TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2
Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, uzluksiz malaka oshirish – uzluksiz ta’lim sohasidagi
resurslar va butun faoliyatni birlashtirib shaxs rivojlanishining uyg‘unligiga va kasbiy
kompetensiyalarini rivojlantirishga erishishga yo‘naltirilgan, vaqt (muddatlari bo‘yicha) va
makon (o‘qitish joyi bo‘yicha) bilan chegaralanmagan, doimiy faoliyatdagi jarayon bo‘lib,
kasbiy faoliyat bilan bog‘liq ta’limiy ehtiyojlarni qondirish, o‘qitish jarayonining sifatini
takomillashtirish, avvaldan olingan kasbiy bilimlarni yangilash va chuqurlashtirish kabi
maqsadlarni bajarishni ko‘zda tutadi. O‘qituvchilarning uzluksiz malakasini oshirish ularning
o‘z kasbiy tajribalarini tahlil qilish va baholash, shuningdek, o‘zini-o‘zi shaxsiy rivojlantirish
ehtiyojlarini faollashtirish va qo‘llab-quvvatlashga asoslanadi.
Uzluksiz malaka oshirish jarayonini tashkil etishda o‘qituvchilarning shaxs sifatida
umumiy rivojlanishini, ularning pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish faoliyati
bo‘yicha tayyorgarlik darajasini hisobga olish zarur.
Ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan uzluksiz malaka oshirish jarayonida ta’lim
muassasasi rahbarlari va professor-o‘qituvchilarda kasbiy ahamiyatga ega bo‘lgan shaxsiy
sifatlarni shakllantirish va rivojlantirishga erishish uchun mazkur jarayonda quyidagilarga
alohida e’tibor qaratish zarur
1
:
1.
Ta’lim muassasalari faoliyatiga qo‘yilayotgan yangi ijtimoiy talablarni hisobga olgan
holda o‘z faoliyatini tahlil qilish va baholash.
2.
Bunda o‘qituvchi faoliyatining maqsad va vositalari, maqsad va natijalar o‘rtasidagi
ziddiyatlarni, anglashilmovchiliklarni hamda o‘zini o‘zi rivojlantirish yo‘nalishlarini aniqlaydi
va uning zaruriyatini anglaydi.
3.
Kasbiy faoliyat yo‘nalishidagi tushunchalarni va yangilikni anglashga nisbatan
intilishning o‘zgarishi. Bunda o‘qituvchilarning bilimi, ko‘nikma va malakalarining
yangilanishi, ma’naviy va madaniy salohiyatining rivojlanishi hamda axborotlar almashinuvi
amalga oshadi, ularda kasbiy faoliyat yo‘nalishidagi tushunchalar o‘zgaradi, shaxsiy
o‘zgarishlar vujudga keladi.
Xalq ta’limi xodimlari, xususan, pedagoglarning uzluksiz ta’limini tashkil qilish, ularga
o‘zlarining kasbiy mahoratlarini mustaqil oshirib borishda metodik ko‘maklashish maqsadida
quyidagi yo‘nalishlarda qator tashkiliy ishlarni amalga oshirish taklif qilindi
2
: ayrim fanlar
bo‘yicha pedagoglarning kasbiy mahoratini uzluksiz oshirib borish; xalq ta’limi xodimlari
uzluksiz malakasini oshirish bo‘yicha sayyor o‘quv kurslarini tashkil etish; fanlar bo‘yicha
tayanch maktablar va ularda pedagoglar uchun harakatdagi o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil
qilish; “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi” respublika tanlovini o‘tkazish. Ta’lim
oluvchilarning mustaqil faoliyati katta yoshdagi o‘quvchilar o‘quv ishlarining asosiy turi
hisoblanadi. Bunda o‘quv faoliyati turi sifatidagi mustaqil ishlarni o‘tkazish emas, balki ta’lim
oluvchilar tomonidan o‘zining o‘qishini tashkil etishni mustaqil amalga oshirish tushuniladi.
Bu tamoyil katta yoshdagi ta’lim oluvchi uchun o‘quv materiali bilan mustaqil ishlash va taklif
etilgan topshiriqlarni bajarish imkoniyatini ta’minlaydi. Bunda zamonaviy masofaviy ta’lim
kattagina yordam ko‘rsatadi.
1
Turg‘unov S.T. va boshqalar. О‘qituvchilarning kasbiy mahorat va kompetentliligini rivojlantirish. –Toshkent.:
Sano-standart, 2012 –172 b.
2
N.Raxmanqulova, M.Yuldashev, A.Baxramov, M.Ahmedov, T.Raimov, A.Ametov. Xalq ta’limi xodimlarining
malaka oshirish kurslaridan keyingi faoliyatlarini pedagogik qo‘llab
-quvvatlash. – T.: Lesson-press, 2018. 160
b.
64
Do'stlaringiz bilan baham: |