Institute of the National Guard of the Republic of Uzbekistan
Annotation.
The training of military personnel, the professional, ethical and ethical
behavior of military personnel in accordance with external environmental requirements, as
well as command and communication skills in military command, as well as organizational
and initiative skills were highlighted in the article.
Keywords:
military service, military community, managerial art, officer-educator,
moral outlook, national traditions and military law.
Vatan degan muqaddas zaminni asrab-avaylashda ofitserlarning o‘rni nihoyatda
kattadir. Ofitser rahbar, tarbiyachi, tashkilotchi shaxs sifatida qo‘l ostidagi xodimlarga
nisbatan g‘amxo‘rlik, adolatlilik, mehribonlik xislatlarini namoyon etishi lozim. Ofitser qo‘l
ostidagi harbiy xizmatchilarga gap-so‘zi, o‘zining axloqiy xatti-harakati bilan o‘rnak
ko‘rsatgan holda tarbiyalab borishi lozim. Ofitser tomonidan o‘ylanmay aytilgan so‘z, eng
88
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2
avvalo, qo‘l ostidagi bo‘ysunuvchilarda o‘zini yo‘qotish, ezilish holatlarini yuzaga keltiradi,
ayniqsa, harbiy xizmatchi xizmatni endi boshlagan paytda juda ham seziladi. Harbiy xizmatga
endi kirisha boshlagan harbiy xizmatchilarga harbiy xizmat juda qiziq (romantik holatday)
tuyuladi.
Xizmatni olib borish jarayonida asta-sekin harbiy xizmatning mohiyatini, harbiylik kasbi
nima ekanligini tushunib boradi, ularning kun tartibi tig‘iz, ba’zida kun tartibida
ko‘rsatilmagan ko‘plab ishlarni bajarishga to‘g‘ri kelishi oqibatida ular charchashadi va
doimo o‘zlarida zo‘riqish hollari namoyon bo‘lib boradi.
Ofitser rahbar sifatida harbiy qonunlar, buyruq, ko‘rsatmalarni bilishi, ularga rioya
qilishi, ayni vaqtda qo‘l ostidagi harbiy xizmatchilardan ham shuni talab qilishi va shu orqali
ularga kasbiy faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishiga yordam beradi. Ofitser o‘z kasbining ustasi
bo‘lishi va Umumharbiy nizomlar
1
asosida boshqarishning zamonaviy usullaridan xabardor
bo‘lishi, o‘zining ustida tinmay ishlashi lozim, chunki bu harbiy xizmatda ijobiy samaraning
asosi hisoblanadi
.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi
Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 26 yilligi va “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan
yo‘llagan bayram
tabrigida ta’kidlaganidek, “amalga oshirayotgan sa’y-harakatlarimiz,
armiya va xalqning faol hamkorligi natijasida Qurolli Kuchlarimiz tom ma’noda jamiyatning
ajralmas qismiga, mamlakatimiz barqarorligi va taraqqiyotining ishonchli kafolatiga, yoshlar
va harbiy xizmatchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning muhim institutiga aylanib
bormoqda. Ayni vaqtda xalqaro terrorizm va ekstremizm xavfining tobora ortib borayotgani,
dunyoning ayrim mintaqalarida qurolli to‘qnashuvlar davom etayotgani, tahlikali vaziyat
saqlanib qolayotgani O‘zbekistonning barqaror rivojlanishiga tahdid solmasdan qolmaydi,
albatta. Bularning barchasi oldimizda paydo bo‘layotgan tahdid va xatarlarga munosib zarba
berishga doimo tayyor bo‘lishni talab etadi”
2
.
Bugungi kunda ofitserlar harbiy soha, pedagogika va psixologiyaning so‘nggi
yutuqlaridan qadamma-qadam boxabar bo‘lib borishi zarurdir. Ofitser tarbiyachi, rahbar,
boshliq bo‘lishi uchun, avvalo, unda Vatan himoyasi uchun hech ikkilanmasdan jonini fido
qilish, xislati shakllangan bo‘lishi lozim. Ofitser bo‘lish uchun tug‘ma qobiliyat ham,
yoshlikdan bunga intilish, professional ma’lumot va tayyorgarlik, safdoshlari orasida o‘z
fikriga ega bo‘lish, o‘z g‘oyalarini ilgari sura olish, fikrlarini asoslab berish, turli yot g‘oyalarga
qarshi kurasha olishda o‘ziga xos uslub va usullarni qo‘llay olish sifatlari zarur. Ofitser qo‘l
ostidagi harbiy xizmatchilarni tarbiyalashda nafaqat harbiy jamoaning tarkibiy qismini
shakllantirib boradi, shuningdek, yuqori harbiy tayyorgarlik ishlariga javobgar shaxs
hisoblanadi, ayniqsa, jamoadagi yuqori psixologik muhitga, har bir harbiy xizmatchining
sog‘lig‘iga ham javob beradi.
Shu o‘rinda ofitserlarning shaxsiy tarkibni boshqarish uslubi degan savolga javob
berishga harakat qilamiz. Harbiy xizmatchilar jamoasini boshqarish Qurolli Kuchlar
Umumharbiy Nizomlari asosida olib boriladi va tashkil etiladi. Boshqarish uslubi, eng avvalo,
1
Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучларининг умумҳарбий Низомлари. Т.: “Шарқ”, 2007,
494 б.
2
Халқ сўзи, 2018 йил 13 январ сони.
89
Do'stlaringiz bilan baham: |