ILMIY AXBOROTNOMA
TARIX
2016-yil, 2-son
oshirilardi. Ushbu hisoblardagi ma’lumotlarda faqat erkaklar to‘g‘risida faktlar keltirilib, ulardan aholi
haqida to‘liq demografik ma’lumotlar olib bo‘lmaydi.
O‘zbekiston zaminida ham sovetlar davrida bir necha bor aholi ro‘yxatlari o‘tkazilgan, bugungi
kunda ularda to‘plangan ma’lumotlarni o‘rganish va tahlil qilish o‘ta muhimdir. Sababi, bu masala
bo‘yicha yaratilgan ilmiy ishlar va adabiyotlarning asosiy qismi sovetlar davrida yaratilgan o‘sha
tuzum mafkurasi va g‘oyasi asosida sug‘orilgan. Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng N.Mahkamova
[2], O.Atamirzayev, V.Gentshke, R.Murtazayeva [3] kabi olimlarimiz bu sohada sermahsul izlanishlar
olib bormoqdalar, ammo qilinadigan ishlarimizning ko‘lami juda keng. Yuqoridagilardan kelib chiqib
biz ushbu maqolada mustabid tuzum davrida O‘zbekistonda o‘tkazilgan aholi ro‘yxatlari, ularning
tashkil etilishi, tashkiliy jarayonda qo‘llanilgan ayrim o‘zgarishlar va texnologik jarayonlar haqida
qisqacha to‘xtalib o‘tishni lozim topdik.
Ta’kidlab o‘tilganidek, aholi ro‘yxatlari aholi to‘g‘risida eng to‘liq axborotni berishi mumkin
jumladan, 1920-yilning avgustida Sovet ittifoqida birinchi aholi ro‘yxati o‘tkazilganligi fakti bu
tadbirning ahamiyatidan darak beradi, o‘shanda aholi ro‘yxati qishloq xo‘jalik ro‘yxati va sanoat
korxonalarini qisqacha hisobga olish bilan o‘tkazilgan edi. [4; 4] 1920-yilda o‘tkazilgan aholi ro‘yxati
1897-yilda o‘tkazilgan aholi ro‘yxatdan shu jihati bilan farq qilar ediki, uning so‘rovnomasida nafaqat
ona tili va millati balki savodxonlik darajasi hamda qaysi tillarda suhbatlasha oladi kabi qo‘shimchalar
kiritilgan edi [5; 3].
1926-yilning dekabridagi Butunittifoq aholi ro‘yxati birinchi marta mamlakatning butun
aholisini o‘z ichiga qamrab olgan edi. [6; 3]. Shu ro‘yxatni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish chog‘ida
mashur statistiklar V.G.Mixaylovskiy bilan O.A.Kvitkin ishlab chiqqan ilmiy tamoyillar aholining
mana shu va navbatdagi aholi ro‘yxatlari uchun asos bo‘lgan. 1926-yilgi ro‘yxat ma’lumot olishning
puxta o‘ylangan usuli bilangina emas, balki aholining ijtimoiy tarkibi to‘g‘risida va oila haqida
yig‘ilgan ma’lumotlarning boyligi bilan ham ajralib turar edi. 1926, 1939, 1959, 1970, 1979, 1989-
yillarda o‘tkazilgan aholi ro‘yxati ma’lumotlarini o‘rganish va tadqiq qilish bo‘yicha yurtimizda
ko‘plab olimlar ilmiy izlanishlar olib borganlar, jumladan, G.R.Asonov, I.R.Mullyadjanov, YU.V.
Voronovskiy, T.S.Sepkovskaya, A.O‘lmasov, N.Beknozov. T.X.Tashbayeva, M.D.Sovurovlar
sermahsul ijod qilgan. Ammo, berilgan ma’lumotlar asosan sovetlar davrida tayyorlangan ularda bir
qator mulohazali muammolar ham mavjud. Masalan, M. Vahobov 1926-yilgi ro‘yxat natijalariga ko‘ra
O‘zbekiston aholisi sonini 4445726 kishi [7,394], I.R.Mullyadjanov, YU.V. Voronovskiy, T.S.
Sepkovskayalar 4660000 kishi [8, 14], G.R. Asonov 4600000kishi [9]. 1964-yilda nashr qilingan
“Советский Узбекистан за 40 лет.” statistik to‘plamda 4460000 kishi [10], “Узбекистан за годы
восьмой пятилетки (1966-1970 гг.).” qisqacha statistik to‘plamida 4660000 kishi deb berilgan [11].
Demak, bu borada olimlarning fikrlari turlicha bo‘lgan. Ammo, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
Davlat Arxivida saqlanayotgan ma’lumot bo‘yicha 1926-yilda O‘zbekiston aholisi Tojikiston ASSR
bilan birgalikda 5274998 kishini tashkil qilib, O‘zbekiston SSR hududida 4447555 kishi, Tojikiston
ASSR hududida esa 827443 kishi yashayotganligi qayd qilingan [6; 3].
1926-yilgi aholi ro‘yxati natijalariga ko‘ra O‘zbekiston SSRda yashayotgan aholining milliy
tarkibi to‘g‘risida gap ketganda bu yerning tub yerli aholisi sifatida o‘zbeklar bilan birgalikda O‘rta
Osiyo yahudiylari, eronli, qozoqlar, qoraqalpoqlar, qipchoqlar, qirg‘izlar, quramalar, sartqalmiqlar,
tojiklar, turkmanlar, turklar, Samarqand va Farg‘ona turklari, uyg‘urlar, yag‘nob tojiklari kabi aholi
ro‘yxatga olingan. Yuqorida keltirilgan fikrimizni 1926 va 1939-yillarda o‘tkazilgan aholi ro‘yxati
yakunlariga ko‘ra O‘rta Osiyoda yashayotgan respublikalar aholisi milliy tarkibining qiyosiy tahlilida
ko‘rish mumkin [8;15].
1926-yilga kelib O‘zbekiston aholisi 1913-yilga nisbatan 6,7 foizga o‘sib 294 ming kishi soniga
ko‘paygan. 1926 va 1939-yillar oralig‘ida esa O‘zbekiston aholisining umumiy soni 1780000 ming
kishiga, shahar aholisining 475000 mingdan oshganini quyidagi ma’lumotdan bilib olish mumkin. [8,
18].
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |