yaratdik” – deyiladi. Shu bilan birga, Imom Buxoriy o‘z asarlari va ta’limotida dinning axloqiy
tomonlari va ta’sirini rivojlantirishga harakat qiladi. Uning butun musulmon dunyosida mashhur bo‘lib
ketgan asosiy asari “Al-Jome’ as-sahih”da to‘plangan hadislarning asosiy mazmuni islom dinida,
Muhammad payg‘ambarning kundalik faoliyatida axloqiy masalalarning nihoyatda muhim rol
o‘ynaganini isbotlaydi. Unda axloqning asosiy jihatlari – insonparvarlik, insoniylik, do‘stlik,
37
ILMIY AXBOROTNOMA
SOTSIOLOGIYA 2016-yil, 2-son
hamkorlik, o‘zaro yordam, sadoqat, mehribonlik, vijdonlilik, rahmdillik, poklik kabi xislatlar ota-ona,
yor-birodar, qo‘ni-qo‘shni, bolalarga, mol-mulkka munosabat misollarida namoyon etiladi. Bir so‘z
bilan aytganda, Imom Buxoriy merosi musulmon mamlakatlarida islom dunyoqarashi va axloqi,
insonparvarlikning keng tarqalishida katta ahamiyat kasb etdi.
Shunday qilib, islom ta’limotida inson kamoloti, adolat, ilmni egallash, fikr va e’tiqod erkinligi,
bir-biriga ko‘maklashish kabi fozil jamiyat g‘oyalari mujassamlangan. Islom g‘oyalarining keyingi
taraqqiyotiga O‘rta Osiyo mutafakkirlarining xizmati beqiyosdir.
Sharqda «Muallim us soniy» deb nom taratgan, buyuk mutafakkir Abu Nasr Forobiy (870-950)
hozirgi davr uchun ham dolzarb bo‘lgan, madaniy jamiyat va shahar ijtimoiy-siyosiy hayotining
muhim tamoyillari – tenglik, erkinlik, ozodlik, kasb tanlash huquqi, tinchlik va osoyishtalik
to‘g‘risidagi g‘oyalarni ilgari suradi [5]. Forobiy ilk o‘rta asr sharoitida birinchi bo‘lib
insonparvarlikka asoslangan ijtimoiy tuzum, davlatni boshqarish, insonlarni baxt-saodatga eltuvchi
jamoa haqidagi ta’limotni olg‘a surdi, barcha xalqlarning o‘zaro yordam va do‘stlik asosida yashashi
xususida mulohaza yuritdi.
Yana bir ulug‘ donishmand Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy (973-1048) ning
ruhiy va moddiy ehtiyojlarning roli haqidagi fikri ham nihoyatda qimmatlidir. Mutafakkir jamiyat
yuzaga kelishida kishilar moddiy ehtiyojining rolini alohida e’tirof etadi [6]. Beruniy inson va
jamiyatning uyg‘unligi, insonparvarlik, xalqparvarlik, insonning jamiyatdagi burchi, ijtimoiy adolat
masalasini alohida tadqiq etgan mutafakkirlardan hisoblanadi.
Insonning jamiyatdan tashqarida mavjud bo‘la olmasligini butun jahonda tibbiyot sohasida
yetuk alloma sifatida tan olingan Abu Ali ibn Sino (980-1037) ham alohida ta’kidlagan. Inson o‘ziga
kerakli narsalarni faqat jamiyat yordamida qo‘lga kiritishi mumkin [7].Ibn Sino ta’kidicha, “O‘zaro
bog‘liqlik va almashuv jarayonida insonlar bir-birlarini qandaydir muhtojlikdan xoli etadilar. Buning
uchun insonlar o‘rtasida o‘zaro kelushuv zarur bo‘lib, bu kelushuv tufayli adolat qoidalari va
qonunlari o‘rnatiladi” [8].
O‘rta Osiyoda adolatli jamiyat, inson kamoloti va farovonligiga erishish, haqiqat va qonun
ustuvorligini o‘rnatishga qaratilgan g‘oyalar «Temur tuzuklari»da mujassamlangan. Shunisi muhimki,
Amir Temur buyuk davlat arbobi sifatida nafaqat ushbu g‘oyalarni ilgari surgan, shu bilan birga ularni
hayotga tatbiq etishga muvaffaq ham bo‘lgan[9].Amir Temur «Kuch - adolatdadir» degan tamoyilga
qat’iy amal qilgan. «Temur tuzuklari»da inson, jamiyat va davlat manfaatini uyg‘unlashtirish,
qonuniylik, haqiqat va adolatni ta’minlash, davlatni boshqarishda ko‘pchilik fikrini inobatga olinishi
to‘g‘risidagi g‘oyalarning mujassamlanganligi beqiyos ahamiyat kasb etadi.
Alisher Navoiy (1441-1501) fozil jamiyat va uning unsurlari to‘g‘risida boy ilmiy meros
qoldirgan mutafakkirdir. Uning fozil jamiyat va ma’rifatli inson to‘g‘risidagi g‘oyalari «Hayratul-
abror», «Farhod va Shirin», «Sab’ai Sayyor», «Saddi Iskandariy», «Tarixi mulki Ajam», «Tarixi
muluki Anbiyo va Hukamo» asarlarida mujassamlashgan. U insonni barcha mavjudotlardan ustun deb
biladi. Navoiyning insonga muhabbati uning baxtli yashashi uchun munosib ijtimoiy muhit yaratish
(ideal jamiyat qurish) zarurligini ham o‘z ichiga oladi. Shoir o‘z axloqiy va ijtimoiy ideallarini yuzaga
chiqarishning asosiy vositalarini ilm-ma’rifat va axloqiy tarbiya, deb biladi.
XIX asr oxirlariga kelib adolatli jamiyat, inson erkinligi va huquqini ta’minlash, ijtimoiy
hamkorlik masalalari jadidchilik harakati vakillari tomonidan rivojlantirildi. Jadidchilik XIX asr oxiri -
XX asr boshlarida O‘rta Osiyo xalqlarini ma’rifatli qilish, jamiyat hayotida ijtimoiy, siyosiy va
madaniy islohotlar o‘tkazish, pirovarida, milliy mustaqillik g‘oyalarini hayotga tatbiq etish maqsadini
o‘z oldiga qo‘ygan harakat sifatida tarixiy vaziyat taqozosi bilan vujudga keldi.
Jadidlar va boshqa taraqqiyparvar kuchlar xalqparvarlik, insonparvarlik, ma’rifatparvarlik
g‘oyalarini ilgari surib, jamiyatda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy islohotlarni amalga oshirish, insonlarning
teng huquqligi, erkinligi, fikr erkinligi, jamoatlarga uyushib, ijtimoiy hamkorlik asosida o‘z
manfaatalrini himoya qilish, demokratiya g‘oyalarini ilgari surib, ularni hayotga tatbiq etish yo‘lida
faol sa’y-harakat ko‘rsatganlar.
Ko‘rinib turibdiki, fuqarolik jamiyatini shakllantirishda muhim o‘rin tutuvchi ma’rifiylikka va
ijtimoiy hamkorlikni mustahkamlashga erishish to‘g‘risidagi orzu-istaklarni o‘z ichiga olgan milliy
g‘oya uzoq davom etgan tarixiy rivojlanishdan bizga yetib kelgan merosga asoslanadi. Sharq
allomalarining ijtimoiy hamkorlikka oid qarashlari, fikrlari, ilmiy xulosalari nafaqat o‘sha davr, balki
38
Do'stlaringiz bilan baham: |