Issn 2181-9580 toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali



Download 7,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/147
Sana14.04.2022
Hajmi7,25 Mb.
#549576
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   147
Bog'liq
5-сон

Ключевые слова:
грамотность чтения, текст, компетенция, жизненные навыки, 
оценивание, задание. 
 
APPROACHES TO ASSESSING READING SKILLS AND THEIR IMPORTANCE IN 
TEACHING THE NATIVE LANGUAGE 
 
Yuldasheva Sh. Sh. – Nukus State Pedagogical Institute, candidate on pedagogics, 
docent.
 
 
Annotation.
The article describes the peculiarities of assessing learner achievements in 
acquiring the mother tongue, which is considered one of the most essential in education 
process. There written about PISA tasks, their aims, their peculiarity in coming to everyday 
life cases, and assessment criteria in the presented work.
 
Keywords:
reading skill, text, competence, life skills, assessment, task 
So‘nggi paytlarda pedagogik adabiyotlarda “strategiya”, “taʼlim strategiyasi” va 
“pedagogik strategiya” tushunchalari tez-tez qo‘llanmoqda. Tadqiqotchilar ushbu 
tushunchalardan o‘quv jarayonlarining rivojlanishini tavsiflash uchun foydalanadilar. 
Strategiya so‘zi yunon tilidan tarjima qilinganda, “qo‘shinni boshlab boraman”, “qo‘shin 
qo‘mondoni” degan maʼnolarni anglatadi va o‘zbek tilida ko‘p maʼnoli so‘z sanalib, harbiy 
atama sifatida urush olib borish sanʼati; urush va harbiy operatsiyalar o‘tkazishning umumiy 
rejasi; urush olib borish haqidagi fan maʼnolarida, shuningdek, ko‘chma maʼnoda ijtimoiy-
siyosiy kurashga rahbarlik qilish sanʼati, shuningdek, umuman, boshqaruvni to‘g‘ri va 
istiqbolli rejalashtirish sanʼati maʼnosi mavjud
1
. Baʼzi manbalarda ushbu tushuncha har 
qanday faoliyatni uzoq muddatli rejalashtirish bilan bog‘liq, deb ko‘rsatiladi. Xususan, 
“Xorijiy so‘zlarning zamonaviy lug‘ati”da /strategiya/ tanlangan mezonlar (ko‘rsatkichlar) va 
resurslarni samarali taqsimlash asosida boshqaruv maqsadlariga erishish uchun zarur 
bo‘lgan harakatlarning istiqbolli modeli sifatida belgilangan
2
. V. Ignatovaning fikrlariga ko‘ra, 
pedagogik strategiya – bu vaqt o‘tishi bilan amalga oshiriladigan, muayyan natijaga 
1
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 3-жилд. –Тошкент, Ўзбекистон Миллий энциклопедияси Давлат илмий нашриёти. 2007. 573 
б. 
2
Современный словарь иностранных слов: Ок. 20 000 слов [Текст]: 2-е изд. стер. -М.: Рус. яз., 1999. - 742 с. 
24


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5 
erishishga qaratilgan tegishli harakatlar majmuasini aks ettiruvchi jarayondir
1

Keltirilganlardan maʼlum bo‘ladiki, “strategiya” tushunchasi nafaqat harbiy faoliyatni, balki 
uning boshqa turlarini ham qamrab oladi. Qoida tariqasida, strategiya uzoq maqsad va unga 
erishish vositalarini ajratib turadigan faoliyat sifatida belgilanadi va strategiyaning maqsadi 
tahlil qilish, modellashtirish, loyihalash, qarama-qarshiliklarni yechish, eng maqbul 
yechimlarni topish va uzoqni ko‘rish qobiliyati orqali uzoq kelajakni ko‘rishdir. Shuningdek, 
kelajakni shakllantirishning strategik taʼsirini va strategik boshqaruvini amalga oshirishda 
subyektning ishtirokini taʼminlashdir. 
Strategiya atamasi til taʼlimida ham o‘ziga xos qo‘llanishga ega bo‘lib, kelajakda tillarni 
o‘qitishni tashkil etish imidji sifatida qaralmoqda. Til taʼlimidagi strategiya, yaʼni uzoqni 
ko‘zlash taʼlimning maqsadlari, texnologiyalari, shakllari va usullari, taʼlim tizimining barcha 
darajalarida til o‘qitishni rivojlantirish istiqbollarini belgilaydi. “Qoidaga ko‘ra, kamida 5 yil 
uchun strategik qarashni ishlab chiqish kerak”
2

Strategiyani uzoq vaqtni o‘z ichiga oladigan va uzoq muddatli maqsadlarni, ularga 
erishish bosqichlarini, amalga oshirish mavzularini, tashkiliy va pedagogik sharoitlarni o‘z 
ichiga olgan faoliyat rejasi sifatida ko‘rish mumkin. O‘zbekistonlik olimlar 
taʼkidlashayotganidek, strategiya – muayyan ketma-ketlikda tuzilgan metodlar majmuasi 
bo‘lib, muayyan yo‘nalish belgilariga erishishga olib keladi
3
.
Ona tilini o‘qitishda ham xalqaro tadqiqotlarga tayangan holda strategiyalar belgilab 
olish taqozo qilinadi. 
Strategiyaning quyidagi tarkibiy qismlarini ajratish mumkin: 1) ona tili fani hozirgi holati 
va rivojlanish tendensiyasini tahlil qilish; 2) ona tilini o‘qitish sohasidagi taʼlim siyosatining 
maqsadlari, vazifalari va mazmunini ishlab chiqish; 3) ona tili taʼlimini rivojlantirish bo‘yicha 
strategik qarashlarni shakllantirish; 4) ona tili taʼlimini rivojlantirish konsepsiyasini yaratish; 
5) kerakli natijalarga erishishga qaratilgan chora-tadbirlar kompleksini batafsil ishlab chiqish 
kabilar. 
Strategiyalarni amalga oshirishda o‘qituvchining o‘rni, o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash, 
axborotni mustaqil izlash, tahlil qilish malakalari va kompetensiyalarining rivojlanishiga 
alohida urg‘u berishni hisobga olish, zamonaviy innovatsion iqtisodiyot talablariga javob 
beradigan umumtaʼlim dasturlari va yangi davlat taʼlim standartlarini joriy etish, 
o‘quvchilarning ona tili fanidan bilim darajasini baholashda taʼlim sifatini baholash bo‘yicha 
xalqaro PISA, PIRLS va boshqa dasturlarga tayanish nazarda tutilishi zarur. 
PISA dasturiga ko‘ra har 3 yilda o‘quvchilarning bilimini baholash maqsadida sinovlar 
o‘tkaziladi. Hozirgacha jami 7 marta (2000, 2003, 2006, 2009, 2012, 2015 va 2018-yillar) PISA 
dasturi doirasida testlar o‘tkazilgan. Mamlakatimiz ham 2021-yildan bu dasturga qo‘shilishga 
tayyorgarlik ko‘rmoqda. 
PISA dasturida ishtirok etishdan maqsad o‘quvchilarimizda XXI asr kompetensiyalarini 
shakllantirish, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash uchun mustahkam zamin yaratishdir. 
1
Шушерина, О.А., Игнатова, В.В., Субоч, Г.А. и др. Профессионально-культурное становление студента в образовательном 
процессе вуза: [Текст] / О.А. Шушерина, В.В. Игнатова, Г.А. Субоч: Монография. - Красноярск: СибГТУ, 2010. - 296 с. 
2
Чилингарян М. В. Стратегия формирования региональной языковой образовательной политики. Интернет-журнал 
«Наукаведение» выпуск 4 (23), июль-август, 2014. /http://naukavedenie.ru 
3
Акрамова Г.Р. Умумий ўрта таълим жараёнида ўқувчилар танкидий тафаккурини «Тўхтаб ўқиш» стратегияси орқали 
ривожлантириш. Замонавий таълим / Современное образование 2017. 5. 69-74 
25


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5 
Lekin mazkur dastur mohiyati, PISA topshiriqlarining maqsadi to‘g‘ri anglanyaptimi? Bu 
savolga ijobiy javob berishga hali ertaroq, nazarimizda.
Mamlakatimizda 2018-2019-o‘quv yiliga tayyorgarlik davrida fan o‘qituvchilari ilk 
marotaba kompetensiyaviy yondashuvga muvofiq keluvchi o‘quvchilarning taʼlimiy 
yutuqlarini baholashning xalqaro dasturlari bilan tanishdilar va ana shu dasturlarga muvofiq 
keluvchi topshiriqlarni, testlarni yaratish muammosiga duch keldilar. Taʼlimiy saytlarda, 
telegram kanallarida fan o‘qituvchilari tomonidan tuzilgan PISA testlari namunalari bilan 
almashish kompaniyasi avj oldi. Dastlabki PISA testi sifatida taqdim qilingan topshiriqlarni 
tahlil qilish, pedagogik jarayonni kuzatishdan maʼlum bo‘lmoqdaki, aksariyat fan 
o‘qituvchilarida nostandart topshiriqlarni yaratish bo‘yicha ko‘nikma va malaka, o‘quvchilar 
BKMlarini xalqaro dasturlar asosida baholashni amalga oshirish uchun mashg‘ulotlarni 
tashkil qilish mahorati yetarli emas. Jumladan, fan o‘qituvchilari PISA topshiriqlarini juda 
oddiy – muayyan matnga tayanmasdan, bir muqobil javobli yoki ko‘p muqobil javobli, rasmli 
testlar tarzida tayyorlashgan. Xalqaro dasturlarga mos topshiriqlarning o‘quvchilar kundalik 
hayotda duch keladigan muammolarni hal qilishga yo‘naltiruvchi hayotiy yoki to‘qima 
voqealar aks etgan tutash matnlar, shuningdek, rasm, grafika, sxema, jadvallardagi 
maʼlumotlarni tushunishga, zarur axborotni izlash, qiyoslash, baholash, xulosalashga, o‘qish 
orqali o‘rganish, bilimlarini kengaytirish, maʼlumotlarni qo‘llashga, ijtimoiy hayotda faol 
ishtirok etishga daʼvat qilish
1
uchun tuzish zarurligini o‘qituvchilar to‘la anglay olmayaptilar. 
Mutaxassislar taʼkidlashayotganidek, O‘zbekiston taʼlim tizimi ko‘p yillar davomida bolalar 
xotirasini sinashga urg‘u berib kelgan, PISA esa buning butunlay teskarisi: olingan bilimning 
amaliyotda qay darajada qo‘llay olinishini tekshiradi.
2
Bunday yondashuvni o‘zgartirish, yaʼni 
o‘quvchilarning taʼlimiy yutuqlarini PISA tadqiqotlaridagi kabi baholash metodikasini 
o‘qituvchilar faoliyatiga olib kirish taqozo qilinmoqda. Shuning uchun ham qator metodik 
qo‘llanmalar tayyorlanmoqda. Xususan, “Xalqaro tadqiqotlarda o‘quvchilarning o‘qish 
savodxonligini baholash” nomli metodik qo‘llanma nashrdan chiqdi. Mazkur metodik 
qo‘llanma Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (Organisation for economic co-
operation and development – OECD) tomonidan o‘tkaziladigan PISA (Program for 
international student assessment) tadqiqoti doirasida foydalanilgan materiallar asosida 
tuzib chiqilgan. Unda PISA xalqaro tadqiqotining mazmun-mohiyati, o‘qish savodxonligini 
baholash yo‘nalishiga oid asosiy tushunchalarning taʼrifi, topshiriqlar, ularning tavsifi va 
yechish bo‘yicha tavsiyalar keltirilgan. Mazkur adabiyotda PISA dasturi doirasida o‘tgan 
yillarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda foydalanilgan topshiriq namunalari hamda baholash 
mezonlari o‘rin olgan
3

Qo‘llanmada berilgan topshiriqlarni o‘rganib chiqish tufayli, ularning turlari, 
qo‘yiladigan savollar, savollarning nechta javobli (oddiy bitta yoki bir nechta to‘g‘ri javobli), 

Download 7,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish