Journal of Advanced Research and Stability
ISSN: 2181-2608
www.sciencebox.uz/
819
“Lifelong Learning and Teaching Problems of XXI Century”
Special Issue | 2022
fransuzcha, nemischa kabi restoranlar bilan mashhur. Ularning ayrimlari narxlarining juda
arzonligi bilan ajralib tursa, ayrimlari esa qimmatliligi bilan ajralib turadi. Odatda turistlar, qaysi
mamlakatda bo‘lsalar, o‘sha mamlakatning oshxonasi bilan tanishishga qiziqadilar. Ko‘p
hollarda mezbon shaharning qiziqarli milliy hamda arzon restoranlari haqida ma’lumot berib
o‘tadi, milliy restoranlar bilan tanishtirish nuqtai nazarda ham sayohatlar tashkil etiladi. Masalan,
Bavariyada turistlarni Bavariya (Germaniya) oshxonasi bilan, ya’ni mashhur oq sosiskalar
hamda bavarcha pivo bilan mehmon qilishadi. Myunxenda esa turistni albatta «Xofbrayxaus»ga,
ya’ni eng katta pivo zaliga olib borishadi. Avstriyada dunyoda eng mashhur bo‘lgan vencha
shnitsellarni (katlet turi) tamaddi qilishga olib borishadi va albatta Italiyada esa tushlik
ovqatlanish pastasiz (makaronli taom) o‘tmaydi. AQSH da va barcha ko‘pgina mamlakatlarda
afg‘oncha, kolumbcha, hindcha, chexcha kabi restoranlar ishlab kelmoqda. So‘nggi paytlarda
vegeterianlarga xos oshxonalar ham paydo bo‘la boshladi, yoki yahudiylar uchun maxsus
tayyorlanadigan taomlar restoranlari ham faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
O‘zbek oshxonasining eng mashhur taomlari palov, manti, do‘lma, hasip, qo‘y go‘shtidan kabob,
somsa va tandir nondir. Shu bilan birga, mamlakatning turli ayni hududlarida u yoki bu taom
turlicha hozirlanadi. Misol uchun, Farg‘ona palovi Samarqanddagidan umuman farqlanadi.
Nomlari bir xil taomlarning har xil usulda tayyorlanishi Buyuk Ipak yo‘li davrlariga borib
taqaladi. O‘sha vaqtlarda o‘zbek shaharlari Osiyodan ko‘plab savdogarlarni qabul qilgan.
An’analar, urf-odatlar aralashuvi, yangi milliy taomlar va muhimi ziravorlar har bir qadimgi
shaharni o‘ziga xos pazandalik markaziga aylantirdi.
O'zbek milliy taomlari dunyo taomlari orasida eng shirin, xilma - xil taomlardandir. Sharq
madaniyatida mehmonni dasturxonga turli shirinliklar, murabbolar qo'yish, shirin taomlar
tayorlab olib kelish odatga aylangan. O'zbekiston xalqlari orasida ham bu odatlar juda
rivojlangandir. O'zbek milliy taomlaridan juda ko'pchiligi sharqda ham, g'arbda ham
mashhurligini inobatga olib,ularning gastronomik turizmda o’rni haqida ma’lumot beraman.
O’zbekiston milliy taomlari dunyo taomlari orasida o’ziga xos mazza va jiloga ega. Shulardan
biri palov katta ahamiyatga ega.
Xususan, 2018 yilda “National Geographic” jurnali o‘tkazgan “National Geographic Traveler”
mukofotida “Gastronomik turizm” nominatsiyasi bo'yicha ‘zbekiston birinchi o‘rinni egalladi.
2019 yil 6 avgust kuni O‘zbekiston Gastronomik turizm assotsiatsiyasi o‘z eshiklarini ochdi.
O‘zbekiston oshpazlar uyushmasining majlislar zalida mazkur tadbirga bag‘ishlangan tadbir
respublika vazirlik va idoralari, mamlakatimiz ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida
bo‘lib o‘tdi.Uyushmaning maqsadi – gastronomik turizm sohasida turli tadbirlar, jumladan,
oʻzbek oshxonasining gastronomik tarixiga bagʻishlangan koʻrgazmalar, festivallar, forumlar,
seminarlar, ilmiy konferensiyalar, davra suhbatlari, tanlovlar va boshqa tadbirlarni tashkil etish,
shuningdek, ushbu sohani amalga oshirishdan iborat. turizmni rivojlantirishga hissa qo'shadigan
turli loyihalar. Mutasaddilarning ta’kidlashicha, mamlakatimizda sayyohlik mavsumini
uzaytirish maqsadida Uyushma tomonidan har yili noyabr oyida “Lazzat O‘zbekiston” milliy
taomlari xalqaro festivali muntazam o‘tkaziladi, xalqaro sayyohlik agentliklari jalb qilinadi va
O‘zbekiston bo‘ylab mintaqaviya gastronomik turlar tashkil etiladi.
Uyushma raisi Gulnoza Odilova soʻzlariga koʻra, Oʻzbekistonda "Oʻzbek milliy gastronomiyasi
muzeyi" tashkil etilib, u xorijlik sayyohlar uchun oʻzbek milliy taomlari va uning tarixini keng
koʻlamli taqdim etish imkonini beradi. Muzeyda, shuningdek, xalqaro ilmiy konferensiyalar va
mamlakat sayyohlik agentliklari uchun taqdimotlar o‘tkaziladi.
Ochilish marosimida Assotsiatsiya o‘zining maqsadi, faoliyati va a’zolik shartlari haqida so‘zlab
berdi hamda Respublikamizdagi restoranlar, kafelar, umumiy ovqatlanish korxonalari haqida
Do'stlaringiz bilan baham: |