TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2
Shuningdek
san’atning
pedagogik
salohiyatini
(L.V.Pron),
madaniyat
(O.M.Pozdnyakova),
xalq
badiiy
ijodi
(L.V.Sinitsina),
axborot-kommunikatsion
texnologiyalari (O.V.Ursova), psixologik-pedagogik fanlar (I.P.Konovalova), o‘quv-metodik
majmualari (Y.V.Ganicheva), talabalik ijtimoiy ko‘ngillilik (V.V.Mitrofanenko), kommunikativ
madaniyat (E.V.Semuxina), OTM muhiti (I.V. Manjeley), OTM gazetasi (S.O.Babikova), OAV
(L.A.Shestakova) ajratadilar.
Ko‘rsatilgan ishlar bizning tadqiqot ishimizning amaliy qismini ishlab chiqishga o‘z
hissalarini qo‘shdilar.
Pedagogik salohiyat o‘qituvchining salohiyatini kasbiy amalga oshirishning unga kasbi
tomonidan qo‘yiladigan eng to‘liq talablarga mosligi sifatida ta’riflanadi.
Pedagog shaxsining amalga oshirilgan imkoniyatlarining o‘z kasbi talablariga mosligi
shaxsning yuqori kasbiy yutuqlarga erishishiga olib keladi.
O‘qituvchining pedagogik salohiyati yosh mutaxassisning kasbiy moslashuvi
ko‘rsatkichlaridan biri sifatida tushuniladi.
Pedagogik salohiyatni
biz o‘qituvchining o‘z imkoniyatlaridan foydalanib noan’anaviy
vaziyatlarda yangi kasbiy xulq va faoliyat shakllarini ishlab chiqish hamda uzluksiz kasbiy
o‘sishni ta’minlash imkonini belgilovchi uning tavsifi sifatida tushunamiz.
Mazkur yashirin taxmin etilgan imkoniyatni dolzarb qobiliyatda amalga oshirish uchun
salohiyatni maqsadga muvofiq rivojlantirish zarur.
Insonning yashirin imkoniyatlariga bag‘ishlangan psixologik-pedagogik tadqiqotlar
tahlili rivojlangan
pedagogik salohiyatni
mavjud hayotiy ustanovkalar va stereotiplar
doirasidan chiqish yo‘li bilan amalga oshiriladigan hamda nostandart pedagogik vaziyatlarda
tashabbus bilan yuzaga keladigan xulq sifatida ifodalash imkonini berdi va bunda uchta omil
o‘zaro birlashadi:
a) talabaning shaxsiy, ma’naviy, ijodiy, intellektual va boshqa salohiyati bilan
ifodalangan uning imkoniyatlari;
b) mazkur imkoniyatlarga javob beruvchi va talabaning o‘z-o‘zini amalga oshirishiga
ko‘maklashuvchi muhit;
v) talabaning o‘z imkoniyatlarini “shu yerda va shu onda” amalga oshirishga
tayyorligi.
Shaxs salohiyatining boyligi va ko‘p qirraliligi olimlarni uning tuzilishini tizimlashtirish
va tartibga solishga undadi. Bizga Y.M.Reznik tomonidan ifodalangan insonning shaxsiy
salohiyatining modeli yetarlicha to‘liq tuyulib, unda komponentlar ajratilgan (axborot-
bilishga oid, ma’naviy-axloqiy, reproduktiv, kasbiy-malakaviy, tashkiliy-kommunikatsion).
Uning metodologik yondashuvga asoslanib, biz rivojlangan pedagogik salohiyat va uning
komponentlariga o‘z ta’rifimizni ishlab chiqdik. Bizning ishimizning mohiyatli asosini
o‘qituvchi salohiyatining kasbiy-malakali va tashkiliy-kommunikatsion tashkil etuvchilari
tashkil qildilar.
Kasbiy-malakaviy tashkil etuvchi kasbiy bilim va ko‘nikmalarni qamrab olib,
pedagogning an’anaviy boshqaruvchilik vazifasini amalga oshirishga – sinfning ta’lim-
tarbiyaviy faoliyatini boshqarishni amalga oshirishga imkon berdi. Tashkiliy-
kommunikatsion tashkil etuvchilarga o‘qituvchining o‘quvchilar bilan samarali o‘zaro
aloqalarini ta’minlash, bo‘lajak hodisalarni loyihalash, maqsadni belgilash, o‘quvchilar
106
Do'stlaringiz bilan baham: |