SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3
ǀ
ISSUE 9
ǀ
2022
ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)
Passport:
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 4
TA’LIM MAZMUNI VA O‘QUVCHILARNING NUTQINI RIVOJLANTIRISH
M. I. Abdumauvlanova
M. E. Urinova
Shayxontohur tumani 320-umumiy oʻrta
taʼlim maktabining ona tili va adabiyot
fani oʻqituvchisi
Shayxontohur tumani 314-umumiy oʻrta
taʼlim maktabining ona tili va adabiyot
fani o‘qituvchisi
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada ta’lim mazmuni tushunchasining
ilmiy asoslanishi, uning
ahamiyati, o‘quv predmetlarini o‘zaro integratsiyalab o‘qitish, ona tili o‘qitishda
o‘quvchilarning nutqi rivojlantirish, og‘zaki va yozma nutqni o‘stirish, o‘z
fikri
mustaqil ifoda qilish, nutqiy ko ‘nikmalarni egallash bo’yicha tilshunos va metodist
olimlarning ilmiy qarashlari tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar:
ta’lim mazmuni, o‘quv dasturi, darslik, nutq ko ‘rinishlari, og‘zaki
va
yozma savodxonlik, nutqiy ko‘nikma, nutqiy kompetensiya, mashq, o‘quv
topshirig‘i, matn ustida ishlash.
O‘quvchilarning bilim olishida va ulardagi nutq shakllarini rivojlantirishda ta’lim
mazmunining o‘rni beqiyosdir. Ta’lim mazmunining asosiy mohiyatini ko‘plab olimlar
tomonidan asoslab berilgan. Jumladan,”O‘zbek tili o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv
qo‘llanmada ta’kidlanishicha, “Ta'lim mazmuni davlat va jamiyat talablariga ko'ra,
pedagogik texnologiyalarning eng so'nggi
yutuqlari asosida belgilanadi, shakllanadi”
1
.
Shuningdek, pedagogik texnologiyalar qanchalik amaliyotga rivojlangan holatda tatbiq
qilinsa, ta’lim mazmuni shu darajada rivojlanadi.“Talim mazmuni deganda 1)o‘quv
rejalari, 2) o‘quv dasturlari 3) darsliklar, 4) o ‘quv metodik qo‘llanmalar nazarda
tutiladi. Ona tilidan dastur hamda darsliklar o ‘quvchilarning o‘rganishlari
uchun
tanlangan va ularning o‘zlashtirishlariga muvofiqlashtirilgan til materiallarini o‘z ichiga
oladi”. Q.Husanboyevaning fikricha, ta’lim mazmuniga o‘qituvchini ham kiritish
ta’kidlangan. G.Hamrayev esa Q.Husanboyevaning fikrini to‘g‘ri
yondashuv deb
baholaydi.”…til sathlaridan aynan fonetika va orfoepiyani o‘qitishda o‘qituvchining roli
juda muhim bo‘lib, o‘quvchilar adabiy talaffuzni bevosita o‘qituvchidan o‘rganadilar”
2
.
Ona tili darslarida o‘quvchilar o’z fikr- mulohazalarini to‘g‘ri, ravon, aniq, tushunarli
tarzda yetkazishi uchun tilshunoslikning fonetika bo‘limini yuqori darajadagi bilimlarni
egallagan bo‘lishlari bilan birga, grammatik qoidalarni o ‘z nutqida qo‘llay
olish
ko‘nikmasiga, so‘z boyligiga ham ega bo‘lishi nazarda tutiladi. Shu nuqtayi nazardan
1
To ‘xliyev B., M.Shamsiyeva.,T.Ziyodova.O ‘zbek tili o ‘qitish metodikasi.Toshkent.Alisher navoiy nomidagi
O'zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2010. -18b
2
Ҳамраев Ғ.Ҳ. Умумий ўрта таълим тизимида фонетикага доир ўқув материалларининг
методик таъминотини
такомиллаштириш: пед. фан. док. (PhD) дисс. – Самарқанд: 2019. – 13 б.