Issn 2181-9580 toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali



Download 4,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet225/299
Sana03.06.2022
Hajmi4,96 Mb.
#632497
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   299
Bog'liq
7908 1061 TDPU I A 2-son 2020

 
Annotation. 
This article reveals the essence of professional reflex in the pedagogical 
activity of primary school teachers. The results of the research on the concept of" reflection 
" and professional skills of the teacher were also analyzed. In addition, based on the results 
of the experiment-test, reasonable conclusions were made. 
Keywords: 
reflection, professional skill, reflexive process, retrospective reflection, 
perspective reflection, pedagogical activity. 
 
Jahonda ayni vaqtda xalqaro ilgʻor tajribalar asosida oliy taʼlim muassasalarida boʻlajak 
oʻqituvchilarning pedagogik mahoratini rivojlantirishning amaliy texnologik tizimi va 
pedagogik jarayonlarini takomillashtirish; pedagogik mahoratni rivojlantirish mexanizmlarini 
shakllantirish; kasbiy refleksiya, oʻz-oʻzini faollashtirish, nostandart pedagogik yechimlar, 
pedagogik mahorat boʻyicha tanlovlar hamda koʻp darajali taʼlim tizimlarida pedagogik 
mahoratni rivojlantirish dolzarb muammo sifatida eʼtirof etilmoqda.
 
“2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha 
Harakatlar strategiyasi”da “pedagog kadrlarning kasbiy mahorati sifati va saviyasini uzluksiz 
yuksaltirish” oliy taʼlim tizimini kompleks rivojlantirish boʻyicha eng muhim ustuvor 
vazifalardan biri sifatida belgilandi. 
212


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 
 
2020/2
 
Uygʻonish davrining yetuk namoyondalari Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu 
Ali ibn Sino, Unsurul Maoliy Kaykovus, Abulqosim Umar Az-Zamaxshariy, Shayx Saʼdiy 
Sheroziy, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Jaloliddin Davoniy, Husayn Voiz al-Koshifiy 
kabilarning ilmiy meroslari oʻqituvchiga xos boʻlgan xususiyatlarni shakllantirishda muhim 
manba sifatida eʼtirof etilgan. 
N.N.Azizxodjayeva, 
B.R.Adizov, 
S.Bazarova, 
U.Sh.Begimqulov, 
R.H.Djurayev, 
Sh.Q.Mardonov, 
O.Musurmonova, 
N.A.Muslimov, 
U.N.Nishonaliyev, 
N.Ortiqov, 
B.X.Rahimov, 
Oʻ.Q.Tolipov, 
D.Sharipova, 
Sh.S.Sharipov, 
Sh.Shodmonova, 
N.Gʻ.Egamberdiyeva va boshqalar boʻlajak oʻqituvchilarning kasbiy kompetentligini 
rivojlantirish masalalari yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borgan. 
Pedagogning innovatsiya faoliyati tuzilmasidagi eng muhim komponent bu 
refleksiyadir. Refleksiya pedagogning oʻz ongi va faoliyatini belgilash va tahlil qila olishi deb 
qaraladi (oʻz fikri va harakatlariga tashqaridan nazar. V.A.Slastenin). 
Pedagogikaga oid adabiyotlarda reflektiv jarayonlarni izohlashning ikki anʼanasi 
mavjudligi aytiladi: 
- obyektlar mohiyatini izohlashga va ularni konstruksiyalashga olib keladigan ongning 
reflektiv tahlili; 
- shaxslararo muloqot maʼnosini tushunish refleksiyasi. 
Bu bilan bogʻliq ravishda pedagog olimlar quyidagi reflektiv jarayonlarni farqlaydilar: 
- oʻz-oʻzini va boshqalarni tushunish; 
- oʻz-oʻziga va boshqalarga baho berish; 
- oʻz-oʻzini va boshqalarni izohli tahlil qilish. 
Refleksiya (lotincha Reflexio-ortga qaytish) subyektning oʻz (ichki) psixik tuygʻu va 
holatlarini bilish jarayoni sifatida qaraladi. 
Falsafa va pedagogikaga oid adabiyotlarda refleksiya shaxsning oʻz ongidagi 
oʻzgarishlarni fikrlash jarayoni deb yoziladi. 
Psixologik lugʻatda shunday izoh beriladi: 

Refleksiya — faqat subyektning oʻz-oʻzini 
bilishi va tushunishi emas, balki boshqalar uning shaxsiy xislatlari, his qilish tuygʻusi va bilish 
(kognitiv) tasavvurlarini bilish hamda tushunishini aniqlab olishini ham anglatadi. 
V.A.Lefevr taʼkidlagan ediki, inson oʻzining xatti-harakatlariga, fikrlariga nisbatan 
kuzatuvchi, tadqiq qiluvchi boʻlib qolmasligi, balki boshqa personajlar, ularning xatti-
harakatlarini oʻrganuvchi mavqeyini egallashi ham kerak.
M.V.Klarin ijodiy tafakkur xususiyatlarini refleksiya bilan bogʻlaydi. Bunday oʻzaro 
aloqalarda refleksiya oʻzida xulosa chiqarish, umumlashtirish, analogiya, qiyoslash va 
baholash hamda muammolarni eslash, yenga olish va hal qilishlarni birlashtiradi. 
V.A.Petrovskiy refleksiya faoliyati tahlilida uning ikki turini farqlaydi: retrospektiv; 
prospektiv. 
V.A.Petrovskiyning aniqlashicha, retrospektiv refleksiya bu “sodir etilgan faoliyat 
tarixining retrospektiv tiklanish shaklidagi refleksiyasidir”.
Prospektiv refleksiya — bu faoliyatning amalga oshishiga boʻlgan talabning hukm 
surish dinamikasi. 
S.Y.Stepanov, I.N.Semenov ishlarida intellektual va shaxsiy refleksiyalar farqlanadi. 
V.V.Davidov oʻz tadqiqotlarida formal va mazmun refleksiyasini asoslab berdi. 
213



Download 4,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish