2.1.1-jadval
Istemolchining tovar (ish, xizmat)lar togrisida malumot olish huquqi
Qonunning 6-moddasida belgilab qoyilgan istemolchilarning asosiy va muhim huquqlaridan biri-ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) hamda tovar (ish, xizmat)lar haqida oz vaqtida zarur, togri va tushunarli malumot olish huquqidir. Ushbu huquq Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan «Istemolchilar manfaatlarini himoya qilishning rahbariy tamoyillari» deb nomlangan (N 39G248 sonli 1985 y. 9 aprel) rezolyutsiyada, Evropa Iqtisodiy Hamjamiyatining istemolchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilik dasturida (1975 yildagi EIH ning birinchi dasturida), Mustaqil Davlatlar Hamdostligiga azo davlatlarning «Istemolchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi hamkorligining asosiy yonalishlari togrisida»gi bitimida (2000 yil 25 yanvar) va boshqa kopgina xilqaro hujjatlarda istemolchining sosiy xuquqlaridan biri sifatida etirof etilgan.
Qonunning 6-moddasida keltirilgan zarur, togri va tushunarli malumot tushunchalariga amaldagi Fuqarolik kodeksida ham, Qonunda ham toliq tarif berilmagan. Shu orinda zarur va togri malumot deganda nima tushuniladi degan savol tugiladi. Bizningcha, zarur malumot deganda sotuvchi tomonidan xaridorga beriladigan toliq hajmdagi malumotlar tushuniladi. Zarur malumot istemolchida tovar (ish, xizmat) haqida tasavvur hosil qilish, aynan ulardan qanday foydalanish kerakligi togrisida tushunchani vujudga keltirishi lozim. Odatda, istemolchi sotib olishni moljal qilgan tovar (ish, xizmat) haqida etarli malumot (bilim)ga ega bolmaydi (ega bolishi mumkin bolsa-da, qonun istemolchi bunday malumotga ega bolmaydi, deb tahmin qiladi). Shuning uchun ham ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) istemolchiga tovar (ish, xizmat) haqida etarli va toliq malumot berishi lozim. Istemolchi esa unga taqdim etilgan ushbu malumotlardan oqilona foydalanib, oziga maqul bolgan, ozini qiziqtirgan tovarning xususiyatlari, sifati, uni ishlatish va saqlash tartibi haqida toliq malumotga ega bolishi, ushbu tovar (ish, xizmat) natijalaridan mutaxassis komagisiz mutaqil ravishda foydalana olishi lozim boladi.
Yuqorida keltirilgan tarifdan kelib chiqib, «zarur malumot» deganda:
birinchidan, sotuvchi (ijrochi, ishlab chiqaruvchi)ning yuridik manzili va u tasarruf (realizatsiya) qilayotgan tovar (bajarayotgan ish, korsatayotgan xizmat) haqida aniq malumotlar tushuniladi (bu malumot orqali istemolchi unga nuqsonli tovar sotilganda yoki bajarilgan ishda (korsatilgan xizmatda) kamchiliklar aniqlanganda javobgarni topish bilan bogliq qiyinchiliklar yuzaga kelishining oldi olinadi);
ikkinchidan, ozida albatta uning sifati, asosiy istemol xususiyatlari, narxi, ishlab chiqaruvchining majburiyatlari va Qonunning 5, 6-moddalarida sanab otilgan talablarni aks ettirgan mamot majmui tushuniladi (bu esa istemolchiga oziga kerakli tovar (xizmat)ni tanlab olish imkonini beradi);
uchinchidan, sotuvchi (ijrochi) istemolchiga savdo va xizmat korsatish qoidalari togrisida beradigan toliq malumot tushuniladi. Bunday qoidalarning mavjudligi uning bajarilishi majburligini belgilaydi. Bu esa istemolchining kuchi va mablagi tejalishiga olib keladi.
Togri malumot deganda tovar (ish, xizmat)da aks ettirilgan malumot uning asl holdagi korinishiga, yani tarkibiga va xususiyatlariga mos kelishi tushuniladi.
Tovar (ish, xizmat) haqidagi malumotda quyidagilar korsatilishi shart:
- tovar (ish, xizmat) majburiy talablarga muvofiq kelishi shart bolgan normativ hujjatlarning nomi;
- tovar (ish, xizmat)ning asosiy istemol xususiyatlari, shu jumladan oziga xos xususiyatlari royxati;
- bahosi va sotib olish shartlari;
- ayrim turdagi tovarlarning ishlab chiqarilgan sanasi;
- ishlab chiqaruvchi (ijrochi)ning kafillik majburiyatlari;
- tovardan samarali va xavfsiz foydalanish qoidalari hamda shartlari;
- tovarning xizmat (yaroqlilik) muddati va ushbu muddat tugaganidan keyin istemolchi nima ishlar qilishi zarurligi, shuningdek, bunday ishlarni bajarmaslik natijasida kelib chiqishi mumkin bolgan oqibatlar togrisidagi malumotlar;
- ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)ning nomi va mulkchilik shakli, royxatga olish va litsenziya guvohnomasining qayd raqami;
- ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)ning hamda ular istemolchidan davo qabul qilishga vakolat bergan, shuningdek tamirlash ishlarini bajaradigan va texnikaviy xizmat korsatadigan korxonalarning manzillari;
- tovarlarni saqlash, xavfsiz utilizatsiya qilish usullari hamda qoidalari;
- teatr-kontsert tadbirlari otkazilayotganda fonogrammadan foydalanishi togrisidagi axborot.
Sertifikatlanishi shart bolgan tovar haqida istemolchiga uning sertifikatlanganligi togrisida malumot taqdim etilishi lozim.
Tovar (ish, xizmat) haqidagi zarur axborotning yoqligi bunday tovar (ish, xizmat)ni realizatsiya qilish malumot berilgunga qadar tegishli davlat boshqaruvi organining korsatmasi boyicha toxtatib turilishiga sabab boladi.
Ozbekiston Respublikasining 1997 yil 30 avgustda qabul qilingan «Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi togrisida»gi Qonunning 12-moddasiga asosan, istemolchiga sotilayotgan qadoqlangan va oralgan oziq-ovqatlar, ovqatga qoshiladigan biologik faol qoshimchalar, oziq-ovqat qoshimchalari yorliqlariga (suqma varaqalariga) ega bolishi, ularda quyidagi malumotlar korsatilishi kerakligi belgilangan. Yani:
- oziq-ovqat nomi;
- oziq-ovqatning nimaga moljallanganligi (maxsus bolalarbop mahsulotlar va parhez taomlar uchun);
- tayyorlovchining nomi;
- tovar telgisi (belgiga ega tashkilotlar uchun);
- oziq-ovqat tarkibiga kirgan narsalar, shu jumladan oziq-ovqat qoshimchalarining nomi;
- oziqlik qimmati, navi;
- saqlash shart-sharoitlari (masalan, quyosh nuri tushmaydigan, salqin va quruq joyda; Q5 dan Q20 gacha daraja issiqlikda);
- tayyorlangan sanasi, yaroqlilik muddati;
- tayyorlash usuli (masalliqlar hamda maxsus bolalarbop va parhez oziq-ovqat mahsulotlari uchun);
- ogirligi;
- foydalanish usuli (biologik faol qoshimchalar, oziq-ovqat qoshimchalari, maxsus bolalarbop va parhez oziq-ovqat mahsulotlari uchun);
- muvofiqlik belgisi (mahsulotni muvofiqlik belgisi bilan tamgalash huquqini beradigan litsenziyasi bor korxonalar uchun);
- normativ yoki texnikaviy hujjatlarning nomerlari va shunga oxshash malumotlarni ozida aks ettirishi lozimligi belgilangan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib tovarni togri tanlash uning markirovkasida etarli (ogirligi, hajmi va tarkibi haqida) malumotlar bolishini taqozo etadi. Ammo koplab tovarlarni ulgurji, yani katta hajmlarda etkazib berilishi kop hollarda ularda malumotlarni aks ettirish imkoniyati bolmasligiga olib keladi. Shuning uchun ham kopgina rivojlangan davlatlar qonunchiligida ishlab chiqaruvchilarning, tovarlarning miqdorini va har bir donasining narxini ham alohida korsatishlari shartligi belgilangan.
Istemolchilarga togri malumot berish usullaridan biri togri, maqbul va chiroyli tarzda dokon yoki atele peshtaxtalariga sotuvda mavjud bolgan yoki tashkilotda tayyorlanadigan mahsulotlar namunalarigina qoyiladi. Har bir namuna aniq jihozlangan yorliq va narxnoma bilan taminlanadi. Tovar yoki xizmatlar narxlari qaydnomasi hammaga korinarli joyga osib qoyilishi lozim. Peshtaxtalar belgilangan talablar darajasida jihozlangan bolishi, ular oynalari terlashining hamda muzlashining oldi olinishi, kechqurunlari esa ular yaxshi yoritilgan bolishi kerak. Bu, oz navbatida, istemolchiga peshtaxtadan mahsulotlarning xususiyatlariga baho berib, oziga maqbulini tanlash imkonini beradi. Sotib oluvchining talabiga binoan peshtaxtadagi tovar namunasi unga sotib yuborilishi mumkin.
Tovar (ish, xizmat) haqidagi malumotni taqdim etishda asosiy vazifa ular ichidan keraklisini tanlab olishdan iborat. Istemolchilarga taqdim etiladigan malumotlarning kerakli hijmini ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)ning ozi belgilaydi. Ammo u malumot toliq bolmaganligi uchun qonunda belgilangan javobgarlik mavjudligini esidan chiqarmasligi lozim. Ayrim turdagi tovar (ish, xizmat)lar haqidagi malumotlar royxati va ularni istemolchilarga etkazish usullari Ozbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari bilan belgilanishi mumkin. Ular Ozbekiston Respublikasining barcha hududida umummajburiy kuchga ega boladi.
Shu jumladan, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)lar tomonidan ornatilgan qoshimcha malumotlar tovarning xususiyati va spetsifikasi haqida yanada toliqroq malumotga ega bolishga olib kelishi mumkin.
II. BOB ISTEMOL, JAMGARMA VA INVESTITSIYALAR.
2.1. Istemol va jamgarmaning iqtisodiy mazmuni hamda ularning ozaro bogliqligini tahlil qilsh.
Istemol jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida ishlab chiqarish natijalaridan va ishlab chiqarish omillari (ishchi kuchi)dan foydalanish jarayonini bildiradi.
Shaxsiy istemol istemolchilik xarakteridagi nematlar va xizmatlardan bevosita foydalanishni, yani ularning individual tarzda istemol qilinishini bildiradi.
Unumli istemol ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchidan foydalanishni anglatadi.
Istemolchilik sarflari aholi daromadlarining tirikchilik nematlari va xizmatlar uchun ishlatiladigan qism.
Jamgarma aholi, korxona (firma) va davlat foriy daromadlarining kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish va foizli daromad olish maqsadida toplanib borilishi.
Istemolga ortacha moyillik shaxsiy daromadning istemolga ketadigan ulushi.
Jamgarmaga ortacha moyillik shaxsiy daromadning jamgarmaga ketadigan ulushi.
Istemolga qoshilgan moyillik shaxsiy daromad osgan qismining istemol qilinadigan qismi yoki ulushi.
Jamgarmaga qoshilgan moyillik shaxsiy daromad osgan qismining jamgarmaga ketadigan hissasi.
Iqtisodiy jamgarish milliy daromadning bir qismidan asosiy va aylanma kapitallarni, shuningdek, ehtiyot va zahiralarni kopaytiirish uchun foydalanish.
Jamgarish normasi jamgarish fondining milliy daromadga nisbatining foizdagi ifodasi.
Kapital qoyilmalar - asosiy kapitalni kengaytirish va uni takror ishlab chiqarishga qilinadigan sarflar.
Investitsiyalar ishlab chiqarishni va xizmat korsatish sohalarini kengaytirishga, yani asosiy va aylanma kapitalga pul shaklidagi quyilmalar.
Investitsion faoliyat investitsiyalarni royobga chiqarish boyicha qilinadigan amaliy harakatlar.
Investr investitsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs.
Investitsiyalar samaradorligi milliy daromad ( foyda) osgan qismining investitsion sarflar summasiga nisbatining foizdagi ifodasi.
2.2. Investitsiyalar va uning darajasini belgilovchi omillar sifatini yaxshilashni ustivor yunalishlarini yaratish.
Milliy iqtisodiyotda yangidan vujudga keltirilgan qiymat, yani milliy daromad istemol va iqtisodiy jamgarish maqsadlarida ishlatiladi. Istemol keng manoda jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish jarayonida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlardan foydalanishni, uni istemol qilib tugatishni bildiradi. Bunda unumli va shaxsiy istemol farqlanadi.
Unumli istemol bevosita ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bolib, ishlab chiqarish vositalari va inson ishchi kuchining istemol qilinishini, yani ulardan foydalanish jarayonini anglatadi.
Shaxsiy istemol ishlab chiqarish sohasidan tashqarida roy berib, bunda istemol buyumlaridan bevosita foydalaniladi, yani ular toliq istemol qilinadi.
Istemol jarayonida turli xil moddiy va manaviy nematlardan foydalaniladi. Istemol qilinadigan nemat turiga bogliq ravishda moddiy nematlarni va xizmatlarni istemol qilish ajratiladi.
Individual yoki jamoa bulib istemol qilish farqlanadi. Alohida oila yoki jamiyat azolarining ixtiyorida bolgan moddiy nematlarni istemol qilish individual istemolga kiradi. Jamiyat azolarining guruhlari moddiy nemat va xizmatlardan foydalanishi jamoa bolib istemol qilishga kiradi.
Istemol fondi mablaglaridan butun iqtisodiyot doirasida band bolgan xodimlarning moddiy va madaniy ehtiyojlarini, shu jumladan boshqarish va mudofaa ehtiyojlarini qondirish uchun foydalaniladi. U butun aholining shaxsiy istemolini, aholiga ijtimoiy xizmat qiladigan muassasalardagi, shuningdek, ilmiy muassasalar boshqarishdagi moddiy sarflarni oz ichiga oladi.
Istemol fondining shaxsiy daromad shaklida xodimlar qoliga kelib tushadigan qismi istemolchilik sarflari maqsadida ishlatiladi.
Istemolchilik sarflari bu aholi joriy daromadlarining tirikchilik nematlari va xizmatlari uchun ishlatiladigan qismi.
Jamgarma bu aholi, korxona (firma) va davlat joriy daromadlarining kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish va foizli daromad olish maqsadlarida toplanib borilishi.
Uning hajmi uy xojaliklari daromadidan istemolchilik sarflarini ayirib tashlash yoli bilan aniqlanadi.
Daromad fondida istemolchilik sarflari ulushi qanchalik yuqori bolsa, jamgarma hajmi shunchalik kam boladi. Jamgarmaning osishi esa iqtisodiy manoda mablaglarning istemol buyumlari xarid qilishdan investitsion tovarlarga yonaltirilishini bildiradi.
Shu sabali daromadda istemolchilik sarflari va jamgarma nisbatining ozgarishi bir qator, bazan qarama-qarshi oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Birinchidan, daromadlarning qandaydir qismini jamgarmaga qoyish oqibatida u tovarlarda bolgan talabda oz aksini topmaydi. Mahsulotning har qanday hajmini ishlab chiqarishdan olingan daromad toliq sarflangandagina jami talabni taminlash uchun etarli boladi. Demak jamgarma daromadlar-xarajatlar oqimida nomutanosiblik bolishiga olib keladi.
Jamgarma daromadlardan mablaglarni olib qoyishni bildirib istemolchilik sarflar barcha ishlab chiqarilgan mahsulotni sotib olish uchun etarli bolmay qolishini bildiradi. Agar aholi oz daromadining qandaydir qismini jamgarsa, ozining xususiy talabini vujudga keltirmaydi. Buning natijasi sotilmay qolgan tovarlarning kopayishi ishlab chiqarishning qiskarishi, ishsizlik va daromadlarning pasayishi bolishi mumkin.
Boshqa tomondan jamgarma talabning etishmasligiga olib kelmasligi ham mumkin, chunki jamgarilgan mablaglar tadbirkorlar tomonidan investitsion maqsadlarda ishlatiladi. Bu istemolchilik sarflarining har qanday etishmasligini qoplaydi va jamgarma keltirib chiqaradigan istemoldagi har qanday etishmaslikni toldiradi. Uchinchidan, korxonalar ham ozining barcha mahsulotlarini istemolchilarga sotishni kuzda tutmaydi, balki uning bir qismidan ishlab chiqarish vositalari shaklida foydalanishi mumkin. Shunday qilib, agar tadbirkorlar aholining jamgarmalariga teng miqdordagi mablaglarni investitsiyalarga qoyishni kuzda tutsa, ishlab chiqarish darajasi doimiy bolib qoladi.
Istemol va jamgarma darajasini aniqlab beruvchi asosiy omil milliy daromad hisoblanadi. Lekin milliy daromad tarkibida togri soliqlar ham mavjud boladi. Shu sababli soliqlar tolangandan keyin aholi qolida qoladigan daromad istemolchilik sarflari va shaxsiy jamgarma yigindisiga teng boladi. Istemol va shaxsiy jamgarmaning darajasi bevosita soliqlar tolangandan keyingi qolgan daromad bilan aniqlanadi. Demak bu daromad istemolning ham, jamgarmaning ham umumiy omili hisoblanadi. Chunki jamgarma daromadning istemol qilinmaydigan qismi hisoblansa, soliqlar tolangandan keyingi daromad shaxsiy jamgarmani aniqlab beradigan asosiy omil bolib chiqadi.
Jamgarishning mohiyati, omillari va samaradorligi.
Jamgarish iqtisodiyotdagi yalpi sarflarning tarkibiy omillaridan biri hisoblanib, investitsion xarakterdagi tovarlarga talab darajasini belgilab beradi. Investitsiyalar jamgarishning amalda namoyon bolish shakli bolganligi sababli dastlab taxlilni jamgarshning mohiyati, omillari va samaradorligini nazariy jihatdan asoslash bilan boshlaymiz.
Jamgarish deb, milliy daromadning bir qismi asosiy va aylanma kapitallarni, shuningdek, ehtiyot zaxiralarini kopaytirish uchun sarflanishiga aytiladi.
Amalda jamgarish kapital mablaglar yoki investitsion sarmoyalar shaklida yuzaga chiqib, u yangi asosiy kapitalni hosil qilish, ishlab turganlarini kengaytirish, rekonstruktsiyalash va yangilashga qilinadigan xarajatlarni ifodalaydi. «Jamgarish» va «kapital mablag» yoki «investitsion sarflar» tushunchalari bir xil mazmunga ega emas. Bir tomondan, kapital mablag yoki investitsiyalarning chegaralari jamgarish fondiga qaraganda kengroq, chunki renovatsiyaga (yani eskirgan obektlarni batamom almashtirishga) sarflanadigan amortizatsiya fondining bir qismi ham ularning manbai bolib xizmat qiladi. Ikkinchi tomondan, «jamgarish» tushunchasi investitsion sarflar doirasidan chiqib ketadi, chunki u faqat asosiy kapitalning emas, balki aylanma kapitalning, shuningdek ehtiyot zaxiralarining kengayishini ham anglatadi.
Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish maqsadidagi jamgarish bir-biridan farqlanadi. Jamgarilgan mablaglarning moddiy ishlab chiqarish sohasining asosiy kapitallarini va aylanma mablaglarini kengaytirishga ketadigan qismi, ishlab chiqarish sohasidagi jamgarish fondini hosil qiladi. Ishlab chiqarish sohasidagi jamgarish iqtisodiy osishning muhim omilidir.
Ijtimoiy madaniy sohadagi jamgarish (noishlab chiqarish jamgarishi) uy-joy fondini, kasalxonalar, uquv muassasalari, madaniyat, sogliqni saqlash, sport muassasalari, yani nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlarini kengaytirish, rekonstruktsiyalash, yangilashga sarflanadi. Noishlab chiqarish sohasini kengaytirish ham ishlab chiqarishni rivojlantirishning zarur shartidir.
Jamgarish fondi, uning hajmi va tarkibi takror ishlab chiqarish suratlarini belgilab beradigan hal qiluvchi omillardir. Jamgarish normasi bevosita jamgarish fondining butun milliy daromad hajmiga nisbati bilan aniqlanadi:
JN q ( JF G MD ) x 100
Bunda, JN-jamgarish normasi, JF-jamgarish fondi, MD-milliy daromad.
Jamgarish normasining ham oz chegarasi bolib, uni oshirish iqtisodiy jihatdan samarsiz bolib chiqishi va salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Masalan, uning haddan tashqari ortishi natijasida investitsion sarflar samaradorligi pasayib ketishi mumkin, chunki mablaglar hajmi bilan qurilish tashkilotlarining quvvatlari, materiallar va uskunalar etkazib berish imkoniyatlari, infratuzilmaning rivojoanishi ortasida nomutanosiblik paydo boladi. Mablaglarning sochilib ketishi, obektlarni barpo etish muddatlarining chozilib ketish xavfi oshadi, oqibatda ular qimmatlashadi, barpo etish jarayonidayoq manaviy jihatdan eskiradi, tugallanmagan qurilishlar kopayadi. Oqibatda, iqtisodiy osish pasayib ketish tamoyiligi ega boladi.
Shunday qilib, jamgarish fondi iqtisodiy osish suratlari va sifatiga faqat ozining miqdori bilangina hal qiluvchi tasir korsatib qolmaydi. Fan-texnika revolyutsiyasi sharoitida ulardan foydalanish samaradorligi birinchi oringa chiqadi.
Jamgarish flndi milliy daromadning bir qismini tashkil etadi va shu sababli milliy daromad hajmi kopayishini belgilaydigan omillar, jamgarish miqdorini ham belgilab beradi. Bu omillardan asosiysi qollaniladigan resurslar massasi va ularning unumdorligidir. Jamgarish miqdori ishlab chiqarish jarayonida xom-ashyo, materiallar, energiyani tejab-tergab sarflashga ham bogliq. Mahsulot birligiga ularni sarflashni kamaytirish moddiy vositalarning osha miqdorida mahsulotlarni kamroq hajmda ishlab chiqarishga imkon beradi.
Jamgarishning miqdori milliy daromaddagi jamgarish va istemol fondlari ortasidagi nisbati ham bogliq boladi.
Investitsiyalar va uning darajasini belgilovchi omillar.
Investitsiyalar sarflarining ikkinchi tarkibiy qismi hisoblanadi. Investitsiyalar darajasi jamiyat milliy daromadi hajmiga sezilarli tasir korsatadi; milliy iqtisodiyotdagi koplab mutanosibliklar uning osish suratiga bogliq boladi. Investitsiyalar mamlakat miqyosida kengaytirilgan takror ishlab chiqarish obektlari qurish, stanok, uskuna va shu kabi uzoq muddatli foydalaniladigan asosiy kapitallarni sotib olish, ishga tushirish bilan bogliq sarflarni bildiradi.
Investitsiyalar asosiy va aylanma kapitalni kopaytirishga, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga pul shaklidagi qoyilmadir. U pul mablaglari, bank kreditlari, aktsiya va boshqa qimmatli qogozlar korinishida amalga oshiriladi.
Investitsiyalarni ruyobga chiqarish boyicha amaliy harakatlar investitsion faoliyat, investitsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs investor deyiladi.
Investitsiya faoliyati qoyidagi manbalar hisobiga amalga oshirilishi mumkin:
investorlarning oz moliyaviy resurslari (foyda, amortizatsiya ajratmalari, pul jamgarmalari va h.k);
qarz olingan moliyaviy mablaglar (obligatsiya zayomlari, bank kreditlari);
jalb qilingan moliyaviy mablaglar (aktsiyalarni sotishdan olingan mablaglar, jismoniy va huquqiy shaxslarning pay va boshqa tolovlari);
byudjetdan investitsiyalarni moliyalashtirish.
1998 yil Ozbekistonda investitsion qoyilmalarning 49,2 %ni korxonalarning oz moliyaviy mablaglari hisobiga, 24,2 %ni byudjet mablaglari hisobiga amalga oshirilgan.
Respublikada investitsiyalarning moliyalashtirish
manbalari boyicha tuzilishi (% hisobida).
Do'stlaringiz bilan baham: |