TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2
(32/33 %) imkoniyatining mavjudligi boʻyicha esa deyarli moslik kuzatildi. Tajriba-sinov
ishlari uch bosqichda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining
“Pedagogika” fakulteti bazasida amalga oshirildi. Tajriba-sinov ishlariga tajriba guruhining
41 nafar, nazorat guruhining 3880 nafar talabalari hamda 10 nafar professor-oʻqituvchilar
jalb etildi. Aniqlashtiruvchi tajriba-sinov ishlari jarayonida talabalarda qadriyatlar tizimini
rivojlantirishning tayanch darajasi oʻrganildi. Olingan natijalardan “Boʻlgʻusi hayotiy
maqsadim” shkalasi boʻyicha talabalarning yarmi oʻrtacha darajani koʻrsatishdi (TG –
59,17%, NG – 57,50%). Tashxis natijalari ularning yetarlicha qismi hayotiy maqsadini
obyektiv baholashgan, xayoliy maqsadlarni oʻylab topishmagan. Respondent-talabalarning
uchdan bir qismi past koʻrsatkichlarga ega boʻlishdi (TG – 19,17%, NG – 19,17 %). Bu esa
mazkur talabalarning aniq istiqbolli maqsadni oʻz oldiga qoʻymasligi, bugungi kun bilan
yashash istagida ekanligini koʻrsatadi. Talabalarning koʻpchilik qismida “Hayotdan
mamnunlik” oʻrtacha darajani aks ettirdi (TG – 76,67%, NG – 75,00%). Bu koʻrsatkich ularning
katta qismi hayotiy faoliyatni qiziqarli, emotsionallikka boy va mazmunga ega, deb
hisoblashini koʻrsatadi.
Respondentlarning juda kam qismi yaxshi natijalarga erishganman, deb hisoblashadi
(TG – 7,5 %, NG – 5 %). Sinaluvchilarning yarmi oʻz yutuqlarini oʻrtacha baholashgan
(50/53,33 %), biroq koʻpchilik talabalar oʻz natijalarini past deb eʼtirof etishgan (42,5/
41,67%).
Tajriba guruhining 23,33 %, nazorat guruhining 18,33 % talabalari kelajak uchun
maqsadlarni belgilash, istiqbolni ongli nazorat qilib boʻlmasligini eʼtirof etishgan.
Faktorli tahlil natijalari hayot mazmunining anglanganligi shkalasi boʻyicha umumiy
koʻrsatkichlarda talabalarda oʻrtacha darajada ekanligini koʻrsatdi (TG – 68 %, NG – 66,7%).
Ijtimoiy-maishiy qadriyatlar tizimida quyidagi koʻrsatkichlar aniqlandi: moddiy
taʼminlanganlik (TG – 42,5 %, NG – 40 %), ishonchli doʻstlarining borligi (TG – 17,5 %, NG –
19,17 %). Vositali qadriyatlar – “Taʼlim”, “Tarbiyalanganlik”, “Tartiblilik”, “Ijro intizomi”
boʻyicha bir xil koʻrsatkichlar qayd etildi(TG – 50 %, NG – 51,67 %).
Pedagogika oliy taʼlim muassasasida tahsil olayotgan talabalarning koʻpchilik qismi (TG
– 56,67% va NG – 57,50%)da kasbiy faoliyatga yoʻnalganlik mavjudligini koʻrsatgan holda,
kattagina koʻrsatkichga ega qismining maqsadi kundalik turmush (TG – 38,33%, NG –
40,00%) yoki diplom olish uchun oʻqiyotganini qayd etishgani (5,00% va 2,50%). Mazkur
natijalarga asoslangan holda taʼlimiy tajriba-sinov dasturida talabalarda kasbiy motivatsiyani
shakllantirishga alohida eʼtibor qaratish lozimligi haqidagi xulosaga kelindi. Amalga
oshirilgan ilmiy tahlillar, taqdim etilgan nazariy metodik ishlanmalar va tavsiyalarni
umumlashtirgan hamda ularning samaradorlik darajasini baholagan holda quyidagi
xulosalarga kelindi:
1.Talabalarda qadriyatlar tizimini rivojlantirish atrof-muhit va oʻz-oʻziga nisbatan
munosabat tavsifini aks ettiruvchi va kasbiy faoliyatga tayyorgarlik jarayonida namoyon
boʻladigan, pedagogik kompetentlikning oʻzaro aloqador aksiologik komponentlarida sifat
oʻzgarishlarini hosil qilishga yoʻnaltirilgan obyektiv jarayon boʻlib, tashqi va ichki taʼsirlarning
oʻzaro aloqadorligini hisobga olishni talab etadi.
2.Tahlil natijalari asosida kasbiy-qadriyatga yoʻnalganlik pedagogik faoliyatga doir ilmiy
bilimlarni egallash va aksiologik munosabatni shakllantirishga imkon beradigan kognitiv
(kasbiy bilimga doir qadriyatlar), pedagogik faoliyatga shaxsiy munosabat orqali
aniqlashtiriladigan emotsional komponent (kasbiy munosabat qadriyatlari) va pedagogik
206
Do'stlaringiz bilan baham: |