Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


-bob. Mexanizmlar va yuk ko‘tarish mashinalarini qo‘llab bajariladigan ishlar



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/76
Sana10.07.2022
Hajmi1,39 Mb.
#770485
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   76
Bog'liq
PTE kitobi

9-bob. Mexanizmlar va yuk ko‘tarish mashinalarini qo‘llab bajariladigan ishlar
139. OTQ hududi bo‘ylab va HL ostidan o‘tayotganda, yuk ko‘tarish mashinalari va mexanizmlarning yuk
ko‘taruvchi va surilma qismlari transport holatida bo‘lishi lozim.
Yuk ko‘tarish mashinalarining ish joyi doirasida teleskopi ko‘tarilgan, ammo surib chiqarilmagan holda yoki
strelasi yoxud boshqa ishchi qismi ko‘tarilmagan holda, ko‘tariladigan yoki surib chiqariladigan qismda yuksiz va
odamlarsiz tekis joyda yurishiga ruxsat etiladi, agar bunday yurish zavod yo‘riqnomasida ruxsat etilgan bo‘lsa.
OTQ hududi bo‘ylab va HLning muxofaza zonasida yuk ko‘tarish mashinalari va mexanizmlarni mazkur
Qoidalarga 10-ilovaning 
141-bandida 
ko‘rsatilgan shaxslarning yoki ma’muriy-texnik xodimlar jumlasidan bo‘lgan
elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida V guruhga ega bo‘lgan shaxsning bevosita nazorati ostida, OTQ hududi bo‘ylab
esa kamida IV guruhga ega bo‘lgan tezkor xodimning nazorati ostida harakatlanishiga ruxsat beriladi.
OTQ hududi bo‘ylab harakat tezligi mahalliy yo‘riqnoma bo‘yicha aniqlanadi, ammo 10 km/soatdan
oshmasligi kerak.
HL ostida yuk ko‘tarish mashinalari va mexanizmlari simlarning eng kam osilgan joyidan (tayanchlar
yaqinidan) o‘tishlari lozim.
140. Yuk ko‘tarish mashinalari va mexanizmlari yurayotganda ularning ko‘tariladigan va surilma
qismlaridan, stroplardan, yuk iladigan moslamalardan, yuklardan tok o‘tkazuvchi qismlargacha bo‘lgan masofa
mazkur Qoidalarga 
7-ilovaning 
1-jadvali 3-ustunida ko‘rsatilgandan kam bo‘lmasligi, ushbu mexanizmlarda
ishlashda esa qo‘tariladigan va surilma qismlarda turib ishlayotgan odamgacha bo‘lgan masofa ham 1 jadvalning
3-ustunida ko‘rsatilgandan kam bo‘lmasligi shart.
Yuk ko‘tarish mashinalari va mexanizmlarining ishlash jarayonida strelani, teleskop minorasini yoki surilma
narvonni tok o‘tkazuvchi qismlargacha bo‘lgan masofa mazkur Qoidalarga 
7-ilovaning 
1-jadvali 3-ustunida
ko‘rsatilganidan kam bo‘lgan balandlikka va burchakka ko‘tarish va burish man etiladi. Yuk ko‘taruvchi mashina
strelasining, yoki boshqa surilma. yoki ko‘tariladigan qismining gorizontal tekislikdagi eng ko‘p mumkin bo‘lgan
burilish burchagi zarur holatlarda, qizil bayroqchalar yoki fonarlar o‘rnatilgan tayoqchalar yordamida belgilab
qo‘yilishi lozim.
141. OTQda va HLning muhofaza zonasida strelali kranlar ishlatilganda, yuklarni kranlar bilan xavfsiz
ko‘chirilishi uchun javobgar shaxs kran strelasi ishchi holatiga keltirilishidan oldin kran o‘zi tarafidan ko‘rsatilgan
joyga to‘g‘ri o‘rnatilganini tekshirib, so‘ng kranni ishlatishga ruxsat berishi shart. Kranlar bilan yuklarning xavfsiz
ko‘chirilishi uchun javobgar shaxslarni tayinlash tartibi, ularning vazifalari hamda elektr xavfsizligi bo‘yicha texnik
tadbirlar (kranni yerga ulash, tashqariga chiquvchi tayanchlarni o‘rnatish va boshqalar) tegishli normativ-texnik
hujjatlarda belgilab berilgan.
Yuklarning kranlar bilan xavfsiz ko‘chirilishi uchun javobgar shaxs tayinlangani haqida naryadning “Alohida
ko‘rsatmalar” satrida yozib qo‘yiladi. Bunday shaxs sifatida naryad beruvchi, javobgar rahbar yoki O‘zbekiston
Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda — Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi)
hududiy inspeksiyasi bilan kelishilgan holda, elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida IV guruhga ega bo‘lgan ish
bajaruvchi belgilanishi mumkin.
142. Strelali yuk ko‘tarish kranlarida turib ishlash va ularni bevosita 0,4 — 35 kV kuchlanish ostidagi HL
simlari ostida o‘rnatish man etiladi.
143. Yuk ko‘tarish mashinalari va mexanizmlarining haydovchilari hamda ilgaklarga yuk iluvchilar
(tushiruvchilar) OTQ va HL ostida ishlashi uchun ishga ijozat berishdan oldin ular harakatlanish va ushbu
qurilmalarda ishlash tartibi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq olishlari kerak.
144. Yuk ko‘tarish mashinalari va mexanizmlarining haydovchilari elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida II
guruhga, ilgaklarga yuk iluvchilar esa I guruhga ega bo‘lishlari kerak.
145. Yuk ko‘tarish mashinalari va mexanizmlari OTQda va HLni qo‘riqlash zonasi doirasida kuchlanish
olinmasdan bajariladigan barcha ishlarda yerga ulanadi. Yerga ulovchi simlarning ko‘ndalang kesimi ushbu
elektr qurilmasi uchun qabul qilingandan kam bo‘lmasligi shart. Gusenitsali yuk ko‘tarish mashinasi bevosita yer
ustida turganida uni yerga ulanishi talab etilmaydi.
146. Agar tok o‘tkazuvchi qismlarga tegish yoki elektr razryadi hosil bo‘lishi oqibatida yuk ko‘taruvchi kran
yoki mexanizm kuchlanish ostiga tushib qolsa, kuchlanish to‘la olinishiga qadar unga tegish, undan yerga
tushish yoki unga ko‘tarilish taqiqlanadi.


Yuk ko‘tarish mashinasi yoki mexanizm yongan taqdirda, haydovchi uni qo‘li bilan ushlamasdan, baravariga
ikki oyog‘i bilan yerga sakrab tushishi va bir oyoqda sakrab yoki oyoq kafti uzunligidan oshmagan mayda qadam
bilan yurib, undan eng kamida 8 metr masofaga uzoqlashishi zarur.
147. Yuk ko‘tarish mashinalari va mexanizmlari yordamida ish bajarilganda, ko‘tarilayotgan yuk,
tortilayotgan sim, tortuvchi tros va tortkich, teleskopik minora kajavasi ostida, shuningdek, tortilayotgan
tomondan tayanchlar va tirgovichlarga bevosita yaqin joylarda odamlarning turishi taqiqlanadi.
148. Teleskopik minoradan (gidroko‘targichdan) turib ishlaganda, mashina haydovchisi bilan teleskopik
minora kajavasidagi brigada a’zosi bir-birini ko‘rib turishi zarur. Bunday aloqa bo‘lmaganda, teleskopik minora
yaqinida kajavani yuqoriga ko‘tarish yoki pastga tushirish to‘g‘risidagi buyruqni haydovchiga yetkazib turuvchi
uchinchi brigada a’zosi qo‘yilishi shart.
149. Har doim ish boshlashdan oldin ish bajaruvchi yuk ko‘taruvchi mashinalar, mexanizmlar va yordamchi
yuk iladigan moslamalarning sozligiga ishonch hosil qilishi kerak.
Tashqariga chiqarib o‘rnatiladigan tayanchlar bilan jihozlangan yuk ko‘tarish mashinalari va mexanizmlari
ish jarayonida o‘rnatilishi shart.
Teleskopik minora va gidroko‘targichlar yordamida ishlarni bajarishdan oldin ularning surilma va
ko‘tariladigan qismlari amalda tekshirib ko‘rilishi, teleskopik minoralarda esa bundan tashqari ko‘taruvchi qismi
tik holatga keltirilib, shu holatda mahkamlab qo‘yilishi shart. Teleskopik minoradan (gidroko‘targichdan) turib
ishlashda, kajava polida turish va himoya kamarining arqoni bilan kajavaga bog‘langan holda turish zarur.
Kajavadan (osma belanachakdan) tayanchga yoki uskunaga o‘tish va qayta orqaga o‘tish faqat ish
bajaruvchining ruxsati bilan amalga oshirilishiga ruxsat etiladi.
150. Burchak tayanchlardagi izolyatorlarni va simlarni almashtirish hamda armaturalarni ta’mirlash bilan
bog‘liq bo‘lgan ishlarni bajarishda teleskopik minorani (gidroko‘targichni) simlardan hosil bo‘lgan burchak ichiga
o‘rnatish man etiladi.
151. Yuk ko‘tarish mashinasi yordamida yuklarni ko‘tarish uchun mo‘ljallangan arqon yoki trosning xavfli
masofaga (yuksiz) chayqalishini keltirib chiqaradigan shamol esganda ishlarni bajarish taqiqlanadi.

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish