188
ILMIY AXBOROTNOMA
O‘QITISH METODIKASI 2016-yil, 2-son
UDK: 372.851
BOSHLANG‘ICH MATEMATIKA TA’LIMI JARAYONIDA O‘QUVCHILARNI MA’NAVIY
TARBIYALASH
N.Shodiyev
1
, R.Musinova
2
1
Samarqand davlat universiteti professori,
2
Samarqand davlat universiteti magistranti
Annotatsiya. Maqolada matematika fanini o‘rganish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari
ongi va qalbiga ulug‘ allomalar va mutafakkirlarning boy ilmiy merosini singdirish orqali ularni
ma’naviy tarbiyalash bilan bog‘liq masalalar qaraladi.
Kalit so‘zlar: boshlang‘ich sinf, matematika, ulug‘ allomalar, ilmiy meros, tarixiy meros,
didaktik o‘yinlar, ma’naviy tarbiya.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida jamiyatimizning umumiy o‘rta ta’lim muassasalari
pedagoglar jamoasi oldiga o‘quvchilarda “ ... asosiy o‘quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarni, milliy
va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantiradi...” [1] - degan
davlat ahamiyatiga molik vazifa qo‘yilgan.
Shu munosabat bilan maqolada boshlang‘ich matematika ta’limi (I–IV sinflar) jarayonida kichik
yoshdagi o‘quvchilarni ma’naviy tarbiyalashga yo‘naltirilgan materiallarni namoyon qilish, to‘plash,
tizimlashtirish hamda didaktik qayta ishlash orqali ularni ta’lim jarayoniga mantiqiy singdirishning
prinsipi, metod va vositalarini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir.
Ayni paytda o‘tkazilgan tahlillar boshlang‘ich matematika fani namunaviy dasturi uqtirish
xatida ham mazkur dasturning mavzu va savollarida ham predmet o‘qituvchilariga dars va darsdan
tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilarni milliy qadriyatlar asosida ma’naviy tarbiyalash bo‘yicha aniq
tavsiya, ko‘rsatmalar berilmaganligidan dalolat bermoqda.
Matematika ta’limi jarayonida kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarni ma’naviy tarbiyalashga
doir ushbu holatni bartaraf etish yo‘llaridan biri – bu ta’lim jarayonida o‘qitishning tarixiylik,
o‘lkashunoslik, ilmiylik, ta’lim-tarbiyaning birligi va boshqa prinsiplardan o‘rinli va izchil
foydalanishdir. Jumladan, I–IV sinflarda matematika fanidan u yoki bu mavzuni o‘qitishda tarixiylik
prinsipini qo‘llash o‘quv materiali mazmunini milliylashtirishga, o‘quvchilar ko‘z o‘ngida o‘tmish
ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan boy matematika tarixini gavdalantirishga imkon berishini
ta’kidlash joiz.
Matematikani fan sifatida kelib chiqishiga to‘xtalib, ulug‘ mutafakkir Abu Rayhon Beruniy
“Geodeziya” nomli asarida “Barcha fanlar kabi matematika ham kishilarning amaliy ehtiyojlaridan,
yer bo‘laklari maydonini va idishlarning sig‘imini o‘lchashdan, vaqtni hisoblash va mexanikadan kelib
chiqqan... Hisoblash va yuzalarni o‘lchash matematika deyilgan fanning asosi bo‘ladi. Bularning
amaliy ishlarga tatbig‘i geometriya fanini yaratadi...”, deb yozadi[5].
Shu bois yurtboshimiz I.A.Karimov “Tarixiy xotirasiz – kelajak yo‘q” [2] asarida olg‘a surgan
g‘oyalari va qarashlari boshlang‘ich matematika ta’limi jarayonini milliy negizga qurish bilan bir
qatorda, o‘quvchilarda tarixiy xotirani kuchaytirishini, o‘zbek millatiga daxldorlik hissini uyg‘otishini,
ma’naviyatini yuksaltirishini yoddan chiqarmaslik kerak.
Shu munosabat bilan boshlang‘ich matematika fani dasturlarining mavzu va savollarini
ta’limning tarixiylik prinsipi asosida o‘tkazilgan tahlillari mazkur fanni o‘qitish jarayonida uning
aksariyat mavzu va savollari kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarni milliy qadriyatlarimiz bilan
tanishtirish orqali ularda ma’naviy tarbiya elementlarini shakllantirish uchun keng potensial
imkoniyatlar mavjudligini ko‘rsatmoqda. Jumladan, “10 ichida qo‘shish va ayirish...” [9], “100 ichida
qo‘shish va ayirish...” (1-sinf) [9]; “100 ichida sonlarni xona orqali o‘tib qo‘shish va ayirish:
Tenglama va tenglamalarni yechish”; “Ko‘paytirish va bo‘lish:
x∙2"12, 20:x=5, x:3=4, 6∙x=18
ko‘rinishidagi tenglamalarni... yechish” (2-sinf) [9]; “1000 ichida qo‘shish va ayirish: x+125=142,
256-x=196 ko‘rinishidagi tenglamalarni yechish” [9]; “x+316=654=85, 729-x=217+163, x-137=500-
140 ko‘rinishidagi tenglamalarni yechish...” [9]; “Natural sonlarni ko‘paytirish va bo‘lish:
6∙x=426+120, x:18=70-50, 360:x=630:7 ko‘rinishidagi tenglamalarni yechish” (4-sinf) [9] kabi mavzu
va savollarni o‘rganishda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘quvchilarni buyuk bobokalonimiz
Muhammad al-Xorazmiy o‘zining “Arifmetik risolasi”da [7] sonlarni qo‘shish va ayirish. ko‘paytirish
va bo‘lish kabi amallarni qo‘llashni dunyoda birinchi bo‘lib bajarganligi va bu kashfiyot tez orada
barcha qit’alarga tarqalib ketganligi bois uning tabarruk nomi dunyo fanida algoritm deb atala
boshlaganligi; musbat va manfiy sonlarni hozirga vaqtdagidek “+” (plyus) “–” (minus) tengliklari
189
Do'stlaringiz bilan baham: |