5.
“Tabiatning to‘rt hodisasi” mashqi
Maqsad.
Eshitish va harakatlanish analizatorlarining muvofiqligi bilan
bog‘liq diqqatni rivojlantirish.
52
Ishning maqsadi.
Ishtirokchilar aylana bo‘lib o‘tiradilar. Boshlovchi “ER”
so‘zini aytganda , hamma qo‘llarini pastga tushirishi, agar “SUV” desa – qo‘llarini
oldinga cho‘zishi, “HAVO” — qo‘llarini yuqoriga ko‘tarishi, “OLOV” desa – bilak
va tirsak bo‘g‘imlarida qo‘llarini aylantirishlari kerak bo‘ladi.
Harakatlarni bir necha marta takrorlagach, trener ishtirokchilarni ataylab
chalg‘itadi, ya’ni bir harakatni ko‘rsatib boshqa so‘zni aytadi.
6.
“Tashqaridan o‘zingizni kuzating” mashqi
Qat’iy vaziyatlarda nazoratni saqlab qolish uchun o‘zingizni tashqaridan
kuzatishga o‘rgating. Masalan, Siz ko‘chada yoki ishda o‘zaro janjallashayotgan
ikki kishini ko‘ryapsiz. Avvaliga bu ikkala janjallashayotgan odamlarni aktyorlar,
deb tasavvur qling. Bu Sizga vaziyatga tashqaridan qarashga imkoniyat beradi. Siz
shunda ular nimada xato qilayotganlarini, nimani tushunmayotganliklarini, bu
vaziyatni qanday qilib minimal yo‘qotishlar bilan xal qilish mumkinligini va aynan
shunday holat kelgusida takrorlanmasligi uchun nima qilish mumkinligini oson
tushunib olasiz. Tashqaridan qarash suxbat ketma-ketligini tizib olishga, bunda har
ikkala tomon manfaatlarini hisobga olishga va haqiqatan aqlli qarorlar qabul qilishga
yordam beradi. Hozir Sizga quyida berilgan topshiriqni yirik qora nuqtagacha
o‘qiysiz va o‘qilgan ko‘rsatmani o‘z tasavvuringizda bajarasiz.
Elkalaringizni, bo‘yningizni bo‘shashtiring, qo‘llaringizni qulay joylashtiring.
Belingiz uchun qulay vaziyatni toping, oyoqlaringizni bo‘shashtiring.
Ko‘zlaringizni nim yumgan holda tasavvur qiling... Siz tanangizdan chiqa
boshladingiz va salgina chetga chiqdingiz. Ahamiyat bering, o‘qiyotgan
matningiziga nisbatan diqqatingiz susaydi, chunki monitordagi matnni o‘qiyotgan
odamga chetdan qarar ekansiz, u kabi e’tibor bilan o‘qiy olmasligingizni aniq
bilasiz... kompyuter oldida o‘tirgan odamni yaxshilab tomosha qiling, kuzating...
ostingizdagi stulni his qilishni esdan chiqarmang... uning qattiqligi yoki aksincha,
yumshoqligi... bunda kompyuterning tovushi ham aniq eshitilib turibdi... Endi
tasavvur qiling, xonaga uydagi yaqinlaringizdan kimdir kirib keldi va kompyuter
oldida o‘tirgan o‘sha odamning oldiga borib, undan nimanidir so‘radi... Kompyuter
oldida o‘tirgan odam nimalarnidir ming‘irladi, balki u xalaqit qilmasliklarini
aytgandir. Enda xonaga kirgan odamning reaksiyasiga e’tibor qarating. Mana
shunday, tashqaridan qarab turib, uning yuz ifodalari va tana harakatlarini baholab
turib, anglab ko‘ring – u nimani his qilyapti? Bu oson, axir Siz har kuni odamlarning
mimikasi orqali hissiyotlarini tushunib olasizku. Endi hayolan shu, kompyuter
oldida o‘tirgan odamdan nimanidir so‘rash istagida xonaga kirib kelgan insonga
aylaning... o‘z tasavvuringizda unga aylaning va uning emotsiyalarini, xohish va
niyatlarini his qilib ko‘ring. U xonaga kirib kelayotganida nimani xohlayotgan edi
– anglab ko‘ring... kompyuter ortida o‘tirgan odam u bilan gaplashgisi
kelmayotganligiga qanday munosabatda? Endi bu odamdan chiqing va kompyuter
53
oldidad o‘tirgan odamning ortida turgan odamga aylaning... Endi xonaga kirib
kelgan odam Sizni bezovta qilmaslikni o‘zi xohlashi uchun nima qilish kerakligi
haqida bilimlar bormi? YOki buni xali anglamayapsizmi? Xech qisi yo‘q...
bo‘shashing... ana endi yirik, qora nuqtaga keldik. Ko‘rsatmaga ko‘ra Siz aqlliroq
bo‘lishga qodirsiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |