O’zbekiston Respublikasi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi Qonunida tovarga qanday ta’rif berilgan?
tovar - ishlab chiqaruvchi faoliyatining iste’molchiga shartnoma bo’yicha sotish uchun mo’ljallangan mahsuli, shu jumladan import mahsuloti.
|
O’zbekiston Respublikasi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi Qonunida normativ hujjatlarga qanday ta’rif berilgan?
|
normativ hujjatlar - standartlar, ularga tenglashtirilgan boshqa hujjatlar (qurilish normalari va qoidalari, dori-darmonlar xususidagi davlat farmokopeyasi hamda muvaqqat farmokopeya qoidalari va boshqalar), texnik shartlar, texnik tavsiflar, retseptura va tovar (ish, xizmat) sifatiga va xavfsizligiga nisbatan belgilangan talablarni o’z ichiga oluvchi boshqa hujjatlar
|
O’zbekiston Respublikasi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi Qonunida tovar (ish, xizmat)ning xavfsizligiga qanday ta’rif berilgan?
|
tovar (ish, xizmat)ning xavfsizligi - tovarni iste’mol qilish, undan foydalanish, uni saqlash, tashish yoki utilizatsiya qilishning, shuningdek ish yoki xizmat natijalaridan foydalanishning odatdagi sharoitlarida iste’molchining hayoti, sog’lig’i yoki mol-mulkiga zarar yetkazilishi ehtimoli bilan bog’liq xavf-xatarning yo’qligi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |