Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific reports



Download 2,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/264
Sana25.02.2022
Hajmi2,36 Mb.
#265090
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   264
Bog'liq
3K7ruS6lCp ilmiy jurnal 2

ILMIY AXBOROTNOMA 
FALSAFA 
2016-yil, 2-son 
marra uniki – u yog‘i pensiya. Mustaqil davlatimizning bugungi bosh shiorlaridan biri – yurtim deb, 
elim deb yonib yashash undaylarning tushiga ham kirmaydi. 
Oqibatda yangilik kurtakligidayoq nobud bo‘ladi va uni boshlagan yosh tadbirkorning hafsalasi 
pir bo‘ladi, taraqqiyoti, intilishi so‘nib qoladi»[4], - deb haq gapni aytgan edi. 
Uchinchidan, qonunlarning o‘z vaqtida qabul qilinmasligi yoki qabul qilingan qonunlarning o‘z 
vaqtida hayotga tatbiq etilmasligi, natijada fuqarolarning axloqiy ongida ikkilanishlarning paydo 
bo‘lishiga hamda huquqiy madaniyatning shakllanishi past darajada qolib, ularning shu asosda har xil 
huquqbuzarliklar, qonunbuzarliklarni sodir etishlari. 
«Huquqiy madaniyat darajasi, – deb yozgan edi I.A.Karimov, – faqatgina qonunlarni bilish, 
huquqiy ma’lumotlardan xabardor bo‘lishdangina iborat emas. U qonunlarga amal qilish va ularga 
bo‘ysunish madaniyati demakdir. U odil sudni hurmat qilish, o‘z haq-huquqlarini himoya qilish uchun 
sudga murojaat etish ehtiyoji demakdir. Huquqiy madaniyat degani turli mojarolarni hal qilishda 
qonunga xilof kuchlardan foydalanishni rad etish demakdir»[5]. 
Yuqorida sanab o‘tilgan sabablar, albatta, yoshlarining xizmat faoliyatiga, turmush tarziga 
salbiy ta’sir ko‘rsatishi tabiiy. Bular yosh xodimlar axloqiy-kasbiy buzilishlarining tashqi sabablari, 
xolos. Uning tub sabablarini esa yosh xodimlarining xizmat faoliyatini tashkil etishda, boshqarishda, 
mehnat va xizmat jamoalarida axloqiy-ruhiy-ma’naviy muhitda, tarbiyada yo‘l quyilgan 
kamchiliklardan izlash kerak. 
Yoshlarning axloqiy-kasbiy buzilishining obyektiv va subyektiv sabablari bor.
Obyektiv sabablari quyidagilardan iboratdir: 
- professional faoliyatning xususiyatlari, ya’ni qiyin va xavfli sharoitlarda, favqulodda holatlar 
va ekstremal vaziyatlarda o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib, o‘limga tik qarab, jismoniy va ruhiy jihatdan 
zo‘riqib ishlashlari, ma’naviy va ruhiy jihatdan o‘z qobiliyatini tiklab olish uchun vaqt etishmasligi; 
- jinoyatchilar dunyosi – terrorchilar,ekstremistlar,aqidaparastlar va shu kabi unsurlarning salbiy 
ta’sirini sezish va oqibatda ularga qo‘shilib ketish hollarining mavjudligi; 
- ishni tashkil qilish va boshqarishda xato va kamchiliklar, ya’ni hisobotlarning 
takomillashmaganligi, xizmat sohalari o‘rtasida birgalikda harakat qilishning yo‘qligi, miqdor ketidan 
quvish, haybarakallachiliklarning hamon uchrab turishi; 
- birga ishlayotgan ba’zi xodimlarning o‘z xizmat vakolatlarini suiiste’mol qilishlari, ishga 
sovuqqonlik bilan yondashishlari, odamlarga nisbatan befarqlik, yuzaki munosabatda bo‘lishning 
yangi kelgan yoki vijdonli, mehnatkash va intizomli xodimga salbiy ta’siri; 
- rahbar xodimlar va bevosita boshliqlar tomonidan nazorat qilish ishlarining muntazam 
ravishda tashkil qilinmaganligi yoki to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi; 
- operativ-texnika bilan yetarlicha ta’minlanmaganlik, zarur asbob-uskunalar bilan 
jihozlanmaganlik; 
- oilaviy munosabatlardagi va turmush sharoitidagi qiyinchiliklar;
- kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish va tarbiyalashda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va xatolar; 
- xodimlarni tarbiyalash ishlarini amalga oshirishda hisob-kitobdan adashishlar, ya’ni yuzaki 
yondashuvlarga yo‘l qo‘yishlar; 
Yoshlarning axloqiy-kasbiy buzilishlarini keltirib chiqaruvchi 
subyektiv sabablar 
quyidagilardan iboratdir: 
1) xodimlarning xizmat-kasb sohasidagi bilim darajasi nihoyatda pastligi va o‘z kasb mahoratini 
oshirishga urinmasliklari, o‘z ishiga tanqidiy nazarning yo‘qligi, to‘plagan arzimas tajribasiga haddan 
tashqari ishonish va h.k.; 
2) xizmat vazifasini bajarishga ma’naviy-ruhiy jihatdan tayyor emaslik, o‘zini yo‘qotib qo‘yish, 
o‘z xatti-harakatlarini nazorat qila olmaslik, bo‘shanglik, spirtli ichimliklar ichishga ruju qo‘yganlik 
va h.k.; 
3) xizmat jamoasidagi axloqiy-ma’naviy-ruhiy muhitning yomonligi, shaxs va jamoa o‘rtasidagi 
manfaatlar va maqsadlarning mushtarak emasligi; 
4) xodimlar axloqiy, xizmat va irodaviy tayyorgarligining yetarli darajada emasligi; 
5) xizmat jamoasi manfaatlarini mansabparastlik, guruhbozlik manfaatlaridan ajrata olmaslik; 
6) xodimlarning o‘z ish vaqtlarini to‘g‘ri tashkil qila olmasliklari, jismoniy va ruhiy 
zo‘riqishlardan xalos bo‘lish usullarini bilmaslik, ishdagi va oiladagi tashvishlardan o‘zini xoli 
qilolmaslik va h.k. 
42 



Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish