’nosini
bildiradi. Bu so‘z “xarasso” fe’lidan kelib chiqib, uni uchlamoq, chizmoq, qirqmoq,
deb tarjima qilinishi mumkin.
Hayotiy tajriba asosida xarakter tushunchasini ikki mazmunda tushunish mumkin:
keng yoki umumiy maxsus, o‘ziga xos ma’noda.
Keng yoki umumiy ma’noda inson xarakteri deganda uning xatti-xarakati va xylq-
atvoriga ta’sir etuvchi individual yaqqol namayom bo‘lgan va sifat jihatdan turlicha
bo‘lgan belgilari tushuniladi.
Tor yoki maxsus ma’noda olingan xarakter deganda shaxsning psixik tuzilishi
nazarda tutilib, u insonning irodasiga yqnalganligida namoyom bo‘ladi.
Io‘nalganlik — bu insoniing xarakterli xususiyati bo‘lib, faoliyatiga ta’sir etadi
na borliqqa nisbatan tanlangan munosabatida aks etadi. O‘ziga xos psixologik
tuzilishni inson kurashda tarkib toptiradn va bu esa o‘z o‘rnida insonda irodaviy
kuchni talab etadi.
Hayotda bu ko‘p, «kuchli xarakter», «xarakterli kishi”, «kuchsiz xarakterli»
degan terminlarni eshitamiz va bunda irodaga urg‘u beriladi.
Xarakterni o‘rganish tarixida qadimlarga borib taqaladi.
Teofrast (er. av. 372-287 yillar) — kadimgi yunon faylasufi Aristotelning
shogirdi va do‘sti bo‘lib, u yolgonchi, maxmadona, hasis, mijg‘ov kishilarning 31
turiga tavsifnoma beradi. ( Afina jamiyagining salbiy a’zolariga).
Jan de Labryuyep (1645-1696 y) - frunsuz yozuvchisi, artistik publitsistika ustasi
o‘zining «xarakterlar yoki biznnng asrimizpnig ahloqi» kitobida yuqori tabaqa
kishilariga satirik baho beradi. Bunda u bankirlar, savdogarlar, amaldorlar va
a’yonlarga 1120 xil xaraktaristika beradi.
XVIII asrda yashagan shvetsariyalik yozuvchi Lafater I.K. (1741-1801 y)
fiziognomikaga doir yozilgan mashhur «fiziologik parchalar” traktida o‘zining
fiziognomikaga doir ta’limotini asoslab beradi.
Fiziognomiki - insonning o‘ziga xos jihatlarini yuz qomat, tashqi ko‘rinish orkali
tasvirlash xaqidagi ta’limot bo‘lib, uni keng ma’noda oladigan bo‘lsak, u
kuzatilayotgan xodisalarni tashqi jihatdan izohlash san’ati, voqealikni tashqi
formalarida tushuntirish haqidagi ta’limotdir.
56
Fiziogiomistlarnnng fikricha, xarakter bu taqdirning belgisi, bu taqdiri azaldir.
Fransuz psixologi, birinchi fransuz laboratoriyasining direktori (1889 y) Ribo
T.D. (1839-1916) insoi xarakterlarni ikki guruxga bo‘ladi: xissiyoti kuchli, sezgirlar,
(yuvosh. beozor, emotsional ) va irodalilar (bevosita (faol va o‘ta faol) xarakterlilar.
XX asrda nemis psixologi E.SHiranger (1882-1903 y) xarakternnng 6 tipini
ajratadi:
1) amaliyotlar (iqisodiyot, xo‘jalik, xudbinlar);
2) nazariyotchilar (intelektuallar, yakka, amaliy faoliyatda yordamga muxtojlar);
3) estitlar — xayotdan lazatlanadiganlar;
4) dindor kishilar;
5) xokimiyatga intiluvchilar, doxiylar;
6) ijtimoiylar — jamiyat manfaatlari uchup yashovchilar.
Rus psixologi A.F. Lazurskiy (1874-1917 i) ilmiy izlanishlari xarakterologiya va
shaxs klassifikatsiyasiga bag‘ishlangan bo‘lib, u odamlarni 3 guruxga (darajaga)
ajratadi:
— past daraja - samarali, faol, fikrlovchi, hisob-kitobli
xudbinlar;
— o‘rta daraja - nazariyotchilar, olimlar, idealistlar, xukmdor, tadbirkorlar:
— yuqori daraja - jamoatchilar, intellektuallar, xokimiyatda
ma’lum mazmuni ko‘ra oladigan, go‘zallikka intiluvchilar.
Rus psixologi L.P.Nechaev (1929 y) o‘zining «Inson xarakteri» kitobida og‘ir
vazmin, serxarakat, iitiluvchan xarakterga ega bo‘lgan kishilarni aniqlashga intilgan.
Xarakterning mohiyatiga doir konstitutsional nazariyada (SHeldon, Krechmer)
inson xarakteri uninig tana tuzilishiga qarab aniqlashga intilishlar bo‘lgan. (atlet,
astenik, piknik) ammo shu vaqtgacha xarakter klassifikatsiyasi aniq ega emas..
Xarakter tizimi.
Inson xarakterining tizimini o‘rganishning asosiy vazifasi xarakter xususiyatlarni
ma’lum tizimga solish va ular orasidagi bog‘liqliklarni aniqlashdir.
Xarakter xususiyatlari bu shunday individual xususiyatlarki, ular insonning
ma’lum vaziyatdagi xulq-atvorini ko‘ra olish, aniqlashga yordam beradi. Insonni
borliqqa bo‘lgan hayotiy munosabatga ko‘ra uning xarakter yo‘nalganligini
quyidagicha guruhlash mumkin.:
A. Jamiyatga bo‘lgan munosabat. Atrof olamdagi narsa va hodisalarga
munosabat. (masalan, vatanparvarlik, vatanga muhabbat, tilga, kelajakka, ona
tuproqqa muhabbat).
B. Mehnatga munosabat.
B. Boshqa odamlarga munosabat.
G. O‘z-o‘ziga munosabat.
A. Jamiyat, olamdagi narsa va hodisalarga bulgan munosabat: bu avvalambor
vatanparvarlik, vatanga bo‘lgan muhabbatdir. Inson alohida vatanparvarlik hislarini
57
tug‘ilgai, yashnagan erlariga nisbatan namayon qiladi, bu muhabbat o‘z xalqining
tarixiy o‘tmishi, uning boy madaniyati, tili, uning porloq kelajagiga nisbatan ifoda
etiladi. Bu muhabbat Respublikamizni mustaqilikka erishishi bilan yanada
mustahkamroq, yorqinroq bo‘lishi mumkin.
B. Mehnatga bo‘lgan munosabat: mehnat - xayot asosi, mehnatga bo‘lgan
munosabat — mehnatsevarlik, tashabbuskorlik, ishchanlik, mehnatda psixik
qondirilganlik xolati, mehnatdan quvonish, mehnat qilishga extiyoj sezish va qarama
–qarshi sifatlar – mehnatga yuzaki munosabat, dangasalik va h.k.
V. Boshqa kishilarga munosabat: bu ochiqlik va dilkashlik, qarama-qarshi sifatlar
— yuzakilik, manmanlik.
Bu sezgirlik, tezkorlik, qarama – qarshisi – o‘z qobig‘ida o‘ranib olgan
odamovilik. Va nihoyat, bu muloyimlik va berilgan ishni vaqtida bajarish
tezkorlikdir.
G. O‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabat: ushbu munosabat asosida insonning o‘ziga va
boshqalarga nisbatan ko‘plab xapaktep asoratlari shakllanadi, ular o‘z o‘rnida shaxs
uchun muhim ahamiyatga egadir.
Bularga insonni o‘z-o‘ziga bergan bahosi, o‘z ustida ishlash ehtiyoji kiradi. Bu
avvalombor kamtarlikdir.
