1
Ковалева Г.С. и др. (1999a) Изучение знаний и умений учащихся в рамках международной программы ПИЗА. Общие подходы.
ИОСО РАО; Ковалева Г.С., Красновский Э.А., Краснокутская Л.П., Краснянская К.А., (2000f) Международная
программа PISA 2000: примеры заданий. ru.b-ok.org›book/793176/a4c3c9;Пентин А.Ю.,Ковалёва Г. Давыдова Е.И., (2018)
Смирнова Е.С. Особенности Международных исследований timss и PISA.chem.msu.su›rus/books/2018/science-education-2018…
2
Ғайбуллаева З.
Ўқувчига ёдлашни эмас, фикрлашни ўргатиш керак» – эксперт PISA синовига тайёргарлик ҳақида.
https://kun.uz/news/2020/03/03/oquvchiga-yodlashni-emas-fikrlashni-orgatish-kerak-ekspert-pisa-sinoviga-tayyorgarlik-haqida
3
Xalqaro tadqiqotlarda o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini baholash. Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari, metodistlar va soha
mutaxassislari uchun metodik qo‘llanma.Tuzuvchilar: Ismailov A., Norboyeva D., Ahmedov N., Manapova D., Uralova M. – T.: Sharq,
2019.
26
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5
qisqa yoki mufassal javobli yopiq savol, shuningdek, mufassal javob berish lozim bo‘lgan
ochiq savol ko‘rinishda bo‘lishi haqida tasavvur paydo bo‘ladi.
Fan o‘qituvchilari topshiriqqa qo‘yiladigan savollar uchun, albatta, javoblar
tayyorlanishi, baholash mezoni ishlab chiqilishini inobatga olishlari zarur.
PISA topshiriqlarini belgilovchi parametrlar mavjud:
1. Matnning qurilishi va funksiyasi.
2. Matn formati.
3. Matn turi.
4. O‘quv mahorati.
5. Savolning maqsadi.
6. Savolnoma shakli.
7. Qiyinlik darajasi.
Matn shakllari quyidagicha bo‘lishi mumkin:
1. Tutash (jumlalar bilan biriktirilgan).
2. Tutash bo‘lmagan (ro‘yxatlar, jadvallar, eʼlonlar, grafiklar, kataloglar, indekslar,
shakllar).
3. Аralash (og‘zaki va og‘zaki bo‘lmagan).
4. Murakkab (bir necha tarkibli matnlar).
Matn turlari quyidagicha bo‘lishi mumkin:
1. Taʼrifiy-tavsifiy (taassurotlar).
2. Hikoya (badiiy va daliliy).
3. Izoh (esse, taʼriflash, tushuntirish, xulosa).
4. Muhokama (tadqiq qilish, ilmiy asoslash).
5. Yo‘riqnoma (qoidalar, retseptlar, qo‘llanmalar).
6. Munozara (muzokara, uchrashuv va b. yozishmalar).
O‘tkazilgan tadqiqotlardagi topshiriqlarni tahlil qilib aytish mumkinki: topshiriqlar,
albatta, nomlanishi kerak
1
. Masalan, “Graffiti” (2009) unda ikkita xat qiyoslanib, savollarga
javob berilishi kerak.
Savollar mazmuni:
Graffiti nima?
Xatlar nima haqida?
Qaysi xat yaxshi yozilgan?
Qaysi xat muallifining fikrini maʼqullaysiz, nima uchun?
Rus tili va adabiyoti o‘qituvchilari tomonidan “Plagiat”, “Transgen mahsulotlar: yeyish
kerakmi yoki yo‘q”, “Uchta o‘g‘irlik”, “Kapitan qizi”ni qanday o‘qish kerak?”, “Oshxona
soatlari”, “Yoshlar haqidagi maqolalar” kabi topshiriqlar taklif qilingan. Ularning strukturasi
quyidagicha:
1. Muallif haqida maʼlumot.
2. Topshiriqning umumiy tavsifi.
3. Manbalar.
1
http://gov.cap.ru/home/13/pisa/pdf/;
https://infourok.ru/zadaniya-na-razvitie-funkcionalnoy-gramotnosti-chteniya-uchaschihsya-
klassov-489605.html; https://sites.google.com
27
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5
4. O‘qituvchiga tavsiyalar.
5. Topshiriq matni.
6. Savollar.
7. Topshiriqqa umumiy sharh va izohlar.
8. Javoblar varaqasi va baholash uchun tavsiyalar.
Xullas, PISA bo‘yicha topshiriqlar tizimi tayyorlanganda, oddiy matnlar ustida ish olib
borilmasligini o‘qituvchi ham, o‘quvchi ham anglab yetishi taqozo qilinadi.
O‘quvchi va talabalarning bilimini, aqliy kamolotlarini nazorat qilish va baholash davlat
miqyosida muhim ahamiyatga egadir. Shu bilan birga nazorat va baholash jarayoni o‘quvchi
shaxsini rivojlantirishga va tarbiyalashga taʼsir ko‘rsatadi. Chunki XX asrda o‘qish, yozishni
bilmaydigan odamni “savodsiz” deyishsa, 21-asrga kelib o‘qib-o‘rganganlarini amalda qo‘llay
olmaydigan odam “savodsiz” deyilmoqda. Bu esa taʼlim tizimini kompetensiyaviy yondashuv
asosida olib borishni taqozo etadi. Joriy yilning 3-dekabrida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot
tashkiloti (OECD) tomonidan PISA-2018 natijalari rasman eʼlon qilindi. Iqtisodiy hamkorlik va
taraqqiyot tashkilotining taʼlim va ko‘nikmalar direksiyasi direktori, PISA dasturining
asoschisi
Аndreas
Shlyaxerning
taʼkidlashicha,
tadqiqotda
qatnashgan
dunyo
o‘quvchilarining aksariyati o‘qish savodxonligi bo‘yicha test savollariga javob berishga
qiynalgan. Shunga qaramay, tahlillar xitoylik o‘quvchilarining o‘qish savodxonligi bo‘yicha
natijalari dunyo bo‘yicha o‘rtacha darajadan yuqoriroq ekanligini namoyon qilmoqda.
O‘quvchilarning har o‘ntadan bir nafarigina topshiriqlar mazmunidagi dalillar bilan fikrlarni
farqlay olish ko‘nikmalariga ega ekanligi maʼlum bo‘lgan. 2018-yilgi tadqiqotlarda 78ta
davlatdan 600 ming nafar o‘quvchi ishtirok etgan bo‘lib, reyting bo‘yicha eng yuqori
o‘rinlarni Xitoy va Singapur mamlakatlari egallagan bo‘lsa, Kosovo, Dominikan Respublikasi
va Filippin mamlakatlari oxirgi qatorlardan joy olgan.
Yuqoridagilardan xulosa qilib aytish mumkinki, savodxonlik masalasining ona tili taʼlimi
istiqboli bilan bog‘liq quyidagi jihatlarni diqqat markaziga qo‘yish taqozo qilinmoqda:
1. O‘zbekiston pedagogikasi tarixida sinalgan, anʼanaviy baholash va xorijiy tajribani
sintezlash va milliy baholash tizimini yaratish uchun tadqiqotlarni kuchaytirish;
2. Maktab o‘quvchilari savodxonligini va bilimlarni amaliyotda qo‘llash qobiliyatini
baholovchi xalqaro dasturlarning imkoniyatlari va O‘zbekiston taʼlim tizimida
foydalanishning maqsadga muvofiqligi nafaqat xalq taʼlimi tizimi doirasida, balki shu tizimni
kadrlar bilan taʼminlovchi pedagogika institutlari ishtirokida keng miqyosdagi
muhokamalarni talab qiladi.
3. Fan o‘qituvchilari xalqaro baholash dasturlariga muvofiq keluvchi topshiriqlarni
yaratishga metodik jihatdan tayyorlanishi va maktab o‘qituvchilari uchun xalqaro baholash
dasturlariga mos topshiriqlarni yaratish uchun metodik yordam beradigan maslahat
markazining tashkil qilinishi maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
4. Qoraqalpog‘istonda taʼlim 5 tilda olib borilishini inobatga olib, 5ta tilda xalqaro
baholash dasturlari bo‘yicha o‘quvchilar taʼlim sifatini baholashga mo‘ljallangan veb-sahifani
ishga tushirish va onlaynolimpiadalar tashkil qilib borish zarur.
5. Umumtaʼlim maktablari o‘quvchilarining funksional savodxonligi xalqaro baholash
dasturlari tajribalariga asoslanib nazorat qilinishi va baholanishi amaliyotga kiritilar ekan,
demak, o‘qitish metodikasi fanlari mazmuni takomillashtirishni kun tartibiga qo‘yish lozim.
28
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5
6. O‘quvchilar yutuqlarini baholash dasturlariga mos topshiriqlarni dars va darsdan
tashqari mashg‘ulotlarda foydalanish metodikasi ishlab chiqilishi zarur.
7. Ona tili va adabiyot o‘qitishda xalqaro baholash dasturlarini tatbiq qilishning
nazariy va amaliy asoslari mahalliy hamda xorijiy manbalar asosida ishlab chiqilib,
monografik tadqiqot yaratilishi maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Аyniqsa o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlar bo‘yicha mutaxassislar
tayyorlovchi pedagogika institutlari, malaka oshirish, qayta tayyorlash hududiy mintaqaviy
va tarmoq markazlarining o‘quv dasturlariga xalqaro tadqiqotlar natijalariga asoslangan
holda o‘zgartirish hamda qo‘shimchalar kiritib borish, funksional savodxonlik mazmun-
mohiyatiga bag‘ishlangan bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertatsiyalarini, o‘quv
loyihalarini tayyorlashga eʼtibor qaratish zarur.
Tabiiyki, ishimizda taʼlim sifatini baholashning xalqaro dasturlari bo‘yicha ona tili
fanidan taʼlimiy yutuqlarni baholash masalalarining bir qismigina tahlilga tortildi. Mavzu
kelgusida yana keng miqyosdagi tadqiqotlarni, jumladan, pedagogik eksperimentlarni
taqozo qiladi. Bu esa juda ko‘p masalalarni oydinlashtirishga xizmat qilishi mumkin.
Taʼlim sifatini baholashga yo‘naltirilgan PISA kabi xalqaro tadqiqotlar O‘zbekiston taʼlim
tizimida ilk marta o‘tkazilayotganligi sababli ularni to‘g‘ri, samarali va obyektiv o‘tkazish
muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |