ILMIY AXBOROTNOMA
IQTISODIYOT
2016-yil, 2-son
bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash
chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2011-yil 20-maydagi PQ–1533-son qarorida Oliy ta’lim muassasalari
pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimining tashkiliy
masalalari hamda uni samarali boshqaruvini tashkil qilish uchun qator tadbirlar belgilangan bo‘lib,
unda rahbar kadrlarni izchil va rejali tayyorlash hamda malakasini oshirishning zamonaviy
masofadan o‘qitishni interfaol usullari asosida tashkil etish kabi masalalar turibdi [7].
Rahbar kadrlarni tanlash, tayyorlash va ularni joy-joyiga qo‘yishga doir masalalar yangi ta’lim
yo‘nalishini «Personal menejmenti», aksariyat mamlakatlarda esa «Kadrlar menejmenti» kabi
fanlarda kadrlar bilan bog‘liq xususiyatlari o‘rganilsa, uning ta’lim bilan bog‘liq bo‘lgan
ko‘nikmalari pedagogika, ta’lim texnologiyasi va ta’limning ilmiy-uslubiy jihatlari kabi tomonlari
o‘rganiladi. Bunda boshqaruv bilan bog‘liq fanlar turkumida quyidagi fanlar iqtisodiyot, huquq va
psixologiya fanlari OTMda boshqaruvni takomillashtirish va uning samaradorligini oshirishga
qaratiladi.
OTM boshqaruv bo‘g‘ini sohasiga rahbar kadrlar tayyorlash va ularni malakasini oshirish
masalalarida ta’lim menejmenti turkumiga ega bo‘lgan fanlardan tashqari yana boshqaruv
psixologiyasi, boshqaruv sotsiologiyasi, akmeologiya va davlat boshqaruvi kabi qator fanlar
bo‘yicha bilimga ega bo‘lishni taqozo etadi.
Boshqaruv rahbar kadrlariga doir masalalarni o‘rganishda ta’lim menejmenti asosan
OTMning ta’lim siyosati va strategiyasida qo‘yilgan maqsad va vazifalardan kelib chiqib
belgilanadi. Bunda OTM siyosati – umuman o‘zini bir butun tizim sifatida, shuningdek, unda
professor- o‘qituvchilar va xodimlar faoliyatini olib borishga tegishli bo‘lgan o‘ziga xos qoidalar
tizimini u yoki bu kadrlardan foydalanish, ularni joy-joyiga qo‘yish, tanlashning aniq usullaridan
foydalanishning zaruriyatiga asoslanadi. Shundan kelib chiqib, Oliy ta’lim muassasasi rahbar kadrlar
ierarxiyasini, ya’ni, rektor, taalluqli sohalar bo‘yicha prorektorlar, dekanlar, dekan o‘rinbosarlari va
kafedra mudirlaridan iborat funksional chiziqli boshqaruvga asoslangan tuzilmasi mavjud bo‘lib,
ularni malakasini oshirish bo‘yicha ta’lim xususiyatini e’tiborga olgan holda boshqaruvning vertikal
va gorizontal integrallashgan tashkiliy-boshqaruv tizimini metodologik asosini yaratish bugungi
kunda dolzarb masalaga aylanib bormoqda.
Globallashuv jarayoni OTM faoliyatini deyarli to‘la qamrab olib, xalqaro miqyosda
boshqaruvning korporativ yondashuvini ustuvor masala qilib qo‘ymoqda. OTM korporativ
boshqaruvining turli yo‘nalishlariga chet ellik olimlardan quyidagilar katta asos solgan: S.
Aronovits, R. Birnbaum, D.Bok, A.Vebster, E.Gould, L.Ensen, N.Kantor, B.Klark, F. Nyuman,
L.Sloter, L.Soley, Dj.Uashborn, P.Xili, G.Etkovits va boshqalar. Universitet faoliyatini korporativ
boshqaruvi masalasini K.Yamamoto (Yaponiya), P.Ramsdena, S.Millera (Avstraliya), M.Li
(Malayziya) va boshqalarning asarlarida ko‘rishimiz mumkin.
Korporativlik metodologiyasi asosida rahbar kadrlarda ta’lim menejmentini shakllantirish
ulardagi bilim va ko‘nikmalarni bugungi kun talabi asosida rivojlantirish mamlakatimizda ham
dolzarb masalaga aylanib bormoqda. Bunda, korporativ yondashuvi umumiy maqsad yoki
maqsadlarga erishish uchun ongli uyushgan odamlar faoliyati sifatida OTMning yuqori, o‘rta va quyi
bo‘g‘in rahbar kadrlari boshqaruvining ta’limni turlari bo‘yicha va ularni funksional majburiyatlari
asosida rollar taqsimoti va uning funksionallik o‘zaro nisbati asosida tashkil qilish, bizning
fikrimizcha, ta’limdagi boshqaruv jarayoning mas’ulligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi[8].
Menejment fanining zamonaviy rivoji natijasini ko‘rsatishicha, ta’lim sohasida bo‘lgan bozor
iqtisodiyoti munosabati sharoitida OTM rahbar kadrlar boshqaruv faoliyatini oshirish hamda unda
yuqori, o‘rta va quyi bo‘g‘in rahbar kadrlari boshqaruvining ta’limni turlari bo‘yicha ichki va tashqi
integratsiyasini ta’minlash hamda uni uchta omil asosida, ya’ni: rahbar kadrlar kasbiy malakasi va
ularni zamon talabi bo‘yicha mobilligi, o‘quv jarayonining axborot kommunikatsiya texnologiyalar
asosida samaradorligi, bitiruvchilarga ish beruvchilar talabini yuqoriligi kabilarda uyg‘unligini
ta’minlashdan iborat. Ushbu uch omil asosida OTM rahbarlik bo‘g‘inlari faoliyatini tashkil etish
korporativ metodologiyaning vakolat va majburiyat nuqtai nazaridan taqsimotini bitiruvchi
mutaxasisliklar yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirishda loyihaviy yondashuv uslubini qo‘llash katta
ahamiyat kasb etadi. Bunda, mutaxassislik kafedralar ta’lim standarti asosida har bir ixtisoslikni
yagona “loyiha” deb, uni ijro natijasini bitiruvchilarning amaliyotda erishgan yutuqlari asosida
korporativ majburiyatlar va vakolatlar bo‘yicha belgilashi zarur. Bu esa, OTMda rahbar kadrlar
mas’ulligini o‘z vazifalari doirasida javobgarlik chegaralarini aniqlashtiradi va kadrlar tayyorlash
183
Do'stlaringiz bilan baham: |