10
O‘smirlardagi suitsidal holat
O‘smirlik insonning balog‘atga yetish davri bo‘lib, o‘ziga xos xususiyati
bilan
kamolotning boshqa pog‘onalaridan keskin farqlanadi. O‘smirda ro‘y
beradigan
psixofiziologik, biologik o‘zgarishlar natijasida uning psixik dunyosiga tub burilish
nuqtasi vujudga keladi. Balog‘at davriga 11 (12 -15) yoshli qizlar va o‘g‘il
bolalar
kiradilar. Kamolo
t
ning mazkur pallasida jismoniy o‘sish
va jinsiy yetilish amalga
oshadi. Hozirgi davrga kelib o‘smirlik yoshi 8-9 yoshni tashkil qilmoqda.
O‘smirlik davrida bo‘y bilan tana nomutanosib ravishda o‘sadi, natijada bolalar
oriq, nimjon va uzun bo‘yli bo‘lib ko‘rinishadi.
O‘smirlik davrida ayniqsa psixologik jihatdan turli o‘zgarishlar yuz beradi. Bu
davrda o‘smirlarda o‘zining ichki “meni” ustun bo‘lib qoladi. Ular har ishda o‘zlarini
ko‘rsatishni xohlaydilar. Ko‘pincha diqqat markazida turishni yoqtiradilar. Ularda
o‘ziga xos jizzakilik paydo bo‘ladi. Bu davrda o‘smirga
negativ munosabat qilib
bo‘lmaydi. Ko‘p hollarda sizning unga nisbatan biror ishni taqiqlashingiz, uni
kamsitayotgandek tuyuladi. Chunki u
alohida shaxs, endi uning o‘z shaxsiy fikri, o‘z
shaxsiy ishlari bor. Ayrim ota–onalar bu davrga kelib o‘smir farzandlarini tarbiyalashga
qiynalib qoladilar. Buning asosiy sababi bolaga bir xil munosabat qilishlaridir. Bolaga
har bir yosh davrida har xil munosabat va turlicha tarbiya berish kerak. 8 yoshlik davrida
bergan
tarbiyani va munosabatni, 12 yoshda bera olmaysiz. Hozirgi bolalar ota-
onalariga ishonmay qo‘yganlar, ular ko‘pincha o‘rtoqlariga va hatto o‘zlari
unchalik
yaxshi bilmaydigan kishilarga ishonadilar, ichki sirlarini ularga aytadilar.
Ular har yerdan ma’lumot oladilar. Bu ma’lumotlarning qanchalik to‘g‘ri va
aniqligini esa tahlil qilib o‘tirmaydilar. Ayniqsa bugungi globallashuv jarayonida
internet oqimlaridan kirib kelayotgan turli axborotlar ko‘proq
yoshlar ongini
zaharlamoqda. O‘z joniga qasd qilishning oson yo‘li bo‘yicha internetda 9000 sayt
mavjud. Shu saytlarga adashib kirib qolgan ayrim yoshlar suitsidga qo‘l urmoqdalar.
Moskva shahrida yashovchi, 9-sinf o‘quvchisi shunday saytlarning biri tufayli o‘z joniga
qasd qilgan. Buni sababi o‘rganilganda, qizning maktabdagi o‘qishi a’lo, do‘stlari–
dugonalari bilan munosabatlari yaxshi, ammo uyda ko‘p vaqtini internet bilan o‘tkazar
ekan. Bunday fojiali hodisalar bizning bolalar bilan yuz bermasligi uchun ularda
ommaviy madaniyatga qarshi immunitetni shakllantirish darkor. Biz o‘smirlar bilan
ishlashda nafaqat ularning bo‘sh vaqtlari qolmasligiga urg‘u berishimiz, uni mazmunli
o‘tkazish (to‘garaklar, sport, musiqa, san’at) balki ularning miyasida ham bo‘sh joy
qolmasligiga ham erishishimiz darkor.
Do'stlaringiz bilan baham: