Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific reports


SHARQ IJTIMOIY FIKRIDA HAMKORLIK G‘OYASI: NAZARIYADAN



Download 2,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/264
Sana25.02.2022
Hajmi2,36 Mb.
#265090
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   264
Bog'liq
3K7ruS6lCp ilmiy jurnal 2

SHARQ IJTIMOIY FIKRIDA HAMKORLIK G‘OYASI: NAZARIYADAN 
AMALIYOTGA 
 
 
T.Matibayev 
Sosiologiya fanlari nomzodi 
Xalq deputatlari Toshkent shahar kengash Deputati 
Annotatsiya. Ushbu maqolada bugungi kunning muhim omili 
davlat va jamiyatning ijtimoiy hamkorlik g‘oyasiga, fuqarolik jamiyatni 
shakllantirishda asos bo‘lgan ma'rifiylikka va ijtimoiy hamkorlikni 
mustahkamlashga erishish to‘g‘risidagi orzu-istaklarni o‘z ichiga olgan 
milliy g‘oyaga e'tibor qaratilgan. Shuningd
еk, O‘rta Osiyoda sharq 
allomalarining ijtimoiy hamkorlikka oid qarashlari, fikrlari, ilmiy 
xulosalari kеltirilgan.  
Kalit so‘zlar: ijtimoiy hamkorlik, fuqarolik jamiyat, komil inson, 
mutafakkirlar, qonuniylik, jadidlar, milliy qadriyatlar, xalqparvarlik, 
insonparvarlik, ma'rifatparvarlik, tеng huquqlik, erkinlik. 
Bugungi kunda ijtimoiy hamkorlik g‘oyasi davlat va jamiyat hayotining siyosiy, iqtisodiy, 
ma’naviy sohalarini qamrab olmoqda, u fuqarolik jamiyatiga xos munosabatlarni shakllantirishning 
muhim omili bo‘lib qolmoqda. Tabiiyki, ijtimoiy hamkorlik islohotlar strategiyasining 
yo‘nalishlaridan biri sifatida davlat, jamiyat, ijtimoiy munosabatlar tizimida alohida o‘rin tutadi[1]. 
Ma’lumki, O‘rta Osiyoda insonlar istiqomat qilishni boshlagandan buyon ijtimoiy hayot pok va 
tinch turmush tarziga asoslangan. Ular «o‘rtasidagi munosabatlar ezgulik, yaxshilik, tinch-totuv 
yashash, farovonlikka intilish, yaqinlarga ko‘mak berish, o‘zini-o‘zi boshqarish negizida barpo etilgan. 
Ushbu qoidalar faqat g‘oya, ta’limot shaklida mavjud bo‘lmasdan, qadimgi ajdodlarimizning turmush 
tarzida mujassamlangan» [2]. 
Fuqarolik jamiyatining ilk negizlari O‘rta Osiyoda bundan uch ming yil avval mavjud bo‘lgan 
zardushtiylik dini ta’limotlarida va uning muqaddas kitobi «Avesto»da o‘z aksini topgan[3]. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlab o‘tganidek, «Eng mo‘tabar, qadimgi 
qo‘lyozmamiz «Avesto»ning yaratilganiga 3000 yil bo‘layapti. Bu nodir kitob bundan o‘ttiz asr 
muqaddam ikki daryo oralig‘ida, mana shu zaminda umrguzaronlik qilgan ajdodlarimizning biz 
avlodlariga qoldirgan ma’naviy, tarixiy merosidir. «Avesto» ayni zamonda bu qadim o‘lkada buyuk 
davlat, buyuk ma’naviyat, buyuk madaniyat bo‘lganidan guvohlik beruvchi tarixiy hujjatdirki, uni 
hech kim inkor etolmaydi» [4]. 
«Avesto» diniy qoidalarni o‘rnatish bilan birga, jamiyatda insonlarning o‘zaro munosabatlari, 
yurish-turishini belgilovchi tub huquqiy va axloqiy g‘oyalarni ham o‘zida aks ettirgan. Zardushtiylik 
manbai inson farovonligini ta’minlash, komil insonni tarbiyalash, haqiqat, adolat, ezgulik va yaxshilik 
urug‘ini sochish bilan bir qatorda, jamiyatni tanazzulga olib keladigan illatlarga, qora kuchlarga qarshi 
kurashni oliy maqsad qilib qo‘yadi. U borliq dunyoning yaralish asoslarini yagona deb e’lon qilib, bu 
tizimga ko‘rsatiladigan har qanday tazyiqni qoralaydi. 
O‘zbekistonga VIII asrning boshlaridan kirib kelgan islom dini va ta’limotining bosh g‘oyasini 
inson va uning baxt-saodati tashkil etadi. Islom dinining muqaddas manbalarida jamiyat a’zolarining 
tengligi, hokimiyatning xalq manfaati yo‘lida faoliyat ko‘rsatishi, davlat boshqaruvida xalq 
ommasining fikrini inobatga olinishi, o‘zini-o‘zi boshqarish masalalari o‘zining mujassam ifodasini 
topgan.
Qur’oni Karim va Hadisi sharifda jamiyatda insonlarning bir-biriga munosabati haqida ko‘plab 
qaydlar mavjud. “Biz sizlarni mukarram qilib yaratdik... Bir-biringizga do‘st birodar qilib 

Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish