Iqtisodiy kutish - Iste'molchilarning xarajatlariga asosan kelgusida kutilayotgan o`zgarishlarni taxmin qilish(kutish) ta'sir qiladi. Shu nuqtai nazardan dolzarb ahamiyatga ega bo'lgan uchta asosiy omil inflyatsiya, ishsizlik va daromadni kutishdir. Agar odamlar inflyatsiya yaqin kelajakda sodir bo'lishi mumkin deb taxmin qilsalar, ular uzoq vaqt xizmat qiladigan tovarlarni sotib olishadi, ularning narxi bir muncha vaqt o'tgach ko'tarilishi mumkin. Agar odamlar deflyatsiya sodir bo'lishini kutishsa, ular sotib olishdan oldin narx tushishini kutishadi. Bundan tashqari, agar oziq-ovqat mahsulotlari narxi kelajakda ko'tarilishi kutilsa, odamlar shu va shu kabi tovarlarni odatdagidan ko'proq sotib olishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |