TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2
Hammamizga yaxshi maʼlumki, bolaning layoqatini rivojlantirish, qobiliyatli bolaga
aylantirish va hayotga mos qilib oʻstirish uchun koʻp mehnat qilish kerak.
“Psixo” – “jon”, “ruh”; “logos” – “fan”, yaʼni psixologiya ruh haqidagi fandir. U
kishining ichki ruhiy dunyosini oʻrganuvchi fandir. Psixologiya fani taraqqiyotiga eramizdan
avval yashagan Aristotel asos solgan. Hayot sezgidan boshlanadi. Biz tashqi voqealarni,
hodisalarni, sezgilar orqali qabul qilamiz, faqat sezib qolmay, ularni butun holida idrok
etamiz. Narsa va hodisalar haqida fikr yuritamiz, gapiramiz, bu esa tafakkur va nutq
jarayonlariga bogʻliq. Koʻrgan, bilganlarimizni eslaymiz, bu xotira. Insonda sezgi, diqqat,
idrok, xotira, tasavvur, tafakkur, xayol, nutq, his -tuygʻu va iroda kabi psixik jarayonlar
kechadi. Ana shu jarayonlarning aktivlashishi yoki susayishi psixik holatlar deyiladi. Ularga
quvnoqlik, xursand boʻlish, gʻazablanish, uyalish, nafratlanish, parishonlik va qoʻrqib ketish
kiradi. Insonning (psixik xususiyatlariga) xarakter, qobiliyat va temperament kiradi.
Psixologiya fani yuqorida sanalgan psixik jarayonlarni, psixik holatlar va psixik xususiyatlarni
oʻrgatadi. U quyidagi tarmoqlarni oʻz ichiga oladi.
1. Umumiy psixologiya. 2. Bolalar psixologiyasi (bu kichik yoshdagi, maktab, oʻrtada
katta maktab oʻquvchilari bilan shugʻullanadi). 3. Taʼlim psixologiyasi asarlari. 4. Pedagogika
psixologiyasi. 5. Meditsina psixologiyasi. 6. Kosmos psixologiyasi. 7. Sud psixologiyasi. 8.
Savdo psixologiyasi. 9. Harbiy psixologiya. 10. Maxsus psixologiya. 11. Sport psixologiyasi.
Qiziqishlar va mayllar. Qiziqish deganda, kishining nimagadir eʼtibor berishiga,
qandaydir predmet va hodisalarni bilishga intilishi tushuniladi. Qadaydir faoliyatga intilishi
“mayl” deyiladi. Qiziqish va mayllar kishining emotsional hayoti bilan mahkam bogʻliqdir.
1
Qiziqishlarning mazmuni kishining biror yoʻlni tutganligini, u hayotda oʻz oldiga qoʻygan
maqsadini bildiradi. Qiziqishlar chuqurligi kishining umumiy rivojlanishi va mayl bilan
bogʻliqdir. Qiziqishlar bevosita va bilvosita ham boʻladi. Bevosita oʻzidan oʻzi biror narsa va
hodisalarini bilishga qiziqadi. Bilvosita qiziqish esa maʼlum bir narsaga qiziqqanda, shunga
bogʻliq boʻlgan ikkinchi bir narsaga qiziqishlar tufayli majburiy bir holda yuzaga keladi. Uch-
toʻrt yoshlarda bolalar, odatda, nutqning rivojlanishida katta muvaffaqiyatlarga erishadilar.
Bu davrda bolaning soʻz boyligini asta-sekinlik bilan oshirib borishi, ayni vaqtda uning sezgi
va tasavvurlarini kengaytirish tarbiyachilarning diqqat markazida boʻladi. Toʻrt yoshli bolada
eng oddiy axloq normalari va xarakter xususiyatlari: yaxshilik, itoat qilish, ogʻir-vazminlik,
rostgoʻylik va hokazo ongli ravishda shakllantirish mumkin. Xususiy mulkchilik
psixologiyasidagi koʻrinishda: “bu mening oʻyinchogʻim”, “bermayman”, “tegma”, “ber”,
“men sen bilan oʻynamayman” va hokazolarning oldini olish kerak. 5-6 yoshli bolaga asosiy
axloqiy tushunchalar: yaxshi va yomonni tushuntirish mumkin. Tushuntirish mashq qilish
bilan birga olib borish hamda uni ragʻbatlantirish va jazolash bilan mustahkamlash kerak.
Tarbiyachilar tomonidan taqlid qilish uchun namunalar yaratilgan va foydali axloq
normalarini egallash sabablari taʼminlangan boʻlishi kerak. Bu yoshdagi bolalarni
tarbiyalashdagi qiyinchiliklar, bu oʻjarliklar va kattalar irodasiga besabab qarshiliklar
koʻrsatishi bilan bogʻlangan. Oʻjarliklarining sababi koʻpincha bolalarning atrofidagi katta
kishilar xatti-harakati, gapi bilan ishining bir emasligi, serjahlligi, farzandlariga kerakligicha
eʼtibor bermaslik yoki umuman eʼtiborsizlik bilan bogʻlangan boʻladi. Bu yoshdagi qaysar
1
Андреева Г.А. Социальная психология. – Москва: издательство Мир, 2018. Ср-54.
86
Do'stlaringiz bilan baham: |