Kalitso‘zlar: sifat, ta’lim sifati, ta’lim samaradorligi, kadr sifati, sifat menejmenti va sifat
menejmenti tamoyillari.
Hozirgi davrda jahon iqtisodiyoti miqyosida globalizatsiya jarayonining jadallashuvi
intellektual mulkga (Shaxs intelektining kuchayishiga) bo‘lgan ehtiyojni kuchayib borishiga sabab
bo‘lmoqda. Bu esa o‘z navbatida dunyo miqyosida insonlarning oliy ta’limga, ilmiy tadqiqot ishlariga
va uning natijalariga talabni tobora kuchayib borayotganligiga sabab bo‘lmoqda. Chunki ta’lim–
tarbiya, fan, ilmiy-tadqiqot faoliyati bugungi kunda jahon iqtisodiy tizimlari miqyosida ijtimoiy ishlab
chiqarish subyektlarining raqobatbardoshligini, ta’lim tizimi bitiruvchilarning ishga joylashuvi hamda
ularning xizmat pog‘onalaridan (kareradan) yuqorilab borishi imkoniyatlarini oshiruvchi muhim
vositaga aylanib bormoqda[1]. Shuningdek, hozirgi vaqtda oliy ta’lim tizimi muassasalarining sonini,
hamda ular tomonidan aholiga ko‘rsatiladigan turli xizmatlar miqdori va ularning ommaviyligini
tobora ortib borishi ta’limda sifat masalasini dolzarbligini keltirib chiqarmoqda. Bizga ma’lumki,
ta’lim tizimining asosiy harakatlantiruvchi sub’ekti bu professor-o‘qituvchilar hisoblanadi. Hozirgi
vaqtda ular nafaqat ta’lim-tarbiya, bilim beruvchilar, balki bevosita ijtimoiy ishlab chiqarish
jarayonining
faol
ishtirokchisi ham hisoblanadilar. Professor-o‘qituvchilar
tomonidan
tayyorlanayotgan kadrlarning sifatli bo‘lishi, mehnat va boshqa vositalarning minimal sarfi bilan
ishlab chiqarishni ta’minlovchi sub’ektga aylanishini ta’minlaydi.
Bizga ma’lumki, oliy ta’lim tizimining aksariyat o‘qituvchilari o‘zlarining mutaxassisliklarini
(predmetni) “ustasi” hisoblanadilar, lekin hamma o‘qituvchilar ham maxsus zamonaviy pedogogik
tayyorgarlikka ega emaslar. Ularning bir qismi pedagog-amaliyotchi hisoblanadi va faoliyatlarini
o‘zlari nuqtai nazaridan tashkil etadilar. Ba’zilari esa faoliyatlarini fanning o‘rganilgan muammolarni
nazariy jihatlariga ko‘proq e’tibor berib, zamonaviy mutaxasislarga bo‘lgan talabi, kadrlar
tayyorlashda mehnat bozorining ehtiyoji e’tiboridan chetda qoladi. O‘qituvchi o‘z faoliyatini tashkil
etishning an’anaviy shaklida bunday “intensivlashtirish” ko‘rsatilayotgan ta’lim xizmatlari sifatiga
salbiy ta’sir ko‘satadi. Bugungi kunda oliy ta’lim tizimida o‘qituvchi uchun zarur bo‘lgan sifat va
samaradorlikni ta’minlovchi faoliyatni tashkil etish zarur. Zamonaviy oliy ta’lim muassasalari 20-30
yil oldin ta’lim muassasalaridan tubdan farq qiladi. Hozirgi vaqtda ular ijtimoiy-iqtisodiy hayotning
jadallashgan bir sharoitida faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Bu holda: oliy ta’lim muassasalariga kadrlar
tayyorlash, ularning sifati, mehnat bozori talablariga mosligi nuqtai nazardan juda katta talablarni
qo‘ymoqda, lekin ko‘p hollarda oliy ta’lim muassasalari bu muammolarni eski usullar bilan yechishga
harakat qilmoqdalar. Ammo bugungi kunda jahon amaliyoti tajribasi sinovidan o‘tgan, yangi
yondashuvlarni tadbiq etishni talab etmoqda.
Hozirgi davrda iqtisodiyotdagi xususiy mehnat bozoridagi raqobatning asosiy sharti
tayyorlanayotgan mutaxassis raqobat ustunligiga ega bo‘lishi uchun o‘qishni xohlashi, doimo o‘qish
imkoniyatiga ega bo‘lishi va yangi bilimlar, tajribalar, ko‘nikmalarni amaliyotga tadbiq eta bilishi
lozim.
Buholattarbiyalanayotganshaxsgahamkorxonavatashkilotlargahambirdektegishli. Demak,
zamonaviy mutaxassis barqaror pozitsiyaga ega bo‘lishi uchun doimo nazariy va amaliy bilimlarni
egallab borishi, davr talablariga muvofiq holda o‘zgarishi talab etiladi. Uning yaxshi tomonga
o‘zgarishi korxona-tashkilotning, biznes faoliyatining, umuman har qanday iqtisodiy faoliyatning
barqarorligi va muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Ammo, eskicha ish yuritish, odatlar va harakat tamoyillari
va u bilan bog‘liq bo‘lgan fikrlash tarzi yangicha shart-sharoitlarga moslashmaganligi ko‘plab
muammolarni keltirib chiqaradi. Biz yangi ta’lim texnologiyalarini tadbiq yetishga harakat qilamiz,
uning samarasini kutamiz, lekin yangi texnologiyalar ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlariga
yangicha yondashuvlarni, yangicha fikrlashni talab etishini unutamiz. Muammolarning "aybdorini"
qidiramiz, lekin uning asosiy sababchisi o‘zimiz yaratgan ish yuritish tizimi ekanligini bilmaymiz. Biz
ta’lim faoliyatimiz jarayonida maslahat darslari va o‘zlashtirmaydigan talabalarga juda katta vaqt
sarflaymiz va unga o‘z faoliyatimizdagi jarayon sabab ekanligini bilmaymiz [3]. Bular biz duch
186
Do'stlaringiz bilan baham: |