Talab qilish funktsiyasi - bu iste'molchining tanlovi jarayonida aniqlanadigan, sotib olishning maqbul tarkibiga mos keladigan pul massasida ifodalangan tovarning cheklangan foydaliligi. Iste'molchining tanlov modelida individual iste'molchining talabiga quyidagilar ta'sir qiladi.
Iste'molchilarning afzalliklari;
Bu tovarni sotib olish uchun ajratilgan iste'molchilar daromadi,
Bu mahsulotning narxi;
Iste'mol qilinadigan tovarlarning o'rnini bosadigan va to'ldiradigan tovarlar narxi.
Bir tovar narxining o'zgarishi boshqa tovarlarning iste'moliga, shuningdek almashtirish ta'siriga va daromad ta'siriga ta'sir qiladi. Bir tovar narxining pasayishi boshqa tovar iste'molining kamayishiga olib keladi, chunki sub'ekt o'zi uchun arzonlashgan tovar iste'molini ko'paytirish yaxshiroq deb hisoblaydi ( almashtirish effekti ). Daromad effekti bir tovar narxining pasayishi nafaqat bu, balki boshqa tovarning real daromadining oshishi natijasida sotib olish va iste'molini ko'paytirish imkonini beradi
II BOB . Iste’molchi tanlovini optimallashtirish.
Bu rejaning ham maqsadi iste’molchi qanday qilib tanlov amalga oshirishini tushuntirish hisoblanadi. Bizda analiz uchun ikki muhim manbaa mavjud: iste’molchining moliyaviy ahvoli (u qancha pul sarflay oladi) va iste’molchining xohishlari (u nimaga pulini sarflaydi). Endi biz ushbu ikki qismni birlashtirib, iste’molchining nima xarid qilish haqidagi qarorini tahlil qilamiz.
Iste’molchining eng qulay tanlovi O'zimizning qadrdon Pepsi va pitsamizni yana bir marotaba “davraga taklif etamiz”. Iste’molchi o'zi uchun eng yaxshi bo'lgan Pepsi va pitsa xaridi variantiga to'xtashi mimkin - bu uning eng so'ngi tanlovi bo'ladi. Ammo. iste’molchi o'z budjet sig'imiiga ham qarashi kerak. Chunki bu uning yagona moliyaviy o'lchov manbaasi hisoblanadi.
Pitsa miqdori, Oltinchi chizma iste’molchining budjet sig'imii va befarqlik egri chizig'i variantlaridan uchtasi tasvirlangan. Iste’molchi yetishishi mumkin bo'lgan eng befarqlik egri chizig'i variant bu chizmada uning budjet sig'imiiga tekkan nuqtadir (asimptota o'qi). Budjet sig'imii va befarqlik egri chizig'i kesishgan nuqta optimal nuqta deyiladi. Iste’molchi A nuqtani afzal ko'rishi mumkin, ammo, budjet taqchilligi bois u nuqtag “chiqa olmaydi”. Iste’molchi B nuqtani ham tanlashi mumkin, bu nuqtada befarqlik egri chizig'imavjudm lekin bu nuqta uni qoniqtirmaydi. Optimal nuqta Pepsi va pitsaning eng zo'r kombinatsiyasi mavjud bo'lgan nuqta hisoblanadi.
Tanlovni amalga oshirishda iste’molchi narxlami ko'rib chiqadi songra, befarqlik egri chizig'ibilan nisbiy narx to'g’ri keladigan optimal variantni tanlaydi. Nisbiy narx bu bozor sotishiga, iste’molchi esa xarid qilishiga mos bo'lgan narx hisoblanadi. Iste’molchining budjeti optimal qiymatida bozorning narx taklifi va iste’molchi sig'imi tengbo'ladi. Iste’molchi budjet optimali tufayli bozor narxlari iste’molchi xarid qila olishi mumkin bo'lgan tovarlar sonini cheklaydi.
Yuqorida biz iste’molchi qanday qilib talov amalga oshirishi haqida gaplashdik, keling endi ushbu tanlovga uning oylik kirimi qanday ta’sir ko'rstishini muhokama qilamiz. Aniqlikka erishish uchun, tasavvur qiling, iste’molchi kirimi o'sib bormoqda. Yirikroq daromad evaziga, iste’molchi ikkala tovar (Pepsi va pitsa)dan ko'proq xarid qila oladi. Kirimdagi o'sish 7-chizmada ko'rsatilgandek, tashqi tomondan budjet sig'imini siljitadi.
Iste’molchilaming daromadi ortganda budjet chegarasi oldinga siljiydi. Agar ikkala tovar ham normal bo’lsa iste’molchi bunga javoban ularning har birini sotib olish hajmini oshiradi. Ushbu chizmada xaridor ko'proq pitsa va pepsi sotib oladi
Ikki tovarning nisbiy narxi hali o'zgarmaganligi sababli, yangi budjet sig'imi birinchisidek haliyam o'zgarmagan. Bu yerda kirimning ortishi budjet sig'imining parallel ko' chishiga olib keladi.
Kengaygan budjet sig'imi iste’molchiga ko'proq Pepsi va pitsa xaridiga imkon beradi, ya’ni bu yirikroq befarqlik egri chizig'i degani. Budjet holati va iste’molchining befarqlik egri chizig'ilati orasidan eng ma’qul deb topgani uning optimal tanlovini “ilk optimal”dan “yangi optimal”ga siljitadi. Chizmada iste’molchi o'zi uchun ko'proq Pepsi va pitsa tanlaydi. Kirimning ko'payishiga iste’molning ortishi mantiqiy javob bo'la olmasada, bu vaziyatda eng mos holat ko'proq pitsa va Pepsi deb baholanadi. Iqtisodchilarning daromad oshganda iste’molning ham ortish holatiga normal tovar deb baho berishlarini ko'rishingiz mumkin. 3-rasmdagi befarqlik egri chizig'i sifatidagi Pepsi va pitsa taxminan normal tovarlardir. iste’molchining mablag’i oshganda ko'proq pitsa hamda kamroq Pepsi xarid qilishini ko'rishimiz mumkin. Agar iste’molchi budjeti ortganda bir tovarni boshqalariga nisbatan ko'proq xarid qilsa, bu mahsulot turi iqtisodchilar tomonidan past darajadagi tovar deb qaraladi. Dunyodagi ko'pgina tovarlar normal tovarlar bo'lishiga qaramay, ba’zi bir past darajadagi tovarlar ham mavjud. Masalan velosipedlar. Kirim oshsa, kishida avtobus yoki tahsida yurish, yoinki, shaxsiy avtomobil xarid qilish xohishi paydo bo'ladi. Avtobusda yurish ham past darajadagi “tovar” hisoblanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |