Naflilik funkstiyasi malum miqdordagi tovarlarga boshqa bir miqdordagi taqqoslashni bildiradi. Naflilikni mutloq korsatkichlarda olchashning ahamiyati bolmay, istemolchi tanlovini naflilik darajasining ketma-ket joylashuvi bilan izohlash mumkin. Bir tolamdagi tovarlar nafliligi boshqasidan qay darajada afzalligini korsatib berish mumkin emas.
Naflilik funkstiyasi istemol qilinayotgan tovarlar(X,Y)dan olinayotgan naflilikning hosilasini ifodalaydi:
Songgi qoshilgan naflilik muayyan nematning navbatdagi birligini istemol qilishdan olingan qoshimcha naflilikdir. Songgi qoshilgan naflilik umumiy naflilikning osgan qismidan iborat ekan, u naflilik funkstiyasining hosilasi hisoblanadi. Muayyan ehtiyojni qondiruvchi har bir navbatdagi nemat oldingisiga qaraganda kamroq naflilikka ega boladi. Nematlarning cheklangan miqdori sharoitida esa doimo ehtiyojni eng kam darajada qondiruvchi «songgi nusxasi» mavjud boladi. Agar istemolchining A va V tovarlarning barcha tolamlari boyicha afzal korishlarini egri chiziqlar orqali tasvirlansa, befarqlik kartasi hosil boladi. Har bir befarqlik egri chizigi kishi har biriga bir xilda qaraydigan tovarlar tolamini ifodalaydi. 12-chizmada befarqlik kartasining bir qismini aks ettiruvchi uchta befarqlik egri chizigi tasvirlangan. I3 befarqlik egri chizigi ehtiyojlarni qondirilishining eng yuqori darajasini aks ettiradi.
Ehtiyojlarning har bir darajasiga kora cheksiz befarqlik egri chizigi mavjud bolishi mumkin. Biz sodda korinishda faqat uchta egri chiziqni ifodaladik. Bu uch egri chiziq tovarlar tolamining ranjirovkasi (tartibini) taminlaydi. Ranjirlash tolamlarni afzallikning eng yuqori darajasidan eng kam tomonga yonaltirilgan tartibda qoyib chiqadi. Biroq, bu tartib bir tolamning boshqa biridan nechogliq afzalligini korsatib bera olmaydi.
Hozirgi aytda turli ilmiy-nazariy adabiyotlarda tadbirkorlik faoliyati va biznes xususida, uning yonalishlari, tamoyillari, huquqiy-iqtisodiy jihatlari togrisida kolab olimlarning fikrlari, mulohazalari keng orin egallamoqda. Ularda koincha tadbirkorlik faoliyati va biznesni bir xil tushuncha sifatida talqin qilinmoqda. Haqiqatan ham bozor iqtisodiyoti subektlari xojalik faoliyatida tadbirkorlik va biznes tushunchalari bir-biri bilan chambarchas bogliq bolib, amaliy jihatdan bir-birining orniga ishlatilishi mumkin.