3. Axloqiy buzilish sabablari. O‘zbekiston xalqi ezgu niyatlar bilan ijtimoiy adolat, tenglik,
barqarorlik va birodarlikka asoslangan jamiyat qurayotgan vaqtda uning bag‘rida paydo bo‘lib qola-
yotgan ba’zi bir illatlarni ham uchratamiz. Xo‘sh, bunday salbiy hollarning kelib chiqish sabablari
nimada? Bunga quyidagilar sabab bo‘lmoqda:
Birinchidan, bozor iqtisodiyotini noto‘g‘ri tushunish, uni har xil yo‘llar bilan boylik dangina
iborat deb o‘ylash, ana shu maqsadni amalga oshirish uchun ayrim badnafs fuqarolarning qonunga,
umuminsoniy axloqqa zid harakatlar orqali mol-dunyo orttirishga intilayotganliklari kuzatilmoqda. Bu
xususida I.A.Karimov: «Bugun shuni tan olishimiz kerakki, bozor iqtisodiyoti endi shakllanayotgan
bir paytda ko‘p salbiy oqibatlar yuzaga chiqmoqda. Eski tizim qonunlari ishdan chiqib, yangi tizim
qonunlari yetishmasligi va hayotda ishga kirmaganligi poraxo‘rlik, o‘g‘rilik, qalloblik illatlarining
paydo bo‘lishiga va kuchayishiga olib kelmoqda. Lekin bunday holat, qanday tizim hukmronlik
qilishidan qat’iy nazar, avvalambor, ayrim kishilarning qonida bor nopokligi, firibgarligi, vatan va
millat manfaatlariga befarq qarashi, bugungi va kelgusi avlodlar taqdiri uchun mas’uliyatsizlik,
ochiqroq aytadigan bo‘lsak, ularning ma’naviy qashshoqligi tufayli ko‘zga tashlanmoqda»[1], – degan
edi.
Shuning uchun ham bunday ijtimoiy illatlarning oldini olish yo‘llari to‘g‘risida fikr bildirgan
I.A.Karimov: «Bozor munosabatlariga o‘tish – hayotiy yetuklik va sabr-matonatni sinovdan
o‘tkazuvchn o‘ziga xos imtihondir. Bunda ma’naviy bo‘shliqqa yoki ko‘ngilga kelgan ishni
qilaverishga berilishga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Chinakam sivilizatsiyalashgan bozor
munosabatlari, bozor vositalari faqat yuksak ma’naviyat negizida, yuksak axloqlilik va vatanparvarlik
negizlarida barpo etilishi mumkin. Aks holda boshboshdoqlik va tartibsizlik hukm suradi»[2], – deb
uqtiradi. Darhaqiqat, jinoyatlar, poraxo‘rlik va odamlarning ma’naviy tanazzulga yuz tutishi, ruhiy
inqirozi bilan qorishib ketgan soxta bozorning vujudga kelishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Zero, «biz bu
illatlarni deb mustaqillik va suverenitetga intilgan emasmiz. Mana shularni deb tub islohotlar yo‘liga
kirgan emasmiz» [3].
Ikkinchidan, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga ishonish yetishmaydi, yetarlicha murabbiylik
qilinmayapti, ularning tashabbusini bo‘g‘ish hollari uchramoqda. Bu axloqiy yomonlik to‘g‘risida
I.A.Karimov: «Men bir narsaga qattiq ishonaman: yoshlarda shijoat bor, yangilikka intilish bor, ixtiro
qilishga, kashfiyot yaratishga ishtiyoq bor. Lekin ularning oldida katta bir to‘siq turibdiki, bu to‘siqni
ba’zan zambarak o‘qi bilan ham otib, qulatib bo‘lmaydi. Bu to‘siqning nomi byurokratiya, tamagirlik,
mahalliychilik, urug‘chilik.
O‘sib kelayotgan yoshlarga quloq solishi, madad berishi lozim bo‘lgan ko‘p mansabdorlarda
insof, diyonat yo‘qligi ham shu to‘siqning bir ko‘rinishidir. Bunday odamlarning niyati aniq – besh-
o‘n yil amallab o‘tirgan mansabini yo‘qotmasa, mo‘may maoshi va xufiya «shapka»sini olib tursa,
41
Do'stlaringiz bilan baham: |