TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2
bola diqqatini boshqa narsaga qaratish, chalgʻitish, oʻjarlik koʻrinishlarini ataylab eʼtiborsizlik
kabi usullari bilan yoʻqotiladi.
Soʻz va qarash bilan tanbeh berishdan muvaffaqiyatli foydalaniladi. Maktabgacha
tarbiya yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan maxsus mashgʻulotlar asosiy psixik funksiyalar:
diqqat, kuzatuvchanlik, xotira, tafakkur, nutq kabilarni rivojlantirish mumkin. Bolaning
maktabda oʻqishga tayyorgarligini ana shu usul bilan taʼminlanadi. Maktabgacha yoshdagi
bola koʻproq oʻziga eʼtibor berishingizni xohlaydi. Men buni bolada sinab koʻrganimda,
haqiqatan ham, bunday bolalar oʻzlarini hammadan ustun qoʻyar ekanlar. Tanbeh bersangiz,
siz bilan anchagacha gaplashmay arazlab yurishar ekan. Xuddi shu mavzuni, yaʼni
“Psixologiya” darsligidagi “Maktabgacha yoshdagi bolalar oʻsishining umumiy shart-
sharoitlar”ni koʻrib chiqamiz: 3 yoshli bolalarga toʻgʻri tarbiya berish, taʼsir oʻtkazish, ularning
harakatlarini maqsadga muvofiq yoʻnaltirish orqali ularda mustaqil holda ovqatlanish,
kiyinish, yuvinish, oʻz oʻrnini yigʻishtirish koʻnikmalarini tarkib toptirishga, ayrim topshiriq va
vazifalarini puxta bajarish malakasini shakllantirishga erishish mumkin.
Maktabgacha yosh davrda namoyon boʻladigan tarbiya jarayonidagi ayrim
qiyinchiliklarning tashqi va ichki alomatlari (belgilari) ham psixologik tadqiqotlarda va ilmiy-
psixologik adabiyotlarda koʻp marta taʼkidlangan boʻlib, birinchi navbatda oʻjarlik, qaysarlik,
injiqlik, goʻyo kattalarning bolalar nazarida obroʻsizlanishi va qadrsizlanishi kabi illatlar bilan
bogʻliqdir. Bir qancha ilmiy- psixologik manbalarda aytilishicha, bu yoshdagi bolalarning his-
tuygʻulari va irodasida muhim oʻzgarishlar sodir boʻladi va bularning hammasi boladagi
xudbinlik, oʻziga bino qoʻyish, urishish, qaysarlik, rashk kabilarda aks etadi.
Oʻjarlik, qaysarlik, kattalarga itoatsizlikning paydo boʻlishi bolaning kattalarga
qaramlikdan qutilishiga urinish va kichik maktabgacha yosh davridan maktabgacha davriga
oʻtish mazkur yosh davridagi oʻzgarishlar, “men oʻzim” ni anglashi mahsulida namoyon
boʻladi. Yosh davridagi bolalarning kattalar bilan munosabatga kirishuvining eng muhim
xususiyatlaridan biri — ularning xohish-istaklarini boshqarish imkoniyati mavjuddir.
Ularni kattalarning ezgu niyatiga boʻysundirish, ota-onalar va tarbiyachilar mayliga
koʻniktirish mumkinligidir. Ularning boshqa yosh davrlaridagi bolalardan farqi ularga
nisbatan xotirjam, barqarorroq his-tuygʻular mavjudligi, nizolarga kam berilishidir. Bunday
bolalarda “jazavali” holat yuz berishi mumkin, lekin u vaqtinchalik boʻlib, yaqqol harakat
bilan emas, balki tasavvur obrazlari dinamikasiga bogʻliq holda sodir boʻladi. Shunday qilib,
“Pedagogika” darsligining “Bolalarning yosh davrlari xususiyatlari tavsifi” mavzusi hamda
“Psixologiya” darsligining “Maktabgacha yoshdagi bolalar oʻsishining umumiy shart-
sharoitlari” mavzularida oʻxshashliklar yoritib berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |