1.3 - chizma, Iste`mol grafigi
Chizmadan ko’rinib turibdiki, odamlar joriy yilda hech qanday daromadga ega bo’lishmasa ham, iste’mol qilishdan butunlay to’xtamaydilar, balki ular o’zlarining o’tgan yillardagi jamg’armalari yoki qarz hisobiga yashashadi. Ixtiyordagi daromad va haqiqiy iste’mol o’rtasidagi algebraik bog’liqlikni C = a + b*Yd ko’rinishidagi chiziqli tenglama ifodalaydi. Bunda a – ixtiyoridagi daromaddan qat’iy nazar avtonom iste’mol, b – chiziqning og’ishi. Chiziqning og’ishi iste’mol hajmini o’zgarishi (vertikal o’zgarish) va ixtiyordagi daromad miqdorini o’zgarishi (gorizontal o’zgarishi) nisbatlari sifatida aniqlanadi.
Berilgan ma`lumotlardan foydalanib endi jamg`arma funksiyasini chizamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |