ILMIY AXBOROTNOMA
TARIX
2016-yil, 2-son
turar joylari, qishloqlar, qishloq sovetlari aholisining milliy tarkibi, jinsi, yoshi, oilaviy holati, millati,
tili, ma’lumoti, mashg‘uloti kabi holatlarni o‘rganishga bag‘ishlangan eng to‘liq ma’lumotlar olingan.
1970-yilda o‘tkazilgan aholi ro‘yxati paytida ittifoq bo‘yicha 670 ming kishi ishtirok etdi.
Shundan 540 ming nafari hisobchilar bo‘lsa, 100 ming nafari instruktor-nazoratchilar edi. Yana 26
ming nafari davlat statistika boshqarmasi bo‘lim boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari hamda 4 ming
nafar shahar va tumanlar statistika bo‘limlari xodimlari ishtirok etdilar. Ana shu aholi ro‘yxatlarida
qatnashganlar soni bo‘yicha yurtimizning Samarqand viloyati misolida e’tiboringizni quyidagi
ma’lumotlarga qaratmoqchimiz. 1959-yilda viloyat bo‘yicha 2200 kishi ro‘yxatga olishda qatnashgan.
Ana shundan 500 tasi Samarqand shahrida faoliyat olib bordilar. 1970-yilgi aholini ro‘yxatga olishda
esa viloyat bo‘yicha 3 mingta odam qatnashgan, ularning 2300 tasi hisobchilar edi [5; 7].
1979-yilning yanvarida navbatdagi aholi ro‘yxati o‘tkazildi. Unda savol-javob paytida qilingan
yozuvlar maxsus o‘qish qurilmalari yordamida EHMga kiritilib, magnit lentasiga yozib olindi. [15;11]
Bu ham ana shu sohada qilingan yangiliklarning biri edi. O‘zbekiston xalqlarinig keyingi yillarda
o‘tkazilgan aholi ro‘yxatlaridagi ko‘payishi sobiq ittifoq respublikalari ichida eng yuqori darajaga
ko‘tarildi [16;113].
Respublikaning eng ko‘p sonli asosiy millati bo‘lgan o‘zbeklar bo‘lib, ular aholining asosiy
qismini tashkil etadi va O‘zbekiston aholisida ularning salmog‘i ro‘yxatdan ro‘yxatga ortib borgan.
O‘zbekistonda yashovchi qolgan barcha millatlar qariyb 20 yil ichida o‘zlarining sonini
ko‘paytirganlari holda, respublika aholisida ularning salmog‘i bir oz kamaygan. Bu o‘rinda, ayniqsa,
ruslar (13,5 foizdan 10,8 foizga), tatarlar ( 5,5 foizdan 4,2 foizga), yahudiylar ( 1,2 foizdan 0,6 foizga)
tushib qoldi [17; 29]. Bu boshqa millatlarning respublika aholisidagi salmog‘ining kamayishi, ular
sonining o‘smaganligi yoki kamayganligini ko‘rsatmaydi. Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, 1970-1989-
yillar oralig‘ida O‘zbekistonda yashovchi ruslar 180 ming kishi, tatarlar 82900 kishiga ko‘paygan.
O‘zbek millatiga oid aholining umumiy aholi tarkibdagi ulushi 1970-yilda 65,4 foizni tashkil qilgan
bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 1989-yilga kelib 71,4 foizga ko‘tarilgan. Yani 6 foizga oshgan.
Xullas, sovet hokimiyati yillarida O‘zbekistonda olti marotaba aholi ro‘yxati o‘tkazildi Ammo,
ro‘yxatga olish yakunlarida to‘plangan natijalar bo‘yicha kelajakda aholining turar joy, ish o‘rinlari,
maktab, madaniy-maishiy binolar bilan ta’minlash borasida chora-tadbirlar amalga oshirilmadi.
Natijada esa 1980-yillarga kelib respublikada inqirozli holat vujudga keldi. Odamlarni oziq-ovqat
mahsulotlari, kiyim-kechak bilan ta’minlashning o‘zi ham muammoga aylanib qoldi. Respublikada
eng ko‘p sonli bo‘lgan millat tili - o‘zbek tilida nashr qilinadigan kitob, gazeta va jurnallarning soni
respublika aholisi ehtiyojini qondirmadi. Xayriyatki, mustaqillikka erishganimizdan so‘ng ana
shunday holatlarga chek qo‘yildi. Respublikada amalga oshirilib borilayotgan har bir islohotlar uzoqni
ko‘zlab, birinchi navbatda, aholining turmush farovonligini yaxshilash, mamlakatda yashayotgan turli
millat vakillari manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib ana shu maqsadda bir necha bor aholi
ro‘yxatlari o‘tkazildi. Ushbu tadbirlarni o‘tkazilishi va uning yakunlari bo‘yicha kelajak rejalarining
tuzulishi, albatta, mamlakat ravnaqiga katta hissa qo‘shadi va uning dunyo mamlakatlari o‘rtasida
tutgan obro‘-etiborini mustahkamlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |