Annotation.
The methodology of introducing preschool children to the world and
highlights games providing an opportunity to introduce children to the outside world is
analyzed in the article. There are pedagogical and didactic tasks organized by a teacher to
familiarize preschool children with the world.
Key words:
concentric approach, block module, didactic game, aesthetics,
pedocentre, principle, integration.
Atrof-olam turfa xil bo‘lib, bu bolaning oilasi, maktabgacha ta’lim tashkiloti va yashab
turgan o‘lkasidir. Bola hayoti davomida muloqotga kirishadi, turli xil narsa va buyumlar bilan
tanishadi.
Bola atrofdagi voqelik narsa va hodisalar haqida fikrlaydi, tasavvur va tahlil qiladi.
Natijada ularda intellektual rivojlanish ro‘y beradi. Bolaning mantiqiy fikrlashi, nutqini
rivojlantirish uchun uning ruhiyatini atrof-muhitda yuz beradigan voqea-hodisalarning
yaqqol namunalari bilan boyitish lozim. Bolalar nutqini mantiqiy rivojlanishida uning
kuzatuvlari yordam beradi. Bolaning ongini atrof-olam, undagi voqelik va hodisalar
o‘rtasidagi bog‘liqlik hamda yangi tasavvurlar yanada boyitadi. Maktabgacha yoshdagi
bolalar o‘zi yashab turgan qishlog‘i, shahari va hududidagi o‘ziga xos jihatlarini bilishi lozim.
Shundagina, ularda yashab turgan makoniga nisbatan mehr va sadoqat hissi paydo bo‘ladi.
Maktabgacha ta’limning pedagogik jarayonida bolalarni atrof-olam bilan tanishtirishda
o‘qitishning turli usul va shakllaridan foydalaniladi. O‘qitish usullari bu tarbiyachi va
tarbiyalanuvchilarning hamkorlikdagi faoliyati bo‘lib, ta’lim jarayonida bilim, ko‘nikma va
malakalar, hamda kompetensiyalar shakllanadi. Atrof-olam bilan tanishtirishning asosiy
xususiyatlaridan biri, majmuaviy va tizimli yondashishdir.
Maktabgacha ta’lim pedagogikasining asoschisi A.P.Usova atrof-olam bilan tanishtirish
jarayonini uchta blok qismga ajratgan.
1-blok. Tabiat olami – inson va tabiat.
2-blok. Insonlar – inson va uning salomatligi.
3-blok. Predmetlar olami – inson va jamiyat1.
Biz tadqiqotimizda A.P.Usova tomonidan yuqorida keltirilgan atrof-olam bilan
tanishtirish jarayoni tuzilmasini prognostik-diagnostik, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim,
konsentrik yondashuvlarga ustuvorlik berish orqali blok-modul ta’limining natijaviyligiga
asoslandik. O‘rganuvchi tadqiqot asosida 5-7 yoshli bolalarning atrof-olam haqidagi
tasavvurlarini aniq va samarali monitoring qilish maqsadida “Ilk qadam” davlat o‘quv
dasturida berilgan atrof-olamga oid ko‘rsatkichlarni modullarga ajratib oldik
2
. Ushbu
modullar bo‘yicha mashg‘ulot ishlanmalari seriyasini ishlab chiqdik. Maktabgacha yoshdagi
bolalarning bilish faoliyatini rivojlantirishda tarbiyaning turlari (aqliy, axloqiy, jismoniy,
estetik, mehnat, gigiyenik, vatanparvarlik, tolerantlik, ekologik, gender)ga oid didaktik
topshiriqlar va o‘yin faoliyati ahamiyat kasb etadi. Bolaning aqliy tarbiyasi atrof-olam bilan
tanishtirish, elementar matematik tasavvurlar va tushunchalarni shakllantirish, shuningdek,
nutqni rivojlantirish jarayonida va ijodiy faoliyatida amalga oshiriladi.
2
“Ilk qadam” maktabgacha ta’lim muassasasining davlat o‘quv dasturi. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining
2018-yil 7- iyuldagi 4-sonli hay’at yig‘ilishi qarori bilan tasdiqangan.T.: 2018.- 59 b.
198
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5
Bundan tashqari, bolalar tafakkurini rivojlantirishda didaktik o‘yinlarning resursli
ta’minoti muhim rol o‘ynaydi. Ta’limiy o‘yinlar aniq o‘quv topshiriqlaridan iborat bo‘lib,
bolalarning tizimli harakatlarini talab etuvchi tarbiyachi tomonidan maxsus tashkil etiladigan
jarayondir. Didaktik o‘yinlar yakka tartibda va jamoaviy shaklda o‘tkaziladi. Maktabgacha
ta’lim tashkilotida o‘yinlar yosh davlari va bolaning individual xususiyatiga ko‘ra turlicha
tashkil etiladi. Bunda tarbiyachi pedagogdan kasbiy mahorat va kompetensiya talab etiladi.
Chunki bolalarni o‘yin olamiga olib kirish maqsadida ular ham birga o‘ynashlari taqozo
etiladi. Bu holat tarbiyachilarning salomatligi va kasbiy tayyorgarligiga qo‘yiladigan maxsus
talablardan biridir. Didaktik o‘yinlar foydalaniladigan materiallarga ko‘ra quyidagi turlarga
bo‘linadi:
1. Buyumli o‘yinlar.
2. Stol o‘yinlari.
3. So‘z o‘yinlari.
Buyumli o‘yinlar. Bunda turli xil tabiat materiallari va xalq didaktik o‘yinchoqlaridan
foydalaniladi (yaproqlar, urug‘, gullar, mevalar, sabzavotlar), masalan: “Mazasidan top”,
“Ajoyib xaltacha”, “Qaysi daraxtning bargi?”, “Nimaning bolasi?’ va boshqalar. Buyumli
o‘yinlarda bolalar tuzish, tayyorlash, g‘ildiratish, qismlardan butun yasash harakatlarini
bajaradilar.
Natijada bolalar tabiiy materiallarni o‘ziga xos xususiyatlari va sifatlari haqidagi
tasavvurga ega bo‘ladilar. O‘yinlarning muhimligi shundaki, bolalar buyumlarning xususiyati
va belgilari, rang, ko‘lam, shakl va sifatni bevosita ushlash, ko‘rish, hidlash, eshitish asosida
idrok etadilar.
Stol-bosma o‘yinlari atrof-muhit haqidagi tasavvurlarni aniqlashtirishga, bilimlarni
tizimlashtirishga qaratilgan bo‘lib, tafakkur jarayonlari va operatsiyalari (tahlil, sintez,
umumlashtirish, tavsiflash va boshqalar) rivojlanadi. Stol-bosma o‘yinlari bir necha
ko‘rinishga ega bo‘lib, loto, domino, pazl, juft rasmlardan tashkil topadi. Loto o‘yinlari
“O‘simliklar”, “Yil fasllari”, “Idish-tovoqlar” “Xonaki va yovvoyi hayvonlar”, “Kiyimlar”
mavzusida o‘tkaziladi. Loto o‘yinlarida bolalarning narsa va buyumlar, transport turlari,
o‘simliklar, hayvonlar, jonsiz tabiat hodisalari haqidagi bilimlari mustahkamlanadi va lug‘at
boyligi oshadi. Domino o‘yini juftlik tamoyili asosida, o‘yinda navbatdagi yurishda kartochka
rasmlarni tanlash orqali amalga oshiriladi. Bu o‘yinda topqirlik, diqqat, sheriklari yurishini
oldindan ko‘ra olish malakasi va boshqalar rivojlanadi. Bunday o‘yinlar bolalar diqqatini,
xushyorlikni rivojlantirishga, tasavvurlarni va butunlik hamda qismlar nisbatini
aniqlashtirishga yo‘naltirilgandir (masalan: kun va tunni farqlash).
Bu o‘yinlarni o‘tkazish metodikasi bo‘yicha tarbiyachilarga “Master klass”lar tashkil
etildi. Asosan didaktik tarqatmalarni qog‘oz chiqindilari, tabiiy va tashlandiq materiallardan
ekologik xavfsiz tarzda tayyorlash bo‘yicha tavsiyalar berildi. Metodik resurslarni
tayyorlashga o‘rgatish maqsadida Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutida
Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Maktabgacha ta’lim resurlari”
(qo‘g‘irchoqlar, tarqatmalar, mulyajlar, pape-mashi...) nomdagi uslubiy-amaliy laboratoriya
tashkil etildi.
Labirint katta maktabgacha yoshdagi (5-6 yosh) bolalar uchun mo‘ljallagan bo‘lib, unda
fazoda mo‘ljal olishni, harakat natijalarini oldindan ko‘ra olish ko‘nikmalari rivojlantiriladi.
199
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5
Juft rasmlar o‘yinining vazifasi o‘xshash rasmlarni topishdan iborat (masalan: choynak-
piyola, yomg‘ir-zontik, quyosh-ko‘zoynak).
So‘z o‘yinlarida bolalarda o‘zlari bilgan turli xil so‘zlar orqali bilimlar mustahkamlanadi.
So‘z o‘yinlarida diqqat, tezkorlik, bog‘lanishli nutq, topqirlik, ziyraklik rivojlanadi. Masalan:
“Bu qachon bo‘ladi?” o‘yini. Tarbiyachi bolalarga to‘rt xil mazmundagi rasmlar (qish, bahor,
yoz, kuz)ni ko‘rsatadi. Har bir bolaga fasllarga mos rasmlar beriladi (kapalak, yashil barglar,
chang‘i, qulupnay, qorbobo, sariq barglar, sabzavotlar, mevalar, chana va boshqalar).
Tarbiyachi bolalarga syujetli rasmni ko‘rsatadi va qaysi faslga oidligini bolalar topishlari lozim
bo‘ladi. Bolalar qo‘llaridagi rasmlarni ham qaysi faslga tegishli ekanligini aytadilar.
Tarbiyachilarga yuqoridagi o‘yinni o‘zgartirgan holda transformatsiyalashtirishga
o‘rgatish maqsadida yuqoridagi o‘yinning ikkinchi varianti “Tabiat va qarsak” o‘yini joriy
etildi. Tarbiyachi faqat bir faslga tegishli rasmni ko‘rsatadi (masalan, kuz fasli) va bolalarga
kuzda nimalar bo‘lishini eshitishlari bilan qarsak chalishlarini aytadi: issiq, qor yog‘adi,
barglar sarg‘ayadi, yashil maysalar chiqadi, hosil yig‘ib olinadi, odamlar sabzavotlarni
yig‘adilar, kapalak va arilar uchadi, qaldirg‘ochlar issiq o‘lkalarga uchib ketadi, ayiq inida
uxlaydi, bog‘larda barglar to‘kiladi, qarg‘alar uchib keladi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari didaktik o‘yinlarni tashkil etishda quyidagi
pedagogik tamoyillarga amal qilishlari lozim:
1. Bolalarning mavjud bilimlarga tayanish, bevosita idrok qilishga yo‘naltirish.
2. Didaktik topshiriqlarni oddiydan murakkabga munosabatda tayyorlash.
3. Turli xil o‘yin harakatlari va qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish.
4. Iqtidorli bolalar uchun murakkab topshiriqlar berish.
5. O‘yin qoidasini bolalar tomonidan tushunilishiga erishishning ustuvorligi.
Ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlar tegishli rivojlantiruvchi vazifani bajaradi. O‘yin
maqsadi va vazifalar tarbiyachi tomonidan shakllantiriladi va ta’limiy faoliyatda amalga
oshiradi. Bu ishlar tarbiyachining yillik va haftalik ish rejalarida aks etadi. Didaktik vazifa o‘yin
topshiriqlari orqali amalga oshiriladi. Bu vazifa o‘yin harakatlarini aniqlaydi. Bolalar ushbu
harakatlarni o‘yin qoidalariga rioya etgan holda bajaradilar. Tarbiyachi bolalarning
harakatlarini kuzatadi, yo‘naltiradi. Tarbiyachilarga bir qancha o‘yinlarning mazmuni va
o‘tkazilishi tavsiya etildi. Masalan: “Ajoyib xaltacha”, “Nima qaysi uyda yashaydi?”, “Nima
nimadan tayyorlangan?” va boshqalar. Didaktik o‘yinda qoidalar oldindan belgilanadi.
Tarbiyachi o‘yin qoidasi yordamida hamda bilish faoliyati va bolalar xulq-atvoriga ko‘ra
o‘yinni boshqaradi. O‘yinni yakunlash o‘yin tugallanishi bilan o‘tkaziladi. Buning uchun har
bir bolaning yutuqlari, yaxshi o‘zlashtira olmaydigan bolalarning ham muvaffaqiyati
e’tiborga olinadi. Barcha bolalar rag‘batlantiriladi. Didaktik o‘yinda shunday sharoit
yaratiladiki, har bir bola aniq vaziyat yoki aniq bir predmet bilan mustaqil harakat qilish
imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bola shaxsiy tajriba va mustaqil harakat qilishni o‘zlashtiradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni atrof-olam bilan tanishtirishda tarbiyachi tomonidan
quyidagi yo‘nalishlarda didaktik vazifalar amalga oshirilishi lozim:
1. Maktabgacha yoshdagi bolalarga millat va Vatan tarixi, madaniyati va milliy
an’analarini namoyon etadigan ertak, hikoya va rivoyatlarni integratsion o‘quv muhitida
yetkazish;
2. Bolalarning eshitgan hikoya va ertaklari asosida ijodiy rasm chizishi, applikatsiya
tayyorlashi, loy yoki plastilindan buyum yasashiga erishishda tasavvur va ifodalash
200
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5
mustaqilligiga ustuvorlik berish. Shuningdek, bolalar ijodidan ko‘rgazmalar tashkil qilish
orqali ularda o‘zini namoyon qilish kompetensiyasini rivojlantirish.
3. Vatan va uning oila hamda uydan boshlanishini bolalarga tushuntirishda oilaga
tashriflar, mahalla bilan hamkorlik tadbirlari (to‘y, hashar, shanbaliklar...)dan samarali
foydalanish.
4. Sayrni tashkil etish jarayonida sayr joylari va maskanlari rasmlari asosida kichik
suhbat o‘tkazish orqali bolalarga tanlash imkoniyatini berish. Bunda ovoz berishning turli
shakllarini qo‘llash tavsiya etiladi. Masalan, bolalarga qayerga borishni xohlaysan savoli
beriladi, ular esa, qo‘lidagi bayroqchani o‘zi xohlagan rasm yoniga yopishtiradi. Shu tarzda
ko‘p ovoz berilgan joyga sayr uyushtiriladi. Ushbu usul bolalarda huquqiy savodxonlikning ilk
elementlarini shakllantirish imkonini beradi.
5. Bolalarning psixofiziologik sog‘liklarini mustahkamlashda oilalarning ishtirokini
ta’minlash maqsadida “Sportchi oila”, “Sportchi mahalladoshlar” tadbirini har chorakda
o‘tkazish. Bu strategiya oilalarning o‘zaro hamkorligini hamda maktabgacha ta’lim
vazifalarining oilalar tomonidan anglab yetilishiga imkon beradi.
6. Bolalarda qiziquvchanlik, bilim olishga intilish, faollik, mustaqillik va
tashabbuskorlikni rivojlantirish maqsadida “Kichik deputat” texnologiyasini keng joriy etish.
Bu texnologiya bolalarni turli rollarni ijro etishga chorlaydi. Rollar tarbiyachi tomonidan
belgilanadi. Masalan, deputat oldiga “Katta bog‘cha opa (tashkilot rahbari)” kelsa, nimalarni
aytishi mumkin?, tarbiyachi kelsa-chi?, o‘rtog‘ing borib qolsa-chi? kabi rollar va
yo‘naltiruvchi savollar asosida bolalarning ichki kechinmalari, ehtiyojlari, tasavvurlari
kuzatiladi va tahlil qilinadi.
7. Aqliy harakat va bilish jarayonlarini shakllantirish, o‘quv-bilish faoliyatini amalga
oshirishda bolalarni topshiriqlarni bajarishga yo‘naltirish, turli harakatlarni bajarishga
chorlash, o‘zini nazorat qilish, xulq-atvorini boshqarishga imkon berish, xayrixohlik, kattalar
va tengdoshlariga o‘zaro ta’sir ko‘rsatishga intilishini kuchaytirish.
8. Pedomarkaz tamoyili (mustaqillikka undovchi)ni amalga oshirish, ya’ni
mashg‘ulotlarni faqat bolalarning istak va qiziqishlari asosida tashkil etish. O‘quv jarayonida
bolaga o‘z imkoniyatlarini ko‘proq namoyon etishiga sharoit yaratish. Ushbu jarayonda
tarbiyachi bolalar faoliyatini muayyan mavzuga yo‘naltirib turadi. Bunda o‘yin va
suhbatlardan foydalaniladi.
9. Atrof-olam bilan tanishtirish orqali bolalarni maktab ta’limiga motivatsion tayyorlash
(bilimlarni o‘zlashtirishga ichki intilishni uyg‘otish); aqliy tayyorlik (aqliy faoliyat va asosiy
psixik jarayonlarni rivojlantirish); amaliy harakat va faoliyatga tayyorlash; ijtimoiy-shaxsiy
tayyorlik (shaxsiy sifatlarni tarbiyalash, muloqot va odamlar bilan o‘zaro ta’sir, ishchanlik
qobiliyatini o‘stirish).
Atrof-olam bilan tanishtirish jarayoni mujassam va ijodiy mashg‘ulotlar asosida
(bolalarning tarbiyachi bilan erkin faoliyati yoki mustaqil faoliyatida) o‘yin texnologiyalari,
rivojlanish markazlaridagi faoliyat, qiziqishlari asosida ijodiy faoliyat (badiiy ijod va qurish
yasash o‘yinlari), badiiy adabiyot bilan tanishtirish, valeologik ta’lim berish shaklida tashkil
etiladi. Yuqoridagi vazifalar maktabgacha yoshdagi bolalalarda uzoq muddat saqlanib
qoladigan shaxsiy sifatlarni shakllantirishi, ya’ni tarbiyalanganlik, mustaqillik, maqsadga
yo‘nalganlik, o‘z oldiga vazifa qo‘ya olish ko‘nikmasi va unga erishish, bolalarning o‘qishga
201
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5
qiziqishlarini yo‘qotmaslik, bilimlarni nafaqat maktabda, balki doimo o‘zlashtirish lozimligini
anglashiga yordam berishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |