TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2
holda amalga oshiriladi. Oʻquv fanlararo aloqadorlik oʻquvchilarning oʻzlashtirish
qobiliyatlarini jadal shakllantiradi va oʻquv fanini ilmiylik asosida qurishga xizmat qiladigan
umumiy tamoyillarni ochib beradi. Taʼlim sohalari mazmunini, masalan, adabiyot, biologiya,
matematika oʻquv fanlari oʻrtasidagi aloqadorlikni hisobga olmasdan aniqlab boʻlmaydi.
Shuning uchun oʻquv fanlararo aloqadorlik alohida oʻquv predmetlari boʻyicha taʼlim
mazmunini tanlash manbayi boʻlib xizmat qiladi.
Oʻquv fanlarining umumiy tuzilish elementlari oʻqitishda oʻquv fanlararo aloqadorlikni
amalga oshirishning quyidagi obyektiv asoslarini yaratadi[8]:
1) oʻzlashtiriladigan bilim, tushuncha va dalillar; 2) tushunchalar, qonunlar, nazariyalar;
3)oʻquvchi shaxsi dunyoqarashini shakllantiruvchi gʻoyalari; 4) tarixiy muammolar va ilmning
rivojlanish yoʻli; 5) muayyan oʻquv fanining metodologik asoslari va metodlari; 6) idrok
etishning umumlashtirilgan metodlari; 7) belgilab qoʻyilgan maxsus koʻnikma va malakalar;
8) oʻquv fanining ilmiy uslubi; 9) taqdim etilgan bilimlarning gʻoyaviy-tarbiyaviy jihatlari.
Integratsiyaning turli darajalari ajratiladi: boshlangʻich, tabiat haqidagi elementar
bilimlarni birlashtiradi; oraliq — predmetlar boʻlimlarini boʻlish integratsiyasi; yakuniy —
tabiatshunoslikni oʻrganish bilan bogʻliq boʻlgan taʼlimning oxirgi bosqichi integratsiyasi. Shu
bilan birga, tabiiy-ilmiy taʼlimni toʻliqroq va kengroq integratsiyalash imkoniyati ham inkor
etilmaydi.
Boshlangʻich sinflarda integratsiyalashgan darslardan foydalanish samaradorligini
aniqlash maqsadida Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi 254-umumiy oʻrta taʼlim
maktabida tajriba-sinov ishlarini olib bordik. Ushbu maqsadda 12 soatlik dars
mashgʻulotlarini kuzatdik. Tadqiqot davomida kuzatish, anketa soʻrovlari, suhbat, pedagogik
eksperiment kabi ilmiy-tadqiqot metodlaridan foydalandik. Anketa soʻrovlarida jami 22
nafar boshlangʻich sinf oʻqituvchilari ishtirok etdilar. Ularga quyidagi anketa savollarini
tarqatdik:
1. Integratsiya tushunchasi qanday maʼnoni anglatadi? 2. Taʼlim jarayonini
integratsiyalashga munosabatingiz qanday? 3. Sizningcha, quyidagi fanlardan qaysilarini
oʻzaro bogʻlab oʻqitish mumkin? 4. Boshlangʻich sinfda qaysi sinfdan boshlab
integratsiyalashgan darslarni tashkil etish mumkin? 5. Integratsiyalashgan darslarning
yutuqlari nimadan iborat? 6. Boshlangʻich sinflarda integratsiyalashgan darslar
samaradorligini oshirish uchun nima qilish kerak deb oʻylaysiz?
Soʻrov natijalari tahlili koʻrsatishicha, boshlangʻich sinf oʻqituvchilaridan 14 nafari (63,6
%) integratsiya tushunchasining asl mohiyati haqida maʼlumotga egalar. 6 nafar (27,2 %)
oʻqituvchi umumiy holda fikr bildirdilar, qolgan 2 nafar (9 %) oʻqituvchi esa hech qanday
maʼlumotga ega emasliklarini taʼkidladilar.
Oʻqituvchilar bilan suhbat jarayonida taʼlim jarayonini integratsiyalash haqida
qisqagina tushuntirish ishlarini olib bordik va umumiy maʼlumotlar berdik. Shundan soʻng
boshlangʻich sinflarda integratsiyalashgan darslarni tashkil etishga oʻqituvchilarning
munosabatlarini bilishga qiziqdik. Anketa soʻrovlarida ishtirok etgan 22 nafar oʻqituvchidan
20 nafari (91 %) boshlangʻich taʼlim jarayonida darslarni bir-biriga bogʻlab oʻqitish taʼlim
samaradorligini oshirishga va oʻquvchilar dunyoqarashini rivojlantirishga yordam berishini
taʼkidlab, uni amaliyotda keng qoʻllash tarafdori ekanliklarini aytib oʻtdilar. Faqat 2 nafar (9
%) oʻqituvchini integratsiyalashgan taʼlimni qoʻllash borasida muammolar va metodik
imkoniyatlar kam ekanligini taʼkidlab oʻtdilar. Fanlararo aloqadorlik borasida koʻpchilik
oʻqituvchilar (12 nafar-54,5 %) oʻqish va ona tili darslarini, (5 nafar – 22,7 %) oʻqituvchilar
209
Do'stlaringiz bilan baham: |