ILMIY AXBOROTNOMA
IQTISODIYOT
2016-yil, 2-son
buyumlarining rivojlanish darajasi, korxona miqyosi, tashkiliy tuzilma va hokazolar bilan
belgilanadi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlanishi sharoitida maishiy xizmat ko‘rsatish xodimlari faoliyatini
tashkiliy jihatdan ta’minlashning asosiy maqsadi o‘zaro bog‘liq ijtimoiy va iqtisodiy maqsadlarga:
raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqish va ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish, ishchi kuchini
tanlash uchun korxonaning mavjud imkoniyati va natijalariga faol ravishda ta’sir etishdan iborat.
Uning asosi shuki, xizmat ko‘rsatish xodimlari faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlash, bir
tomondan, olinadigan foydani ko‘paytirishga ko‘maklashishi, ikkinchi tomondan esa bog‘liq
ravishda yuqori malaka va kasbiy mahoratga ega xodimlar tomonidan sifatli xizmatlar ko‘rsatish
hajmini oshirish masalalarini hal etishga ko‘maklashishi kerak. Bu esa, xizmat ko‘rsatish jarayonida
mehnat intensivligini belgilash va zaruriy shart-sharoitni yaratishni nazarda tutadi [4].
Shunday qilib xodimlar faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlash xodimlarni samarali
boshqarish borasida brinchi darajali vazifa bo‘lib, hozirgi vaqtda ushbu masalalarga jiddiy e’tibor
beradigan, yuqori xtzmat ko‘rsatish sifatiga erishish va sohada mehnat unumdorligini oshirish
usullarini yaxshi o‘zlashtirgan rahbar va mutaxassis kadrlarga talab oritb bomoqda.
Bozor iqtisodiyoti rivojlanishi sharoitida xizmatlar sifati ularni iste’mol xususiyatlari orqali
aniqlanar ekan, xizmatlar va xizmatlarning ko‘rsatkichlari sifati xizmat ko‘rsatish sifatini aniqlovchi
mezonlar va ko‘rsatkichlar bilan aniqlanadi.
Bizningcha, xizmat ko‘rsatish sifatning barcha tashkiliy, ijtimoiy va iqtisodiy holatlari
quyidagi mezonlarga o‘z aksini topadi:
–
maishiy xizmat ko‘rsatish hajmining natijadorligi;
–
mutaxassis kadrlarning sifat tarkibini oshirish;
–
maishiy xizmatga bo‘lgan iste’molchilar talabini to‘liq qondirish;
–
iste’molchilarga xizmat qilish muddatini optimal ravishda qisqartirish va rentabilligini
oshirish;
–
xizmat ko‘rsatish sifatini nazorat qilish usullarini takomillashtirish.
Xizmat ko‘rsatish sifati ko‘rsatkichlari quyidagalarda foydalaniladi:
–
standartlar va texnik reglamentlarda o‘xshash xizmatlar guruhlari, xizmatlar ko‘rsatish
jarayonlari, servis korxonalari, xodimlari va sifatni boshqarish bo‘yicha ko‘rsatkichlari
nomenklaturasini shakllantirishda;
–
xizmatlarga taalluqli o‘lchash (nazorat, boshqarish) parametri va ularning metrologik
ta’minlanganligining taalluqliligi boshqarish bo‘yicha qoida va takliflarni ishlab chiqshda;
–
xizmat natijalarini qadoqlash, o‘rash, yuklash – tushirish va saqlash qoidalarini ishlab
chiqishda;
–
xizmat natijalari va xizmat ko‘rsatish jarayoniga ekspuluatatsiya, ta’minlash,
reklamatsiyalar taqdim qilish qoidalarini ishlab chiqishda.
Sifat ko‘rsatkichlarining asosiy funksiyasi bo‘lib, xizmatlar sifatini, korxona xodimlarining
xizmat ko‘rsatishi, ishi va faoliyat natijalarini nazorat qilish hisoblanadi. Sifat ko‘rsatkichlari asosida
sifatni nazorat qilish va baholash amalga oshiriladi.
Qolgan turdagi xizmatlarni bajarish natijasining sifatini son jihatdan baholash qiyin bo‘ladi,
ya’ni baholash subektiv va noaniq tavsifga eag bo‘ladi. Shu sababli xizmat natijasining iqtisodiy
samaradorligini baholashni amalga oshirish mumkin.
Xizmatlar sifati ko‘rsatkichlarning nomenklaturasi bir necha guruh ko‘rsatkichlardan tashkil
topadi. Belgilanishi, xavfsizlik, ishonchlilik, xodimlarning kasbiy darajasi, ijtimoiy belgilanish,
estetik ko‘rsatkichlar va axborotlashtirish ko‘rsatkichlari (1-rasm).
Xizmatlar sifati darajasiga baho berishda xizmatlar bahosi, uni yaratish va taqdim etish
harakatlari kabi iqtisodiy ko‘rsatkichlarni ham inobatga olish lozim.
Xizmat ko‘rsatishda nazorat sifati maishiy xizmat ko‘rsatish korxonasi mutaxassislari
tomonidan xizmat ko‘rsatish jarayonlarining barcha bosqichlarida amalga oshiriladi. Nazorat tashrif
buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatish jarayoni va ishlab chiqarishni texnologik operatsiyalari, yangi
mahsulotlar va ta’mirlash va tiklashdan o‘tgan mahsulotlar bo‘yicha o‘tkaziladi.
Maishiy xizmatlar sifati tashqi ko‘rinish, razmeri, konstruktiv qarorlar va badiiy jihozlanish
normativi talablarga mos kelishi lozim, shuningdek shartnomada ko‘rsatilgan xizmatlar
iste’molchisining yakka tartibdagi xususiyatlarini inobatga olishi lozim.
Maishiy xizmat ko‘rsatish korxonasi raqobatbardoshligini oshirish xizmat sifatini oshirish
bo‘yicha chora-tadbirlarga bog‘liq bo‘ladi. Xizmat ko‘rsatish standartlariga iste’mol talablari doimo
180
Do'stlaringiz bilan baham: |