ILMIY AXBOROTNOMA
TARIX
2016-yil, 2-son
kelgan tadqiqotchilar birinchi navbatda V.L.Vyatkinga murojaat qilishardi, chunki u Samarqand
obidalari bo‘yicha yetuk mutaxassis edi.
Aynan uning tashabbusi bilan 1918-yilda komissiya tuzilib, 1417-1420-yillarda Mirzo Ulug‘bek
tomonidan qurilgan madrasaning shimoli-sharqiy minorasiga “tez yordam” ko‘rsatish maqsadida M.F.
Mauer va B.N. Kastalskiylar kabi injenerlar uning tarkibiga kiritildi [28].
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxivida saqlanayotgan V.L.Vyatkinning shaxsiy fondida [29]
O‘zbekiston uchun murakkab bo‘lgan bir davrda Samarqanddagi Registon maydonining bugungi
qiyofasini saqlab qolish uchun qay darajada amaliy va ilmiy sa’yi-harakatlar qilinganligiga guvohlik
beruvchi ko‘plab hujjatlar, bayonnomalar, xatlar, murojaatnomalar saqlanib qolgan. M.Ye.Masson
yozganidek, “komissiya a’zolari Ulug‘bek madrasasi ulkan ilmiy va badiiy ahamiyatga molik
ekanligini va uning asosiy old qismi (fasadi) burchakdagi minorasiz nihoyatda ko‘rimsiz bo‘lib
qolishini tiyran anglab yetgan edilar”, chunki busiz ham 1870-yilda madrasaning to‘rt minorasidan
biri, keyinchalik boshqasi qulab tushgan edi. Komissiyaning ayrim majlislari to‘g‘ridan to‘g‘ri
Registon maydonida bo‘lib o‘tar, deyarli har bir majlisda madrasa minorasini tezroq qutqarib qolish va
uni to‘g‘rilash borasida qizg‘in munozaralar bo‘lardi. Ish jarayonlari 1918-1932-yillar davomida
bajarilib, u muvafaqqiyatli amalga oshirildi. Bu jahon tarixidagi ta’mirlash amaliyotining misli
ko‘rilmagan voqeligi ham edi.
Bevosita Samarqand bilan bog‘liq xizmat vazifalari va ilmiy tadqiqot ishlari bilan bir qatorda
V.L.Vyatkin Sredazkomstaris tomonidan bir necha bor arxeologik qazishmalar o‘tkazish, mintaqadagi
me’moriy yodgorliklarni o‘rganish uchun o‘z faoliyati vakolatlari doirasida O‘zbekistonning turli
mintaqalariga xizmat safariga yuborib turilgan [30]. Qayerda ishlamasin, u yana doimo o‘zi uchun
qadrdon bo‘lgan Samarqandga qaytib kelardi [31].
1926-yilda Sredazkomstaris tugatilgach V.L.Vyatkin Samarqandda joylashgan Uzkomstarisning
birinchi raisi etib tayinlandi.
V.L.Vyatkinning Samarqanddagi bebaho madaniy yodgorliklarni o‘rganish va muhofaza qilish
borasidagi xizmatlari beqiyosdir. U maxsus bilimga ega bo‘lmay turib, oliy darajadagi iqtidorli
tadqiqotchi, beqiyos tashkilotchi, ulkan tashabbuskor, o‘z ishining beg‘araz fidoyisi bo‘la oldi. 1908-
1909-yillarda Mirzo Ulug‘bek rasadxonasining qoldiqlari topilishi munosabati bilan V.L.Vyatkin haqli
ravishda akademik V.R.Rozen nomidagi oltin medalga sazovor bo‘ldi. Olim faoliyatini e’tirof
etishning eng asosiy mezoni bu uning Samarqand mahalliy aholisi orasida katta hurmatga loyiq
bo‘lganligidir.
Fe’l-atvoriga ko‘ra V.L.Vyatkin o‘ziga xos inson edi. Xususan, M.Ye.Masson o‘z ishlarining
birida N.P.Ostroumovning xotiralarini keltiradi:“... “Odamovi” Vyatkin ... qaysar, odam suymas, o‘ta
shaxsiyatparast. Boshqalardek, xuddi Nikolay Petrovichdek mahalliy aholidan eshitgan ertaklari,
maqolalari va topishmoqlarini hamma bilan bo‘lishishni xohlamaydi. Hammasini o‘zi uchun saqlab
qo‘yadi. Kamiga yana juda tortinchoq. Jamoatchilik ichida o‘zini tutib turolmaslidan uyaladi. Ammo
umuman olganda, u ko‘p narsaning uddasidan chiqadigan yosh yigit”[32].
O‘zbekiston tarixini chuqur o‘rganish uchun birlamchi manbalarni bilish va o‘qiy olishning
qanchalik muhimligini anglab yetgan V.L.Vyatkin o‘z vaqtida:“Tilni va arab yozuvini o‘rganish kerak
bo‘ladi, tarixiy dalillarni qanday yoritishimizdan qat’iy nazar biz doimo birlamchi manbaga murojaat
qilamiz... Madaniyat tarixini, turmush tarzi tarixini, jamiyat va jamoatchilik unsurlari tarixini yozish
uchun baribir O‘rta Osiyoning umumiy tarixini o‘rganishimiz kerak bo‘ladi. Tarixchi umuman barcha
materiallarga suyanishi kerak, buning uchun esa tilni egallashi zarur”[33], deb yozgan edi. Olimning
bu mulohazalari hozirgi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan.
M.Ye.Massonning shaxsiy arxivi ro‘yxatini o‘rganish chog‘ida V.L.Vyatkinning ba’zi bir nashr
etilgan va chop etilmagan ilmiy ishlari qo‘lyozmalarini: 1) «K voprosam izucheniya uzbekov v
Sredney Azii. XVI vek» (“O‘rta Osiyodagi o‘zbeklarni o‘rganish masalasiga oid. XVI asr”)
mashinkada yozilgan, 150 varaq; 2) «Vasiki sidjiyat i utverjdeniye prodaj» (“Sijiyat vasiqasi va
savdoni tasdiqlash”)ning tarjima qo‘lyozmasini 513 varaq hajmda topishga muvaffaq bo‘ldik. Bu
asarlar hozirgacha biron bir tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilib tahlil etilmagan.
Vasiliy Laverentyevich Vyatkin o‘zining sermazmun va kashfiyotlarga boy umrining 35 yilini
O‘rta Osiyo tarixiy fanlari rivojiga, olimlarning yangi avlodi tarbiyasiga baxshida etgan edi.
Vasiliy Vyatkin 1932-yilning 26-iyunida vafot etdi. Uning ilmiy va amaliy xizmatlari e’tirof
etilib, u Samarqanddagi Registonga dafn etildi, ammo keyinchalik 1934-yilning 29-dekabrida uning
jasadi o‘zi tomonidan ochilgan Mirzo Ulug‘bekning Samarqanddagi rasadxonasi hududiga ko‘chirildi
va o‘sha yerga dafn etildi. Uning istagiga ko‘ra, u to‘plagan asori-atiqalar kolleksiyasi (qadimgi
30
Do'stlaringiz bilan baham: |