ǀ
ISSUE 9
ǀ
2022
ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)
Passport:
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 5
yondashganimizda yuqoridagi ishlar o‘qituvchining mahorati bilan bog‘liq jarayondir.
“Ta’lim mazmuni sirasiga o‘quvchilarga taqdim etilayotgan bilimlar ularning ijtimoiy
ehtiyojlarini
qondira
olishi
ularni
ijodkorlikka,
bunyodkorlikka
undashi
lozim”.Amaldagi 8-sinf “Ona tili” darsligidagi 147- topshiriqdagi “Hikoyat” matni
3
shular jumlasidandir.Aytti: “Agar muning xilofi bo‘lsa, ajab bo‘lg‘ay edi. Ul biri ko‘p
yer edi, ochliqqa toqat kelturmadi, o‘ldi. Dag‘i bu biri oz yer edi, odatincha sabr etib
salomat qoldi“.Sayfi Saroyining “Guliston bit-turkiy” G‘.Hamrayevning “Umumiy
o‘rta ta’lim tizimida fonetikaga doir o‘quv materiallarining metodik ta’minotini
takomillashtirish” mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishida ”Agar darsni tashkil etish, xususan,
ona tili darslarida fonetika, orfoepiya, orfografiya mavzularini o‘qitish o‘qituvchining
ixtiyoriga to‘liq topshirib qo‘yilsa, o‘quvchilarning adabiy talaffuz hamda imloga oid
ko‘nikmasi bir xil bo‘lmasligi muqarrar. Talaffuz va imlo qoidalari esa bir xillikni
taqozo etadi. Shu ma’noda o‘quvchilarda nutqiy kompetensiyani rivojlantirishni
avtomatlashtirish masalasi juda dolzarb bo‘lib qoladi”
4
deyiladi. Ta’lim mazmunining
asosiy vazifasi o‘quvchilarning lingvistik kompetensiyasini va nutqiy kompetensiyasi:
tinglab tushunish, eshitish, o‘qish, yozishni adabiy til me’yorlariga mos ravishda
rivojlantirishdan iborat. O ‘quvchilarda nutqiy kompetensiyanini tarkibiy qismlarini
rivojlantirish ularda kognitiv- pragmatik, nutqiy-reflektiv kommunikatsiyaga qiziqish
uyg ‘otadi. Shu tariqa ularning o’zaro to‘g‘ri aloqa-aralashuvga e’tibor kuchayib boradi,
o‘rinli so’zlashish, shirinsuxanlik bilan muomala qilish o’sadi va o‘zining og ‘zaki va
yozma nutqiga leksik birliklarni tanlashni o’rganadi hamda tafakkur qilish mahsuli
paydo bo ‘ladi.
Yuqori sinflarda o‘qitiladigan ona tili fani mavzusi bo‘yicha barcha bilimlarni
egallash uchun berilgan turli tipdagi mashq va topshiriqlarni bajartirish o‘quvchilarning
tasavvur va tafakkur olamini boyitishga,og’zaki va yozma savodxonligini
rivojlantirishga, o‘quv predmeti bo’yicha berilgan mavzuni o‘zlashtirishga hamda
маvzuga xos bilim, ko ‘nikma, malakalarni hosil qilishga, nutq madaniyatini. Shu bois,
o ‘quv fanining mashq va topshiriqlari mazmuniga alohida e ‘tibor qaratish lozim.
Shuningdek, yuqori sinf o‘quvchilarda tevarak-atrofdagi voqea- hodisalarning,
ijtimoiy hayotdagi izlanishlar yordamida xulosa va echimlar barcha o ‘quv fanlari
mushtarakligida bilishi mumkin, lekin ulardan farqli o‘laroq ona tili darslarida o‘zaro
muloqotda, kommunikatsiyada fikr- mulohazalar bildiriladi. Yuqoridagi fikrlarga
tayanib aytish mumkinki, fanlarni o‘zaro integratsiyalab o‘qitish o‘quvchilarning turli
sohada bilimlarining kengayishiga asos bo ‘ladi.
3
Qodirov M., Ne’matov., Abduraimova., Sayfullayeva R., Mengliyev B.,.Ona tili:Umumta’lim maktablarining 8-sinfi
uchun darslik.-T.:2019. –104- b
4
Ҳамраев Ғ.Ҳ. Умумий ўрта таълим тизимида фонетикага доир ўқув материалларининг методик таъминотини
такомиллаштириш: пед. фан. док. (PhD) дисс. – Самарқанд: 2019. – 56 б.
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3
Do'stlaringiz bilan baham: |