Tovarning nafligi uni iste’mol qilishda xaridor oladigan qoniqishdir
Lekin, bozor iqtisodiyotida tovar nafligining kamayib borishi qonuni bor, unga ko’ra har bir xarid qilingan keyingi tovarni iste’mol qilishdan olingan qoniqish pasayishga moyil bo’ladi, chunki iste’mol darajasi oshgan sari undan tuyinish hosil bo’ladi. Masalan, zo’r ishtaha bilan tanovvul qilingan taom bora-bora xaridorga keltiradigan nafini kamaytirib boradi va undan tuyinish hosil bo’ladi. Shunda xaridor xohish-istaglari va didi o’zgarib boradi yoki avvalgi tovarga bo’lgan talab so’nadi. Naflikning pasayish qonuni shuni ko’rsatadiki, ishlab chiqaruvchi o’z mavqeini saqlab qolish uchun bozorning tuyinishini hisobga olib, nafligi yuqori bo’lgan yangi tovarlarni bozorga ko’plab chiqarib turishi kerak.
III BOB : Xulosa
Mamlakatimizda ishlab chiqarishni modernizasiya qilish, texnik yangilash va diversifikasiya qilish, inovasion texnologiyalarni keng joriy etish ishlari keng ko'lamda amalga oshirilib, iqtisodiyotimiz salohiyatini o'sishiga bevosita ijobiy ta'sir ko'rsatib kelmoqda.
Yuqorida iste’molchilarning qaysi bir tovar afzalligini ajrata bilishi, ularga baho berishi, yoqtirgan, xush ko‘rgan tovarni xarid qilishi va ular daromadlaridagi cheklanishlar ko'rib chiqildi. Endi yakka holdagi iste’m olchilar har bir tovar xilidan qancha kerakligini qanday ajratadilar, tanlab oladilar?
Ular bunday tanlovda to ‘g‘ri yo'l tutadilar, berilgan va cheklangan budjetlar miqdorida tovarlami tanlashda xato qilmaydilar, talablarini maksimal darajada qondiradilar.
Bunga erishish uchun tovarlar va xizmatlar to'g'ri tanlanganda ular budjet chizig‘idan (daromad doirasidan) chiqmasligi lozim.
Shuni ham aytish kerakki, cheklangan daromad hisobiga iste’mol tovarlari va xizmatlarga b o‘lgan barcha talablami to'liq qondirib bo'lmaydi. Misolda «hamma daromad hozirgi vaqtda sarf etiladi» deb soddalashtirildi. Shunday qilib, faqat budjet chizig'ida tovarlardan kerakligini tanlab olish mumkin.
Foydalilik biron bir kishi yoki iste’molchi tomonidan iste’mol qilingan tovar yoki boshqa bir harakatlarni bajarish natijasida olgan qoniqishning darajasini ifodalaydi. kishilar yoqim sizlik, noxushlik baxsh etadigan narsalardan voz kechib , o'zlari uchun huzurbag'ishlaydigan, qoniqish beradigan narsalarni olib foydalilikka erishadi yoki foyda ko'radi, undan foydalanadi.
Agar bir kishi o'ziga kuylak olmasdan, uning o’rniga shu pulga 3 ta kitob xarid qilgan bo'lsa, uning uchun bu ko'proq huzur bag'ishlagan bo'ladi. Chunki ko'ylakka qaraganda kitob uning uchun foydaliroq. Foydalilik funksiyasi befarqlik xaritasidan tovarlar tanlovidagi ma’lumotlar ulardan birining afzalligini foydaliligini ko’rsatadi va befarqlik chizig’ida aks ettiriladi
Iqtisodiyotni boshqarishning bozor mexanizmi – iqtisodiy tizimning samarali va moslashuvchan dastagidir. Bozor mexanizmining o’ziga xos xususiyati shundaki, uning har bir elementi narx bilan chambarchas bog`liqdir. Ayniqsa narxning talab va taklif hajmiga ta`siri hamda ularning o’zaro aloqadorligi bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqaruvchilar va iste`molchilarning faoliyatini belgilab beradi.
Talab – ehtiyojning pul bilan ta`minlangan qismidir. Talab qonuniga muvofiq narxning o’sib borishi talabning qisqarishiga olib keladi, talabning kengayishi esa narxning o’sishiga olib keladi. Shuning uchun narx (mustaqil o’zgaruvchi) bilan talab (tobe` o’zgaruvchi) o’rtasida teskari bog`liqlik mavjud.
Talab ikki xil yo’nalishda o’zgaradi: biri talab hajmining o’zgarishi bo’lib, talab egri chizig`i bo’ylab xarakatlansa, ikkinchisi talab xususiyatning o’zgarishi bo’lib, talab egri chizig`ining o’zini o’nga yuqoriga yoki chapga pastga qarab siljitadi.
Taklif ishlab chiqaruvchilarning bozorga sotishga chiqargan tovarlari miqdori bo’lib, tovarlar miqdori ishlab chiqarish bilan belgilanadi, ammo aynan unga bog`liq emas, chunki zaxira, eksport va import omillari ham taklif qilinadigan tovarlar miqdoriga ta`sir ko’rsatadi. Taklif bilan narx o’rtasida to’g`ri bog`liqlik mavjud, narxlarning o’sishi taklifning o’sishiga olib keladi va aksincha.
Talab va taklifning o’zaro ta`siri natijasida bozor muvozanati vujudga keladi. Bozor muvozanati – talab hajmining taklif hajmiga mos kelishidir. Bunday mos kelishlik bozorda muvozanatli narxni yoki bozor narxini shakllantiradi.
Bozordagi bir zumlik, qisqa davrli va uzoq davrli muvozanatlik holatni farqlash zarur.
Bir zumlik muvozanat uchun taqdim qilinadigan tovarlarning o’zgarmas yoki doimiy miqdori xos. Bu ishlab chiqarishning bozor vaziyatiga tez, birdaniga moslasha olmasligi bilan bog`liq.
Qisqa davrli muvozanatlikni, ishlab chiqarish va taklifni vaqtinchalik amal qiluvchi omillardan foydalanish asosida ko’paytirish imkoniyatini taqazo qiladi.
Bunday vaqtinchalik omillarga ish vaqtidan tashqari, dam olish va bayram kunlari ishlash, ish smenasini ko’paytirishlar kiradi. Qisqa davrli muvozanatlikda taklif hajmining oshganligi munosabati bilan bir zumlik muvozanat holatida o’rnatilgan narxga nisbatan past narx o’rnatiladi.
Uzoq davrli muvozanatlik o’zgarishi uzoq muddatli davrdagi omillardan foydalanishni taqozo qiladi. Bunda ishlab chiqarishni qayta qurollantirish, yangilash va qo’shimcha quvvatlarni vujudga keltirish bilan bog`liq investitsiyalar haqida gap boradi. Bu davrda yangi korxonalarni qurish hamda mazkur bozorda yangi korxonalarning paydo bo’lishi ham bo’ladi. Uzoq davrli muvozanatlikda qisqa davrga nisbatan past narx wrnatiladi.
Xo’jalik amaliyoti uchun bozor sub`ektlarining narx o’zgarishiga bo’lgan munosabatini ifodalovchi talab va taklif egiluvchanligi tushunchasi muhim ahamiyat kasb etadi. Talab egiluvchanligi ko’rsatkichi asosida ishlab chiqaruvchilar yalpi tushum miqdorini oson aniqlab olishlari mumkin. Agar talab egiluvchan bo’lsa, narx bilan yalpi tushum qarama-qarshi tomon harakatlanadi, talab noegiluvchan bo’lsa xarakat bir tomonlama bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |