Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific reports



Download 2,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/264
Sana25.02.2022
Hajmi2,36 Mb.
#265090
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   264
Bog'liq
3K7ruS6lCp ilmiy jurnal 2

ILMIY AXBOROTNOMA 
TARIX 
 
 
2016-yil, 2-son 
munosabatga ruxsat berilmaydi, deb umid qilamiz” [20], deb yozgan edi. 
Samarqand yodgorliklari nazoratchisi vazifasida ishlar ekan, olim muntazam ravishda har yili u 
yoki bu tarixiy binoni tuzatish va ta’mirlash uchun mablag‘ ajratilishini so‘rab ma’muriy tashkilotlarga 
murojaat qilgan. Faqat bu bilan cheklanmay V.L.Vyatkin mahalliy tadbirkorlar va ustalar yordamidan 
ham foydalanar edi [21].
V.L.Vyatkinning yana bir murojaati uzoq va ko‘p asrlik tarixga ega Mirzo Ulug‘bek 
madrasasini qutqarish va saqlab qolishga qaratildi. M.Ye.Masson o‘zining risolasida [22] 
ta’kidlaganidek, bu jarayon 1918-yildan emas, balki 1916-yildan boshlangan. 1916-yilning yanvarida 
V.L.Vyatkin Samarqand viloyati Harbiy guberatoriga Mirzo Ulug‘bek madrasasining binosi yomon 
ahvolda ekanligi xususida raport yozgan edi [23]. Raportda u “minorani tekshirib chiqish uchun 
komissiya tayinlash ..., bu komissiya minoraning mustahkamligini aniqlashi, uni biror moslama 
yordamida, yoki ust qismini qandaydir balandlikka qadar yechish chorasi orqali saqlab qolish 
imkoniyatlarini ko‘rib chiqishi kerakligini”, so‘ragan edi. 
Mazkur raportning mazmunidan shu ma’lum bo‘ladiki, 1916 yildayoq Mirzo Ulug‘bek 
madrasasining shimoli-sharqiy minorasi qulab ketishi ehtimoli mavjud bo‘lgan. V.L.Vyatkin sa’yi 
harakati bilan hozirgi kunga qadar Samarqanddagi Registon maydonidagi betakror manzaraning 
yaxlitligini tashkil etib turgan tarixiy yodgorlik saqlab qolingan edi. 
Vasiliy Lavrentyevich Samarqandni juda yaxshi bilganligi tufayli biror bir tarixiy tadqiqot yoki 
arxeologik qazishmalar uning bevosita ishtirokisiz amalga oshirilmagan. Qolaversa, ularning aksa-
riyati uning tashabbusi bilan tashkil etilgan edi. Olimning ishtirok etgan asosiy arxeologik 
obyektlaridan biri – 1904-yilda boshlangan Afrosiyobdagi qazishmalar bo‘ldi. Bu V.V.Bartold 
rahbarligidagi O‘rta va Sharqiy Osiyoni tarixiy, arxeologik, lingvistik va etnografik jihatdan o‘rganish 
maqsadida tuzilgan Rus komitetining topshirig‘iga binoan o‘tkazilgan edi. V.V.Bartold Peterburgga 
qaytib ketgach esa, Afrosiyobdagi qazishma ishlari V.L.Vyatkin tomonidan amalga oshirilgan. 
Natijada olimning ko‘p yillik izlanishlari mahsuli «Afrasiab – gorodishe bilogo Samarkanda» [24] 
(“Afrosiyob – qadim Samarqand shahristoni”) asari yaratildi. 
Ammo V.L.Vyatkinga olamshumul shuhrat olib kelgan hamda – XX asr boshlarining eng buyuk 
kashfiyotlaridan biri deb sanalgan Mirzo Ulug‘bek rasadxonasining topilishi va ochilishi bilan bog‘liq 
izlanishlar bo‘ldi. U rasadxonaning joylashgan o‘rni haqidagi ma’lumotlarni izchillik bilan to‘plab, 
ularni tahlil qildi. U bu haqda keyinchalik shunday yozgan edi: “Garchi Mirzo Ulug‘bek tomonidan 
Samarqand atrofida qurdirilgan rasadxona haqida ko‘plab musulmon adiblari eslatib o‘tgan bo‘lsalar-
da, Mirzo Bobur o‘zining mashhur esdaliklarida hatto uning joylashgan o‘rnini deyarli ko‘rsatib 
o‘tgan bo‘lsa ham, so‘nggi paytlarga qadar, bu yodgorlikka bo‘lgan qiziqishning ortishiga qaramay, 
tavsifiga ko‘ra muhtasham bo‘lgan bu inshootning aynan qayerda joylashgani aniq ma’lum emas 
edi...” [25]. 
1908-yilda V.L.Vyatkin o‘z davrining mashhur xattoti Zargaron mahallasidan bo‘lgan Abusaid 
[26] (bir qancha vaqt V.L.Vyatkin uning xonadonidan qo‘nim topgan edi – F.Sh.) yordamida XVII 
asrga oid butun bir savat vaqf hujjatlarini tartibga keltirib o‘rganayotgan paytda ularning biridan “tali-
i-rasad” (“rasadxona yoki rasadxona tepaligi”) jumlasini aniqladi. Vaholanki, XIX asr oxirlarida ham 
Mirzo Ulug‘bek rasadxonasining joylashuvi xususida tadqiqotchilar tomonidan turli xil farazlar aytib 
kelinardi, ammo Vasiliy Lavrentyevich o‘qigan mazkur vaqf yorlig‘i bu masalaga uzil-kesil “nuqta” 
qo‘ydi. Hujjatni sinchkovlik bilan o‘rganib, u hozirda Obirahmat arig‘i bo‘yidagi Naqshi jahon nomi 
bilan ma’lum bo‘lgan yerda rasadxona joylashganligini aniq belgiladi. 
V.L.Vyatkin, o‘zining Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi qazishmalari haqidagi 1912-yilda nashr 
etilgan hisobotida: “Rasadxona joylashgan yerning kashf etilishida bundan 250 yil muqaddam 
yozilgan va men tomonimdan topilgan vaqf hujjatidan minnatdor bo‘lishimiz kerak. Unda tavsiflangan 
yer maydonlari chegaralari qatorida rasadxona tepaligi (“tal-i-rasad”) ham ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, 
hozirgi kunda bu aynan ko‘rsatilgan Obirahmat arig‘i va Naqshi jahon joylaridir. Mazkur hujjat 
rasadxona joylashgan yerni shu qadar aniq va mufassal ko‘rsatib berdiki, hujjatda ko‘rsatilgan 
tepalikni qidirib topish amalda qiyinchilik tug‘dirmadi” [27], – deb yozgan edi. 
Turkistonda sovet hokimiyati o‘rnatilgach, V.L.Vyatkin o‘zining boshqa vazifalari qatorida 
Samarqanddagi yodgorliklarni muhofaza qilish ishini davom ettirib, Turkomstaris (Turkomstaris - 
Turkiston ASSRning muzey ishlari va qadimiy yodgorliklari, san`ati va tabiatni saqlash ishlari 
bo`yicha komitet) tarkibiga kiruvchi Samkomstaris (Samkomstaris - muzey ishlari va qadimiy 
yodgorliklar, san`at va tabiatni saq
lash ishlari bo`yichа Samarqand komiteti) raisi etib saylandi. 
Arxeologik, tarixiy-me’morchilik ekspedisiyalari yoki biror-bir boshqa ilmiy maqsadda Samarqandga 
29 



Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish