1.1. O’zbekiston Respublikasi «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish togrisida»gi Qonunida qollaniladigan asosiy tushunchalar va ularning mazmuni.
1. Malumki, har qanday qonunda muayyan oziga xos atamalar, iboralar mavjud boladi. Kop hollarda turmushda ushbu iboralar va atamalar turli mazmun kasb etishi va turlicha manoda talqin etilishi mumkin. Bu esa qonunlar mazmunini togri anglab etish va ularni ijro etishga xalaqit beradi. Xuddi shu sababli «Istemolchilarning huquqlarini himoya qilish togrisida»gi Qonunning 1 moddasida ushbu qonunda qollanilgan asosiy tushunchalarga tarif beriladi.
2. «Istemolchilarning huquqlarini himoya qilish togrisida»gi Qonunning 1 moddasida istemolchi tushunchasiga quyidagicha tarif beriladi: istemolchi foyda chiqarish bilan bogliq bolmagan holda shaxsiy istemol va boshqa maqsadlarda foydalanish uchun tovar sotib oluvchi, ish, xizmatga buyurtma beruvchi yoxud shu niyatda bolgan fuqaro (jismoniy shaxs) hisoblanadi. Ushbu tarifdan korinib turibdiki, faqatgina jismoniy shaxs istemolchi bolishi mumkin. Fuqarolik kodeksi 16-moddasiga asosan jismoniy shaxs deganda, Ozbekiston Respublikasining fuqarolari, chet el fuqarorlari, shuningdek fuqaroligi bolmagan shaxslar tushuniladi. Jismoniy shaxs huquq subekti sifatida qanday belgilarga ega bolishi kerak, degan savol tugilishi mumkin. Malumki, fuqaro muayyan majburiyat munosabatlarida qatnashish, yirik summalarda bitimlar tuzish uchun muomala layoqatiga ega bolishi kerak. Biroq, istemolchi maqomini olish uchun hech qanday muomala layoqati talab etilmaydi. Fuqaroning huquq layoqatiga ega bolishi kifoya. Fuqarolik kodeksining 17-moddasiga asosan, fuqaroning huquq layoqati u tugilgan paytdan boshlab vujudga keladi. Bu orinda shuni ham etirof etish lozimki, jismoniy shaxsnigina istemolchi sifatida tan olish zamirida chuqur mano yotadi. Har qanday jismoniy shaxs eng avvalo, biologik mavjudot, u yashashi, hayot kechirishi uchun oziq ovqat, qiyim bosh, turarjoy va shu kabilarni istemol qilishi va ulardan foydalanishi shart. Uning bu ehtiyojlari faqat kishilik jamiyatida qondirilishi mumkin.
Ayni vaqtda inson sotsial mavjudot ham, u shaxs sifatida jamiyatda, fuqaro sifatida davlatda harakat qilish uchun muayyan ijtimoiy xizmatlarga, tovarlarga, bilim va axborotlar olishga, transport, kommunikatsiya vositalaridan foydalanish va shu kabilarga ehtiyoj sezadi.
Jismoniy shaxsning biologik va sotsial mavjudot sifatidagi ehtiyojlari bu ehtiyojlarni qondirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Ushbuni qondirmay turib, barkamol insonni, shaxsni, fuqaroni shakllantirib bolmaydi. Shu sababli ham insonning moddiy, maishiy va boshqa ehtiyojlarini qondirish bu ijtimoiy ahamiyatga ega bolgan vazifadir. Aslini olganda, jamiyatdagi barcha ijtimoiy institutlar, iqtisodiy tuzilmalar inson mavjudligi uchun bor va unga xizmat qiladi. Insonning moddiy, maishiy, manaviy ehtiyojlarini qondirishdan inson ham, jamiyat ham teng darajada manfaatdordir. Ayni paytda bu ehtiyojlarni qondirish shunchaki oddiy, jon jarayon emas. Agar taraqqiyotning tarixiy bosqichlarida rivojlanmagan natural xojalik ustuvorlik qilgan davrlarda inson oz ehtiyojlarini asosan ozi qondirgan bolsa, bugungi kunda u bunga qodir emas. Chunki, birinchidan, inson ehtiyojlari doirasi kengaydi, ikkinchidan, har qanday tovar, ish, xizmat uni tayyorlovchi yoki amalga oshiruvchidan maxsus malaka va bilim talab etadi. Eng asosiysi shundan iboratki, inson oz ehtiyojlarini qondirish uchun har kuni onlab tovar ishlab chiqaruvchilar, sotuvchilar va ish bajaruvchilar, xizmat korsatuvchilar bilan huquqiy munosabatlarga kirishadi. Bu huquqiy munosabatlarning pirovard maqsadi insonning moddiy, manaviy va maishiy ehtiyojlarini tola va samarali qondirish hisoblanadi. Demak, bunday holatda, tovarlar, ishlar, xizmatlardan bevosita oz ehtiyojlarini qondirish uchun foydalanadigan shaxs alohida huquqiy maqomga ega bolishi lozim. Qonunda istemolchi huquqiy maqomi shaxsiy istemol va boshqa maqsadlarda foydalanish uchun tovar sotib oluvchi, ish, xizmatga buyurtma beruvchi yoxud shu niyatda bollgan fuqaroga berilishi belgilab qoyilgan. Agar fuqaro tadbirkorlik maqsadida (qayta sotish maqsadida) tovar sotib olsa, u istemolchi hisoblanmaydi. Tovar shaxsiy istemol maqsadida emas, balki foyda olish bilan bogliq bolmagan boshqa maqsadlarda (masalan, shaxsiy tomorqasida foydalanish uchun) sotib olingan hollarda ham unga istemolchi maqomi berildi. Shu sababli ham yakka tadbirkor sifatida royxatdan otgan fuqaro istemolchi bolmaydi, deyish notogri hisoblanadi. Yakka tadbirkor shaxsan istemol qilish uchun tovarlar sotib olgan, ish va xizmatlardan foydalangan holda, u istemolchi hisoblanadi. Aynan vaqtda shunday huquqiy munosabatlar borki, bunday munosabatlarda ishtirok etgan jismoniy shaxs (yakka tadbirkor) istemolchi maqomini ola olmaydi. Masalan, mahsulot etkazib berish shartnomasi, kontraktatsiya shartnomasi, korxonani ijaraga olish shartnomasi, franshizing (kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi) shartnomasi va shu kabilar. Ushbu shartnomalar oz mohiyatiga kora tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda tuziladigan shartnomalardir.
FK 425-moddasining 1-qismida ham istemolchi tushunchasi mazmunini ochib beruvchi belgilar mujassamlashgan. Unga kora fuqaro chakana oldi-sotdi shartnomasi orqali shaxsiy maqsadlar, rozgorda yoki tadbirkorlik faoliyati bilan bogliq bolmagan boshqa maqsadlarda tovar sotib olganda ham istemolchi hisoblanadi.
Ishlab chiqaruvchi istemolchiga realizatsiya qilish uchun tovar ishlab chiqaradigan korxona, tashkilot, muassasa yoki xususiy tadbirkor;
Ijrochi maishiy xizmat, uy-joy-kommunal, tamirlash-qurilish, transport xizmati va xizmat korsatishning boshqa sohalarida shartnoma boyicha istemolchi uchun ishlar bajaradigan yoki xizmatlar korsatadigan korxona, tashkilot, muassasa yoki xususiy tadbirkor;
Sotuvchi oldi-sotdi shartnomasi boyicha istemolchiga tovar realizatsiya qiladigan korxona, tashkilot, muasasa yoki xususiy tadbirkor;
Shartnoma tovarni olish-sotishni amalga oshirishda, ishlar bajarish va xizmatlar korsatishda sifat, miqdor, muddat, narx va boshqa shartlar togrisida istemolchi bilan sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) ortasidagi ogzaki yoki yozma kelishuv;
Tovar ishlab chiqaruvchi faoliyatining istemolchiga shartnoma boyicha sotish uchun moljallangan mahsuli, shu jumladan import mahsuloti;
Normativ hujjatlar standartlar, ularga tenglashtirilgan boshqa hujjatlar (qurilish normalari va qoidalari, dori-darmonlar xususidagi davlat farmokopeyasi hamda muvaqqat farmokopeya qoidalari va boshqalar), texnik shartlar, texnik tavsiflar, retseptura va tovar (ish, xizmat) sifatiga va xavfsizligiga nisbatan belgilangan talablarni oz ichiga oluvchi boshqa hujjatlar;
Tovar (ish, xizmat)ning xavfsizligi tovarni istemol qilish, undan foydalanish, uni saqlash, tashish yoki utilizatsiya qilishning, shuningdek ish yoki xizmat natijalaridan foydalanishning odatdagi sharoitlarida istemolchining hayoti, sogligi yoki mol-mulkiga zarar etkazilishi ehtimoli bilan bogliq xavf-xatarning yoqligi;
Muvofiqlik sertifikati sertifikatlangan mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjat;
Tovar (ish, xizmat)ning nuqsoni tovar (ish, xizmat) va normativ hujjatlarning majburiy talablariga, shartnoma shartlariga yoxud tovarlar (ish, xizmat)ning sifatiga odatda qoyiladigan talablarga nomuofiqligi;
Tovar (ish, xizmat)ning jiddiy nuqsoni tovar (ish, xizmat)dan belgilangan maqsadda foydalanib bolmaydigan qilib qoyadigan yoxud bartaraf etish uchun kop mehnat va vaqt sarflash talab qilinadigan kamchilik;
Kafolat muddati tovardan (xizmatdan) foydalanishning (oylar hisobidagi) normativ muddati yoki tovar (xizmat)ning muayyan vazifani (necha soatda, necha ish jarayonida, qancha kilometr masofani bosib otib va h.k.) bajarish vaqti tarzida belgilangan muddati bolib, bu muddat ichida ishlab chiqaruvchi (ijrochi), baharti tovarni ishlatish (xizmatdan foydalanish) qoidalariga rioya etilgan bolsa, tovarning (xizmatning) sifatiga nisbatan normativ hujjatlarda nazarda tutilgan talablar bajarilishini kafolatlaydi va taminlaydi;
Xizmat muddati tovardan foydalanishning belgilangan muddati bolib, u tamom bolgach, tovarning texnik holatidan qati nazar, undan foydalanish toxtalishi lozim;
Yaroqlilik (saqlash) muddati muayyan davr bolib, bu davrda tovar foydalanishga yaroqli boladi va u tamom bolgach, tovar odamlar hayoti hamda sogligi uchun xavf tugdirishi mumkin;
Kassa cheki tovarning sotib olinganligini yoki ish (xizmat)ning haqi tolanganligini tasdiqlaydigan, tovar (ish, xizmat)ning bahosi, haq tolangan sana va kassa apparatining nomeri korsatilgan hujjat;
Tovar cheki tovarning sotib olinganligini yoki ish (xizmat)ning haqi tolanganligini tasdiqlovchi, tovar (ish, xizmat)ning bahosi, haq tolangan sana hamda sotuvchining nomi va joylashgan manzili haqidagi malumot korsatilgan hujjat.
Do'stlaringiz bilan baham: |