Ключевые слова: рыночная экономика,
профессиональный мораль, профессиональная
культура, морально-профессиональная культура,
морально-профессиональная
деформация,
нравственное воспитание.
J.Y. Yaxshilikov, N.E. Muxammadiyev,
R.M. Karimova
THE MORAL DEFORMATION OF
YOUTH AND THE WAYS OF ITS
SOLUTION
The scientific article investigates
appearing of some moral-professional
deformation of youth during the process of
market economy and internal and external
reasons, analyzes objective and subjective
factors, measures of their prevention.
Keywords:
marker economy,
professional behavior,
professional
culture, moral-professional culture, moral-
professional
deformation,
moral
education.
UDK: 1:371.01
YOSHLAR IDEOSFERASI SHAKLLANISHI JARAYONINI
O‘RGANISHNING DOLZARBLIGI VA AHAMIYATI
N.E.Saliyeva
O‘zbekiston Milliy Universiteti o‘qituvchisi
Annotatsiya. Maqolada bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga doir siyosatga hukumat
darajasida e’tibor qaratilayotgani, bunda qabul qilingan dasturlar doirasida ulkan ishlar amalga
oshirilayotgani, bugungi yoshlarni millat ruhiga mos va vatanparvar qilib tarbiyalashda
yoshlarning o‘ziga xos ideosferasini shakllantirish masalasi muhim ijtimoiy-siyosiy va ilmiy-
falsafiy masala ekanligi, bu esa o‘z navbatida yoshlarni mafkuraviy va g‘oyaviy jihatdan
tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishi bilan bog‘liq masalalar ilmiy-amaliy jihatdan
yoritilgan.
Kalit so‘zlar: ideosfera, yoshlar ideosferasi, shakllanish, yodhlar.
Hozirgi davrda yurtimizda ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, bunyodkor g‘oyalar
asosida shakllangan yoshlarning manfaat va ehtiyojlarini ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlar
yaratib berishga alohida e’tibor berilmoqda. Bu borada yoshlarning jamiyat hayotidagi o‘rni va
imkoniyatlarini oshirish, ularni siyosiy-ijtimoiy jarayonlarga yanada kengroq jalb qilish, islohotlardagi
faolligini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bugungi kunda yoshlar, alohida ijtimoiy demografik qatlam sifatida, jamiyatimiz hayotining
faol sub’ektiga, amalga oshirilayotgan islohotlarning eng muhim harakatlantiruvchi kuchlaridan biriga
aylanib borayotgani shubhasiz. Xuddi ana shu omilni nazarda tutib, Prezidentimiz I.A.Karimov:
«Yoshlar bilan ishlash masalalari alohida e’tiborni talab qiladi. Bugun yoshlarning jamiyat hayotidagi
o‘rni va mavqeini yanada yuksaltirish o‘ta muhim masaladir. Faqat ana shunday asosda yoshlarni o‘z
fikriga ega, turli ma’naviy xurujlarga qarshi sobit tura olishga qodir bo‘lgan, irodali, fidoiy va
vatanparvar insonlar etib tarbiyalashga erishish mumkin” deb ta’kidlagan edilar. Shu munosabat bilan,
hozirgi davrda o‘sib kelayotgan avlodning ma’naviy olami, jumladan unga ta’sir ko‘rsatadigan
g‘oyaviy omillar dialektikasini tahlil qilish va shu asosda mavjud muammolarni chuqur o‘rganish
hamda ularning adekvat echimlarini topish ehtiyoji tobora ortib bormokda.
Butun dunyoda, jumladan bizning mamlakatimizda ham mazkur sohadagi jarayonlarni chuqur
va har tomonlama o‘rganish ehtiyoji tobora ortib bormoqda. Bu esa quyidagi umumiy tendensiyalar
bilan belgilanadi:
1) hozirgi davrga kelib, yoshlarning butun jamiyat taraqqiyotini belgilaydigan, turli
yangilanishlar va islohotlarni amalga oshiradigan, ularning pirovard natijalaridan eng ko‘p manfaatdor
bo‘ladigan faol ijtimoiy sub’ekt va etakchi kuchga aylanayotgani bugungi jahon taraqqiyoti va
insoniyat sivilizatsiyasining umumiy qonuniyati ekanligi ko‘pchilik tomonidan e’tirof etilmoqda;
47
Do'stlaringiz bilan baham: |