Kamtarlik quyidagi qismlarni o‘z ichiga oladi:
1) o‘z-o‘zini namoyon qilish, o‘zini ko‘rsatishga salbiy munosabat;
2) o‘z imkoinyatlari chegarasini bilish;
3) ehtiyotkorlik, sezgirlik, birovni dilini besabab og‘ritmaslik;
4) o‘z imkoniyatlari, muvaffaqqiyatlari sababini yaxshi shart-sharoitlari bilan
bog‘lash.
Kamtar kishi juda oddiy. tabiiy, balandparvoz gaplarni yoqtirmaydi, o‘z
xususiyatini biladi va o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchni yo‘qotmaydi.
Kamtarlikdan o‘zi-o‘zini baholay olmaslik, o‘z-o‘ziga ishonchni yo‘qligini ajrata
olish lozim.
Ba’zi odamlarda o‘z – o‘ziga yuqori baho berish, o‘zini sevish, takabburlik,
manmanlik kabi sifatlarni ham kuzatish mumkin.
Insonni zarur sifatlaridai biri o‘z-o‘ziga tanqidiy qarash – bu doimiy o‘z ustida
ishlashga undovchi asosiy omildir.
Insonni o‘ziga bo‘lgan munosabati xarakteristikasida mustaqillik va taqlidchanlik
muhim o‘rin egallaydi.
Mustaqillik – insonning ijobiy xarakter sifatida bo‘lib, u ma’suliyatlilik o‘z-
o‘ziga ishonch bilan bog‘liqdir. Bu sifat ijodiy ish bilan mashg‘ul bo‘lgan kishilarga
xosdir.
Taqlidchanlik - o‘z fikri va xatti-xarakatlarini boshqa kishilar xatti-xarakatlaridan
ko‘chirma moyillik. YAxshi odatlarga taqlidchanlik barcha kishilar uchun zarurdir.
58
Ko‘r-ko‘rona taqlidchanlik, ayniqsa yomon odatlarga taqlid qilishga olib kelishi
mumkin.
Mustaqil odamlar o‘z oldilariga qo‘yilgan maqsadlarga qat’iylik bilan erishadilar.
Maqsadni aniqligi va yuksakligi xarakter sifatlarni shakillanishi uchun juda zarurdir.
Insonning irodaviy xarakter sifatlari - bu faollik, qat’iyatlilik, jasurlik, originallik,
tashabbuskorlik, o‘z-o‘ziga ishonish, tartib-intizomlilik, chidamlilik, matonatlilik va
x. k.
Ushbu irodaviy sifatlarga qaysarlik qarama-qarshi bo‘lishi mumkin.
Qaysarlik juda past va anglanilmaganlik motivatsiya bilan ajralib turadi.
«Men qanday istasam, shunday qildim», bu tafakkurning torligi, Boshqalarga
talabchanligi, aqlli fikrlarga berilishning o‘ziga nisbatan pastligidan dalolat beradi.
Odatda xarakter tizimida ba’zi sifatlar ustivor bo‘ladi.
Xarakter tuzilishini bir butunligi aniqlikda, maqsadga egalikda, orignallik va
dinamikada namayon bo‘ladi. Xarakterning asosiy xususiyatlaridan uning
aniqligidir. Aniqlik bir yoki bir necha sifatlarni ustivorligida namayon bo‘ladi.
Masalan Hamza xarakterining asosi bu aql va ehtiros ixtiloflari hamda hayotdan
qo‘rqishdir. Aniq namayon bo‘lmagan sifatlar o‘z yorqinligini yo‘qotadi.
Bir butunlik – ichki butunlik, sifatlarda qarama – qarshiliklarning mavjudligi
emasligi, yo‘nalganlilik va faoliyat o‘rtasida bog‘liqlik, anglash va xatti –
xarakatlardagi uzviylikdir.
Xarakter murakkabligi - bu turli tuman qiziqishlarni ong va faoliyatga faol ta’sir
ko‘rsatishidir. Masalan. M.V.Lomonosov xarakterinng murakkabligi bunga misol
bo‘la oladi. (Turli ilmiy qiziqishlarga egalik, ishda chidamlilik va qat’iyatlilik,
kuchli ehtiros va emotsionallik, ruhiy yumshoqlik lirika bilan almashinish).
Originallik — individual o‘ziga xoslik bo‘lib, u juda kam hollarda uchraydi.
Xarakterning dinamik xolati – xarakterni ma’lum o‘zgaruvchanligi, bu tashqi va
ichki sabablar hamda o‘z – o‘ziga bo‘lgan munosabatni o‘zgarganligida namayon
bo‘ladi
Jo‘shqinlik – xarakterning ma’lum o‘zgaruvchan sifati bo‘lib, u tashqi
o‘zgarishlar hamda o‘z ustida ishlash natijasida yuz beradi. Jo‘shqinlik haqida
gapirilganda uning bo‘ysinuvchanligiga alohida to‘htalish lozim.
Hayotiy voqiyalarga bog‘liq holda xarakter insonlarni ongida va faoliyatida,
ma’lum qismida uning tashqi ko‘rinishida namayon bo‘ladi.
Xarakter butun kuchi bilan inson faoliyatining xulq – atvorida ifodalanadi. Xulq
– atvor deganda ahloqiy va yuridik bahoga ega bo‘lgan xatti - xarakat tushuniladi.
Xarakter insoninson nutqida, uning balandligida, tempida, tezligida, ko‘pso‘zligida,
emotsionalligida namayon bo‘ladi.
Mahmadonagarchilik, ko‘p so‘zlash insonni o‘z – o‘ziga ishonchida, o‘zini
namayon qilishida, o‘zini sevishida, xudbinligida va shu bilan birga odamlarga
yoqishga intilish uchun hizmat qiladi.
59
Indamaslik o‘zining gapirayotgan gapiga bo‘lgan ma’suliyatda, “gapirding
tutilding, indamading qutilding” degan maqoldan foydalanishga, o‘z fikrlarini
yashirishga intilishda namayon bo‘ladi, ba’zan u qurquv, shubhalanishda ham
ifodalanadi.
Xarakter mimika, pantomimika, qo‘l xarakatlarida ham namayon bo‘lib, masalan
yuzdagi ajinlar yosh bilangina emas, balki jahl chiqqanda, kulganda ham paydo
bo‘ladi.
“Ko‘z – qalbning ko‘zgusidir” degan xalkning iborasi bor. Ular ayyor, yorqin,
o‘ynoqi, sovuq, ma’yus va h.k. yuo‘ladi va u bu borada A.N Tolstoy: “SHunday
odamlar borki, ularning ko‘zlarigina kuladi. Bunday odamlar ayyor va xudbin
bo‘ladi. SHunday odamlar borki, ularning faqat og‘zi kuladi – ular kuchsiz,
qat’iyatsizdirlar va bu ikkala kulgu ham juda yoqimsizdir” degan edi.
Xarakter tashqi ko‘rinishda ham namayon bo‘ladi. Masalan, manmanlik,
balandparvozlik ko‘krakni oldinga chiqarib, boshni tik tutib yurishda ko‘rinadi.
Hatto insonning kiyimi, uning rangi, kiyimlarining ayrim qismlari uning xarakteri
haqida nimalardir deyishi mumkin.
Insonning tashqi belgilaridan xarakterini aniqlash – grofologiya, xiromantiya kabi
yo‘nalishlardan xarakat qilindi.
Grafologiya — (yunoncha grapho – yozaman, logos - -ta’limot) — yozuv shakli
haqidagi ta’limot, u orqali psixik xolatni aniqlash mumkin deb hisoblaydi.
Xiromantiya - (yunopcha chel - qo‘l , manleia - fol ochmoq) qo‘lning chiziqlari,
qadoqlari, orqali inson xarakterini aniqlash, taqdir haqida fol ochish.
Do'stlaringiz bilan baham: |