TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2
https://nps.xb.uz/nps/auth.fb-fuqarolarning jamg‘arib boriladigan nafaqa fondi
hisobotini topshirish sayti. Bu saytda korxonalarda faoliyat yurituvchi buxgalterlar elektron
raqamli imzo yordamida nafaqa fondi hisobotini taqdim qilishadi.
Oliy ta’limning iqtisodiyot yo‘nalishlarida “Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion
texnologiyalar va tizimlar” fanidan o‘qitiladigan har bir mashg‘ulot o‘ziga mos kutiladigan
natijalarga ega bo‘lishi kerak. O‘qituvchi mashg‘ulot o‘tish jarayonida mashg‘ulotdan
kutiladigan natijalardan ko‘ra ortiqroq natijaga erishishi mashg‘ulot samaradorligini,
qolaversa, talabalar o‘zlashtirishi samaradorligini oshirilishiga olib keladi.
“Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar” fanidan o‘qituvchi
o‘tilgan har bir mashg‘ulotdan samaradorlikka erishish uchun quyidagilarga e’tibor berishi
lozim: ta’lim beradigan o‘qituvchining zamonaviy bilimlar bilan qurollangan bo‘lishi;
mashg‘ulotni o‘tishda zamonaviy o‘qitish metodlarini to‘g‘ri tanlashi; tanlangan ta’lim
metodlarining uzviyligiga erishishi; mashg‘ulot turini tanlashda vaqtni to‘g‘ri taqsimlanishi;
mashg‘ulot jarayonida ta’lim vositalaridan o‘z o‘rnida foydalanishi; mashg‘ulotda ishtirok
etuvchi talabalarning pedagogik, psixologik jihatlariga e’tibor qaratishi; mashg‘ulot olib
boriladigan xonalarning so‘nggi namunadagi kompyuterlar, internet texnologiyasi va
zamonaviy dasturiy vositalar bilan ta’minlanishi va h.k.
Talabalarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining imkoniyatlari, uning
jamiyatdagi o‘rni, mutaxassislikni egallashdagi hissasini o‘qituvchi tomonidan yetarli
darajada tushuntirib berilishi natijasida, ularda axborot kompetentligi bilan bir qatorda
kasbiy kompetentlik shakllantirilib, kasbiy faoliyatni mazmunli amalga oshirish va
boshqarishni osonlashtirishga erishiladi.
Axborot kompetentligi – bu shaxsning turli axborot tizimlaridagi axborotlarni izlab
topish, saqlash, qayta ishlash, qo‘llash va uzatish qobiliyatidir. Shunga asosan, ilmiy
tadqiqotda elektron ta’lim muhitini tashkil etishda foydalaniladigan dasturiy vositalar:
Moodle, WordPress, PHP, Turbo Site, Bandicam, Audacity, Movavi Video Editor Plus,
AutoPlay Media Studio 8, Macromedia Flashdan foydalanib, elektron axborot-ta’lim
resurslarini yaratish va ulardan ta’lim jarayonida samarali foydalanish talabalarda kasbiy
kompetentlikni shakllantirishga yordam berishi aniqlandi. Shuningdek, AutoPlay Media
Studio 8, Macromedia Flash 8, Movavi Video Editor Plus, Bandicam, Audacity dasturlaridan
foydalanib, fanni o‘qitishda qo‘llaniladigan elektron axborot-ta’lim resursi yaratilib, undan
ta’lim jarayonida foydalanish metodikasi ishlab chiqildi.
Elektron ta’lim resurslari bilan ishlash ikki turdagi faoliyatni nazarda tutadi: 1)
o‘qituvchi rahbarligi ostida guruhda ishlash va bilimlarni mustahkamlash, 2) berilgan
topshiriq bo‘yicha ma’lumotlarni mustaqil izlash, o‘rganish, tatbiq qilish. Har ikkala holatda
ham o‘qituvchining vazifasi - talabalarning bilimga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish, nazariy
bilimlarni mustahkamlash va olingan nazariy bilimlarni kasbiy amaliyotda qo‘llashga
o‘rgatish, kengaytirishga yordam beruvchi zarur bo‘lgan ko‘plab turli ma’lumotlarni
yetkazishdir. Mazmunan takomillashtirilgan metodik ta’minot va elektron axborot-ta’lim
resursidan buxgalteriya hisobi va audit, iqtisodiyot, kasb ta’limi: iqtisodiyot, moliya,
menejment, marketing va boshqa iqtisodiyot yo‘nalishlari talabalariga axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari fanini o‘qitishda foydalanish mumkin.
68
Do'stlaringiz bilan baham: |